Kimyoviy tarkibiga ko‘ra po‘lat uglerodli va legirlangan bo‘ladi. Uglerodli po‘lat kam uglerodli (uglerod miqdori 0,25% gacha), o‘rtacha uglerodli (uglerod miqdori 0,25 dan 0,45% gacha) va ko‘p uglerodli (uglerod miqdori 0,45 dan 2,14% gacha) bo‘ladi.
Tarkibida ugleroddan tashqari legirlovchi elementlar (xrom, nikel, volfram, vanadiy va boshq.) bo‘lgan po‘lat legirlangan po‘lat deyiladi. Legirlangan po‘latlar kam legirlangan (ugle- roddan tashqari legirlovchi komponentlar yig‘indisi 2,5% dan kam), o‘rtacha legirlangan (ugleroddan tashqari legirlovchi komponentlar yig‘indisi 2,5 dan 10% gacha), ko‘p legirlangan (ugleroddan tashqari legirlovchi komponentlar yig‘indisi 10% dan ortiq) bo‘ladi.
Mikrostrukturalariga ko‘ra po‘lat perlitli, martensitli, aus- tenitli, ferrit va karbidli sinfga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish usuliga ko‘ra po‘latlar quyidagilarga bo‘- linadi:
oddiy sifatli (uglerod miqdori 0,45% gacha), qaynay- digan, chala qaynaydigan va qaynamaydigan po‘latlar. Qay- naydigan po‘latni metallni kremniy yordamida ma'lum darajada oksidsizlantirish yo‘li bilan olinadi, bu po‘latda 0,05% gacha kremniy bo‘ladi. Qaynamaydigan po‘latda 0,12% kremniy bo‘lib, u bir jinsli bo‘ladi. Chala qaynaydigan po‘latning tuzilishi qaynaydigan va qaynamaydigan po‘latlar oralig‘ida bo‘lib, unda 0,05—0,12% kremniy bo‘ladi;
sifatli po‘lat — uglerodli yoki legirlangan, bularda oltingugurt va fosfor miqdori 0,04% dan ortmasligi kerak;
d) yuqori sifatli po‘lat — uglerodli yoki legirlangan, bularda oltingugurt va fosfor miqdori, mos ravishda, 0,030 va 0,035% dan oshmasligi kerak. Bunday po‘latlarda metallmas aralashmalar juda kam bo‘ladi va rusum belgisiga A harfi qo‘shib qo‘yiladi.
Vazifasiga ko‘ra, po‘latlar konstruksion (mashinasozlik), asbobsozlik, qurilish va alohida fizik xossali po‘latlarga bo‘linadi.
Payvandlanuvchanligi deganda, po‘latni biron usulda pay- vandlaganda darz ketmasdan, g‘ovaklashmasdan va boshqa
108
nuqsonlarsiz yuqori sifatli payvand birikma hosil qila olishi tushuniladi. Po‘latning payvandlanuvchanligiga po‘lat tarki- bidagi uglerod va legirlangan qo‘shilmalar miqdori katta ta'sir qiladi. Ma'lum kimyoviy tarkibdagi po‘latning payvandla- nuvchanligini aniqlash uchun uglerodning ekvivalent tarkibi (Cekv) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Cekv
C Mn Ni Cr Mo V .
20 15 10
Elementlarning simvollari ularning po‘latdagi foiz hiso- bidagi miqdorini ifodalaydi. Titan va niobiy payvandlanuv- chanlikni yaxshilaydi va qo‘shilmalarni hisoblashda hisobga olinmaydi.
Po‘latni sovitishda uning martensit juda ko‘p (60 — 80 % va bundan ortiq) bo‘lgan strukturadagi qisman toblangan zona- larida sovuqlayin darz ketish hollari ro‘y berishi mumkin. Mar- tensit qanchalik ko‘p bo‘lsa, darz ketish shunchalik osonlashadi. Martensit 25 — 30% dan kam bo‘lganda, odatda, darz hosil bo‘lmaydi. Tarkibida erkin (karbidlar ko‘rinishida bog‘lan- magan) uglerod miqdori 0,3 — 0,35% dan ortiq bo‘lgan po‘lat sovuqlayin ko‘proq darz ketadi. Tarkibida 0,18 — 0,25% uglerod bo‘lgan va nikel bilan legirlangan po‘latlar sovuqlayin darz ketmaydi, chunki martensit hosil bo‘lishi tugallanadigan haro- ratda (550 — 400˚C va 270 — 140˚C da) chok yaqinidagi zona yetarli darajada plastik bo‘ladi.
Payvandlanuvchanlik alomatiga qarab po‘latlarning hamma- sini shartli ravishda 4 guruhga bo‘lish mumkin:
Ekvivalent uglerod miqdori (Cekv) 0,25 dan oshmaydigan yaxshi payvandlanadigan po‘latlar oddiy usulda payvandlanganda darz ketmaydi.
Cekv 0,25 — 0,35 atrofida bo‘lgan qoniqarli payvand- lanadigan po‘latlar. Bunday po‘latlar normal ishlab chiqarish sharoitlaridagina, ya'ni atrofdagi harorat 0˚C dan ortiq, sha- mol esmayotgan va boshqa hollarda darz ketmasdan pay- vandlanadi.
Cekv 0,35 — 0,45 atrofida bo‘lgan va payvandlanuv- chanligi cheklangan po‘latlarni odatdagi sharoitlarda payvand- laganda ular darz ketishi mumkin. Ularni payvandlash uchun darz ketishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish kerak. Bu
109
choralar jumlasiga oldindan yoki ish davomida qizdirish, pay- vandlashdan oldin yoki undan keyin termik ishlash, qirralarini maxsus ishlab tayyorlash, maxsus usul yoki tartibda payvand- lash va boshqalar kiradi.
4. Yomon payvandlanadigan po‘latlarning Cekv 0,45 dan ortiq bo‘ladi. Bunday po‘latlarni payvandlashda ular darz
ketishi mumkin. Odatda ularni mavjud po‘lat xili uchun ishlab chiqilgan va ishlatiladigan maxsus usullar bilangina payvand- lash mumkin.
Po‘latning payvandlanuvchanligi turli namunalar yorda- mida ham aniqlanadi. Ana shu namunalar yordamida mazkur po‘latni payvandlashda chok hamda chokning qo‘shni zonasida darz-yoriqlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi mo‘rt struktura hosil bo‘lish-bo‘lmasligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |