Respublihasi


Ham va o‘rtacha legirlangan po‘latlarni payvandlaxh texnologiyaxi



Download 4,76 Mb.
bet30/63
Sana06.06.2022
Hajmi4,76 Mb.
#641130
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   63
Bog'liq
UhSjTECHMPdkbEel414

Ham va o‘rtacha legirlangan po‘latlarni payvandlaxh texnologiyaxi


Kam va o‘rtacha legirlangan po‘latlarning payvandlanishi po‘latning tarkibida uglerodning va legirlovchi komponentlarning bo‘lishiga bog‘liq. Po‘latning tarkibida uglerod va legirlovchi
111
komponentlar qancha ko‘p bo‘lsa, ular shuncha yomon pay- vandlanadi. Bu po‘latlar payvandlashdagi issiqlik ta'sirlariga ta'sirchan bo‘ladi.
Kam legirlangan po‘latning rusumiga qarab payvandlashda toblanuvchi strukturalar yoki payvand birikmaning termik ta'sir zonasida o‘ta qizigan hududlar hosil bo‘lishi mumkin. Termik ta'sir zonasida metall strukturasi uning kimyoviy tarkibi, sovitish tezligi va metallni tegishli haroratlarda (bunda donlarning mikrostrukturasi va o‘lchamlari o‘zgaradi) qancha vaqt turishiga bog‘liq.
Payvandlashda metallni sovitish tezligi (ayniqsa, qalin metallni) quyma metallni havoda odatdagicha sovitish tezligidan ancha ortiq bo‘ladi, natijada legirlangan po‘latlarni payvandlashda martensit hosil bo‘lishi mumkin.
Payvandlashda toblangan martensit strukturasi hosil bo‘l- masligi uchun termik ta'sir zonasining sovishini sekinlash- tiradigan chora-tadbirlar ko‘rish zarur (buyumni qizdirishdan, chokda metall qatlamlarini ma'lum vaqt oralig‘ida hosil qilish va boshqalardan foydalanish). Buyumlarni yuqori haroratda ishlatishda uning yoyiluvchanligiga (vaqt o‘tishi bilan yuqori haroratda buyum metalining deformatsiyalanishi) qarshiligini oshirish uchun metall yirik donli strukturaga ega bo‘lishi kerak. Lekin juda yirik donli metallning plastikligi past bo‘ladi va shuning uchun bunday hollarda donlar o‘lchami cheklanadi.
Buyumlar past harorat sharoitlarida ishlatilganda yoyiluv- chanlik bo‘lmaydi va katta mustahkamlik hamda plastiklikni ta'minlaydigan mayda donli metall strukturasi zarur bo‘ladi.
Payvandlash simi va turli payvandlash ashyolari shunday tanlanishi kerakki, ulardagi uglerod, fosfor, oltingugurt va boshqa zararli elementlarning miqdori kam uglerodli konstruk- sion po‘latlarni payvandlashdagiga nisbatan kam bo‘lishi kerak. Bundan maqsad kristallashgan darzlarga qarshi chok metali turg‘unligini oshirishdir, chunki kam legirlangan po‘latlar kristallashgan darzlar hosil qilishga moyildir.
Perlit sinfidagi kam legirlangan po‘latlarni ham normal alanga bilan payvandlanadi. Flyuslar ishlatilmaydi. Legirlovchi elementlar kuyib ketmasligi uchun (xrom, molibden, krem- niy) metallni o‘ta qizdirib yuborishga intilmaslik kerak. Pay- vandlash zonasini oldindan va yo‘lakay qizdirish yoki buyumni butunlay 250 — 300˚C haroratgacha qizdirish va soviyotgan
112
chokni kallak alangasi yordamida qizdirish yo‘li bilan sekin sovitish issiq darzlar hosil bo‘lmasligiga imkon beradi.
Ixxiqqa chidamli po‘latlar. Issiqqa chidamli po‘latlardan 600˚C haroratdan oshmaydigan ish zonalarida ishlaydigan bu- yumlar tayyorlanadi. Yanada yuqori haroratda ishlash uchun buyumlarni issiqbardosh va olovbardosh po‘latlardan tayyorlanadi. Issiqqa chidamli po‘latlarga 12MX; 20MXЛ; 34XM; 20XЗMBФ; 20XMФ; 20XMФЛ; 12X1M1Ф; 15XMФKP; 12X2MФБ;
X5M; 15X5MФA va boshqalar kiradi. Bunday po‘latlar qo- niqarli payvandlanadi. Lekin payvandlash texnologiyasi noto‘g‘ri bo‘lganida chok yaqinidagi o‘tish zonasida mayda-mayda yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin. Bunday po‘latlar qirralarini payvandlashga moslab aniq yig‘ishni talab qiladi.
Turli rusumli issiqqa chidamli po‘latlarni payvandlash texnologiyasida asosiy metall bilan chok metalining bir xil bo‘lishi uchun payvandlanayotgan metallni qizdirish kerak.
Buyumni qo‘shimcha qizdirish metall toblanishining oldini olish uchun bajariladi. Ushbu qizdirishsiz payvandlansa chok metalida va chok atrofi zonasida xrom va molibden karbidlari hosil bo‘ladi, ular payvand birikmaning mo‘rtligini oshirishi mumkin.
Chok metali bilan asosiy metallning bir xil bo‘lishi pay- vand buyumni ishlatish davrida yuqori harorat oqibatida hosil bo‘ladigan diffuzion hodisalarni bartaraf etish uchun muhim- dir.
Issiqqa chidamli po‘latlar gaz alangasida payvandlanganda alanga quvvati metallning 1 mm qalinligiga 100 dm3 asetilen/ soatni tashkil qiladi; payvandlash faqat normal (tiklovchi) alanga yordamida bajariladi. Qo‘shilma metall sifatida payvandla- nayotgan po‘lat rusumiga qarab Cb-08XMФA, Cb-10XMФT, Cb-10X5M, Cb-18XMA va boshqa rusumli payvandlash sim- lari ishlatiladi. Legirlovchi aralashmalar kuyib ketishining va mikrodarzlar hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida avval detal qirralari suyuqlangan metallning yupqa qatlami bilan
«oqartiriladi» va tayyorlash shakli tezda suyuq metallga to‘l- g‘aziladi. Payvandlashda qo‘shimcha metall har vaqt payvand- lash vannasida bo‘lishi kerak; legirlovchi elementlar kuyib ket- masligi uchun tomchilatib payvandlash usulidan foydalanil- maydi.
113
Quvurlarning uchma-uch choklari gaz alangasida oldindan butun chokni qizdirib payvandlanadi. Chokni quvur perimetri bo‘ylab chok hosil qilganda foydalaniladigan gorelkaning o‘zi bilan qizdirish mumkin. Issiqqa chidamli po‘latlarni payvandlash texnikasi kam uglerodli po‘latlarni payvandlash texnikasiga o‘xshash. Uchma-uch payvand chokka termik ishlov berish shart; uni payvandlash gorelkasi bilan, yaxshisi quvurning dia- metri, devorining qalinligi va boshqa sharoitlarga ko‘ra ancha kuchli gorelka bilan qizdirish mumkin.



Download 4,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish