b
|
to‘mtoq- lash, c
|
Qirralarini qayirib
|
b
|
0,5—1
|
—
|
1
|
Qirralarini qiyalab ishla- masdan bir tomonlama
|
b
|
1—5
|
0,5—2
|
—
|
Qirralarini qiyalab ishla- masdan ikki tomonlama
|
b
|
3—6
|
1—2
|
—
|
Qirralarini qiyalab ishlamasdan texnologik taglik bilan
|
b
|
3—5
|
2—3
|
—
|
V simon
|
70-90˚
b
|
6—15
|
2—4
|
1,5—3
|
X simon
|
70-90˚
b
|
15—25
|
2—4
|
2—4
|
2-2,5
c
136
Л62, Л68 va boshqa jezlarni payvandlash uchun 60,5 — 63,5% mis, 0,15 — 0,2% kremniy, 0,03 — 0,07% bor, 0,4 — 0,6% qalayi va qolgani ruxdan iborat ЛKБO62-0,2-0,04-0,5 rusumli o‘zi flyuslanadigan sim qo‘llaniladi. Sim tarkibidagi bor flyus vazifasini o‘taydi. Buning natijasida jezni ana shu sim bilan payvandlaganda amalda rux isrof bo‘lmaydi, ish unumi esa ortadi. Bunday hollarda flyus ishlatishga ehtiyoj bo‘lmaydi.
Chok yanada zich va mustahkam bo‘lishi uchun payvand- lagandan keyin chokning kuchaytirilgan yerlari bolg‘alanib asosiy metall bilan baravar qilib tekislanadi. Jez tarkibidagi mis miqdoriga qarab chok sovuqlayin yoki qizdirib bolg‘alanadi. Chok metali mayda donali strukturada bo‘lishi hamda par- chinlash ta'sirini yo‘qotish uchun chok bolg‘alab bo‘lgandan keyin 600 — 650˚C da yumshatiladi, so‘ngra sekin-asta sovi- tiladi, 650˚C dan ortiq haroratda yumshatishga ruxsat etil- maydi, chunki bunday haroratda rux qisman bug‘lanishi mumkin. Bundan tashqari 260 — 280˚C haroratda ham yum- shatiladi. Bunda metall strukturasi o‘zgarmaydi, lekin jezdagi qoldiq ichki kuchlanishlar yo‘qoladi. Natijada u keyinchalik darz ketmaydi.
Jezni payvandlashda ajralib chiqadigan rux oksidining oq bug‘lari kishi organizmi uchun zararlidir. Shu sababli jezni odatdagi sim bilan payvandlashda muhofaza maskasi (respirator) ni kiyib olish, shuningdek, payvandlash posti yaqiniga havoni so‘rib oladigan ventilatsiya o‘rnatish zarur.
Ruxning ruxsat etilgan konsentratsiyasi 0,005 mg/dm3 dan oshmasligi kerak.
Jezni 25% metil spirti CH3OH va 75% metilborat B(CH3O)3 dan iborat БM-1 rusumli flyus ostida payvandlash juda yaxshi natijalar beradi. Asetilen maxsus idish—flyus bergichga to‘l- g‘izilgan ana shu suyuqlikdan o‘tkaziladi. Bu yerda u bug‘larga to‘yinadi va keyin gorelkaga o‘tadi. Flyus bug‘lari payvandlash alangasiga keladi. Unda metilborat quyidagi reaksiya bo‘yicha yonadi:
2B(CH3O)3 + 9O2 = B2O3 + 6CO2 + 9H2O
Bor angidrid B2O3 alangada uchuvchan bor kislota H3BO3 hosil qiladi. Bu kislota buyumga o‘tirib qoladi va yana par-
137
chalanib bor angidrid hosil qiladi. Bor angidrid flyuslovchi modda hisoblanadi. Flyuslovchi suyuqlik tarkibidagi metilspirt alangada batamom yonib, payvandlash jarayoni uchun zararli bo‘lgan birikmalar hosil qilmaydi. Sifatli eritilgan metall hosil
qilish uchun asetilenning har 1 m3 ga 70 g ga yaqin БM-1 rusumli flyus sarflanadi.
Jezni БM-1 rusumli flyusdan foydalanib payvandlash ish
unumini ancha oshiradi, payvandlash jarayoni payvandchi uchun zararsiz bo‘ladi, chokni bolg‘alamasdan toza, g‘ovaksiz, zich metall hosil qilishga imkon beradi, chokning vaqtinchalik qarshiligi 380 MPa, egish burchagi 180˚ bo‘ladi. БM-1 rusumli flyus barcha rusumdagi jezlarni tarkibida kremniy bo‘lgan va bo‘lmagan simlar bilan payvandlashga yaroqlidir. БM-1 rusumli
flyus bilan payvandlashda alangada 10 dan 40% gacha ortiqcha
kislorod bo‘lishi mumkin.
Bronzalar misning qalay, kremniy, marganes, fosfor, berilliy va boshqalar bilan qotishmalaridir. Asosiy legirlovchi elementning nomlanishiga qarab qalayli (3 — 14 % qalay), kremniyli, fosforli va boshqa turlari farqlanadi.
Bronza ta'mirlashda, quyma yoki mexanik ishlash braklarini to‘g‘rilash, eritib qoplashda payvandlanadi. Bronza detallar oldindan 350 — 450˚C ga qadar qizdirib yoki qizdirilmasdan payvandlanishi mumkin. Yuqori haroratlarda bronzaning mustahkamligi kamayadi. Shuning uchun ham detal turtki va zarblar natijasida shikastlanmasligi uchun payvandlashdan oldin uni puxta mahkamlash kerak.
Payvandlashdan so‘ng quyma bronzali detallarni 600 — 700˚C issiqlikkacha kuydirib yumshatiladi va shu haroratda 3 — 5 soat ushlab turiladi. Quymalarni 200˚C dan boshlab qizdirish 100 grad/soat tezlikdan oshmasdan bajariladi.
Qalayli bronzani 550˚C dan ortiq haroratgacha qizdirganda undan tezda oksidlanadigan va qalay oksidining oq cho‘kindisini hosil qiladigan qalayli sharchalar ajralib chiqadi. Ajralib chiqqan qalay o‘rnida eritib qo‘shilgan metallni g‘ovaklash- tiradigan va uning mustahkamligini kamaytiradigan bo‘shliqlar qoladi.
Payvandlash alangasi tiklovchi xarakterda bo‘lishi kerak. Chunki alanga oksidlovchi bo‘lsa, qotishmadagi qo‘shilmalar, ya'ni qalay, kremniy, aluminiy ko‘p yonadi. Metall o‘ta qizi-
138
masligi uchun alanga vannadan sal nariga tortiladi (jezni pay- vandlashga o‘xshash). Eritib qo‘shiladigan chiviq tariqasida tarkiban asosiy metallga yaqin sim yoki o‘zak ishlatiladi. Oksidsizlantirgich sifatida simda 0,4 % gacha kremniy bo‘lishi tavsiya etiladi. Qirralarga 60 — 90 gradus burchak ostida V simon ishlov beriladi. Chok metali oqib ketmasligi uchun va nuq- sonlar paydo bo‘lmasligi uchun asbest yoki grafitdan tayyor- langan tagliklar o‘rnatiladi. Alanga quvvati payvandlanadigan detal qalinligining har 1 mm ga 100 — 150 dm3/soat asetilenni tashkil etishi kerak. Mis va jezni payvandlashda ishlatiladigan flyuslardan foydalaniladi. Aluminiyli bronzalarni gaz bilan payvandlashda har doim ham sifatli payvand birikma hosil
bo‘lmaydi, chunki qiyin eriydigan aluminiy oksidi Al2O3 ta'sir etadi, uni bartaraf etish uchun maxsus flyus kerak bo‘ladi. Bronzalarni gaz bilan payvandlashda payvand birikmaning mustahkamligi asosiy metall mustahkamligidan 80 — 100% nisbatda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |