k.6.5. Qo‘rg‘oxhinni payvandlaxh
Qo‘rg‘oshinning erish harorati past (327˚), biroq 850˚C haroratda eriydigan oksid PbO hosil qiladi. Bu payvandlashda asosiy qiyinchilikni tug‘diradi. Qo‘rg‘oshinni gaz alangasida chap usul bilan payvandlanadi, alanganing quvvati metallning 1 mm qalinligiga 15 — 20 l/soat asetilen sarfiga teng. Qo‘shimcha metall sifatida qo‘rg‘oshin tasmachalari yoki detallar qirra- larining qalinligi 0,8 — 1,2 mm bo‘lganda diametri 3 mm, qirralarning qalinligi 4 — 8 mm bo‘lganda diametri 10 — 12 mm gacha bo‘lgan simlar ishlatiladi. Oksid pardalarini ketkazish uchun kanifol va stearinning teng qismlaridan iborat bo‘lgan flyus ishlatiladi.
Na7orat savollari
Aluminiyni payvandlashdagi qiyinchiliklar nimalardan iborat?
Mis va aluminiyni payvandlashda g‘ovaklar hosil bo‘lishining qanday sabablari bor?
Misni gaz bilan payvandlashda qanday qiyinchiliklar tug‘iladi?
Mis oksidlari misning payvandlanuvchanligiga qanday ta'sir qiladi?
Jez va bronzani gaz bilan payvandlashda qanday qiyinchiliklar mavjud?
Nikel gaz bilan qanday payvandlanadi?
Qo‘rg‘oshinni payvandlashda alanga quvvati qanday tanlanadi?
140
GAZ-PRESS BILAN PAYVANDLASH TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI
Gaz-prexx bilan payvandlaxh uxullari
Gaz-press bilan payvandlashning quyidagi usullari mavjud: plastik holatda va detallar yon tomonlarini eritib.
Plastik holatda payvandlash quyidagicha bajariladi: a) de- tallar doimiy qisish bosimi bilan talab etilgan cho‘kish qiy- matigacha ushlab turiladi, so‘ng esa olib tashlanadi; b) detallar avval qisiladi, payvandlash haroratigacha qizdiriladi so‘ng qisish kuchini maksimal qiymatgacha oshiriladi va aniq bir cho‘kish qiymatiga yetgandan so‘ng payvandlanadi.
Eritib payvandlashda detallar yon tomonlari tirqishlari alanga bilan qizdiriladi, detallar yon tomoni erigandan so‘ng qisiladi va payvandlanadi, suyuq shlak esa grat sifatida tashqariga sizib chiqariladi.
Eritib payvandlashda plastik holatga nisbatan katta alanga quvvati talab etiladi, lekin bu usul oldindan ishlov berishni talab etmaydi, payvand birikmaning sifati esa nisbatan yuqori bo‘ladi.
I II III
a
b
d
k.7.1-raxm. Gaz-press bilan payvandlash usullari:
I — halqali gorelka bilan o‘zaklarni plastik holatda va eritib payvandlash; II — tunukalarni payvandlash;
III — toresli gorelka bilan eritib o‘zaklarni payvandlash;
a — detallar payvandlashdan oldin; b — qizdirish;
d — cho‘kish va payvandlash.
141
Do'stlaringiz bilan baham: |