k.8.1. Eritib qoplanadigan axhyolar
Eritib qoplash uchun donador va kukunsimon eritib qop- lanadigan aralashmalar, simlar ko‘rinishidagi qattiq quyma qotishmalar, kukun, sim, flyuslar ishlatiladi.
Eritib qoplaxh uchun quyilgan chiviqlar. Eritib qoplashda yeyilishga chidamli qatlam hosil qilish uchun GOST 21449-75 bo‘yicha quyilgan chiviqlar ishlatiladi. Ular kimyoviy tarkibiga ko‘ra 5 ta rusumga bo‘linadi: Mp-C27, Mp-C1, Mp-C2, Mp-B3K va Mp-B3K-P. Diametrlari 4 mm, 5 va 6 mm, 8 mm, uzunligi
mos ravishda 300 va 350 mm, 350 va 400 mm, 450 va 500 mm li chiviqlar ishlab chiqariladi.
Donador va quyma qattiq qotixhmalar. Eritib qoplashda detallarda yeyilishga chidamli qatlamlar hosil qilish uchun GOST 11546-75 bo‘yicha C-2M, ФБX6-2, БX va KБX rusumli kukunlarning mexanik aralashmalaridan foydalaniladi.
Stalinit (C-2M) sanoatda keng ishlatiladigan arzon qotishma bo‘lib, tuyilgan ferroxrom, ferromarganes, cho‘yan qirindi va neft koksi aralashmasidan iboratdir. Stalinitning kimyoviy tarkibi quyidagicha: 24 — 26% xrom, 6 — 8,5% marganes, 7 — 10%
uglerod, 3% gacha kremniy, 0,5% gacha oltingugurt, 0,5% gacha fosfor, qolgani temir. Stalinit bilan eritib qoplashda qattiqlik kamida 54 HRCni tashkil etadi.
Borid aralashmada (БX) 50% xrom boridlari va 50% temir kukuni bo‘ladi. Qoplama mo‘rt qatlam hosil qiladi. Abraziv yeyilish sharoitlarida ishlaydigan detallarni qoplashda qo‘llaniladi. Borid aralashmasi bilan eritib qoplashda qattiqlik kamida 63 HRCni tashkil etadi.
Karbid-boridli aralashma (KБX)da 5% xrom karbidi, 5% xrom boridi, 30% temir kukuni, 60% ferroxrom bo‘ladi. Karbid- borid aralashmasi bilan eritib qoplashda qattiqlik kamida 60 HRCni tashkil etadi.
Qattiq quyma qotishmalarning erish harorati 1260—1300˚C bo‘lib, xrom karbidlarining kobaltdagi (stellitlar) yoki nikel va temirdagi (sormaytlar) qattiq eritmasidan iboratdir. Temir asosidagi qotishmalar nikel va kobalt asosidagi qotishmalarga qaraganda ancha mo‘rt, lekin arzon bo‘ladi. Sormaytning tarkibi
147
25 — 31% xrom, 3 — 5% nikel, 2,5 — 3% uglerod, 2,8 — 3,5% kremniy, 1,5% gacha marganes, qolgani temirdan iborat.
Stellitlar sormaytlarga nisbatan ancha qovushqoq, korroziyaga chidamli, erib qoplanish xossalari esa yaxshi bo‘ladi. Quyma qotishmalar metallni qirqishda ishlatiladigan asboblar va pi- choqlarni, shtamplarni, domna pechlaridagi yuklash tuzil- malarining konuslarini va shu singari boshqa detallarni qoplashda ishlatiladi.
GOST 21448-75 bo‘yicha temir asosda MF-C27, MF-C1, MF-YC25, MFФБX6-2, MF-AH1 va nikel asosda MF-CP2, MF-
CP3, MFCP-4 rusumli yeyilishga chidamli kukunlar ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |