Havxharlaxh uchun jihozlar
Dastaki va mexanizatsiyalashgan kavsharlashda gorelka asosiy asbob sifatida xizmat qiladi (2.9.1-rasm). Kavsharlash turiga, kavshar birikma xarakteriga va texnologik jarayonning
149
k.9.1-raxm. Gaz-havo bilan kavsharlash uchun FBM-4 gorelkasi.
tashkil etilishiga ko‘ra kislorod-gazli, bir alangali va ko‘p alangali, injektorli va injektorsiz, gaz-havo va boshqa xil go- relkalar ishlatiladi. Ish unumdorligini oshirish maqsadida mundshtuklar shakli kavshar birikma konstruksiyasiga mundshtuk ko‘proq mos keladigan qilib tanlanadi, o‘rnida ishlatiluvchi gazlar: propan, tabiiy gaz, shahar gazi, kero- sin, benzin va shu kabilarda ishlovchi gorelkalar keng qo‘lla- niladi.
Gorelkaning quvvatini kavshar turi va kavsharlash birikmasi turiga ko‘ra tanladi. Ko‘p alangali mundshtuklar kavshar yuzasini bir tekis qizdirishni ta'minlaydi. Bundan tashqari, alanga yadrosining o‘lchami qisqaradi va qizdirishni metall yuzasidan qisqa masofada ushlaganda alanganing effektiv quvvati 15 — 20% oshadi. Ko‘p alangali gorelkalar uzun chokli katta o‘lchamli detallar uchun tavsiya etiladi.
k.9.k. Havxharlaxhda ixhlatiladigan materiallar
Kavsharlar sim, kukunli sim, chiviq, tasma, yaproq va boshqa turlarda ishlab chiqiladi. Kavsharlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
kavsharning erish harorati kavsharlanayotgan metall erish haroratidan 50 — 60˚ ga past bo‘lishi;
oquvchan bo‘lishi, tirqish oralig‘iga, g‘ovaklarga yaxshi singib, metallni yaxshi yuvishi;
metall bilan o‘zaro aralashib qotishma hosil qilishi;
metall bilan korroziyabardoshligi bir xil bo‘lishi;
150
— tarkibi iloji boricha qimmat va kamyob komponentlarni tashkil etmasligi kerak.
Yuqori haroratli gaz bilan kavsharlash uchun hamma kavsharlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: mis-ruxli (jezlar), kumushli, mis-fosforli.
Mis-ruxli kavsharlar po‘lat, cho‘yan va mis qotishmalari, mis, bronza, nikellarni kavsharlashda ishlatiladi. ЛOK 62-0,6-0,4 rusumli kavshar yaxshi natijalarni beradi, tarkibi: 60 — 63% Cu, 0,3 — 0,4% Sn, 0,4 — 0,6% Si, qolgani rux. Erish harorati 905˚C, mustahkamlik chegarasi 450 MPa ni tashkil etadi. Kremniy va qalay ruxni oksidlanishdan va bug‘lanishdan saqlaydi. Kremniy rux oksidlarini tiklashda qumtuproqqacha oksidlanadi, flyuslar bilan birikib borosilikatni tashkil etadi, ular suyuq metall yuzasiga oqib chiqadi va ruxni oksidlanish va bug‘lanishdan himoyalaydi. Qalay kavsharning metall bo‘ylab oqishini kuchaytiradi, tirqish va g‘ovaklarni to‘l- diradi.
Kumushli kavsharlar tarkibida kumushdan tashqari mis va rux mavjud. Erish haroratini pasaytirish uchun bu kavsharlarga kadmiy, fosfor va boshqa elementlar qo‘shiladi. Kumushli kavsharlarning erish harorati 720 — 870˚C ni tashkil etadi. Ularni aluminiy va ruxdan tashqari (kavsharga nisbatan erish harorati past bo‘lgan) hamma qora va rangli metallarni kavsharlash uchun ishlatiladi. Choklar yuqori mexanik xu- susiyatli bo‘ladi. Tarkibidagi kumush miqdoriga ko‘ra, kav- sharlarning MCp10 dan MCp70 gacha rusumlari ishlab chi- qariladi.
Mis-fosforli kavsharlar elektrsanoatda keng qo‘llanadi va MCp25, MCp45 hamda past haroratli kavsharlarning o‘rinbosari sifatida xizmat qiladi. Ularni faqat mis va jezni kavsharlash uchun ishlatiladi.
Past haroratli kavsharlash uchun kavsharni turli tarkibli qalay-qo‘rg‘oshinli qotishmalardan tayyorlanadi. Kavshar tarkibidagi qalay miqdoriga ko‘ra kavsharlarning MOC 90 (89 — 90% Sn) dan MOC 18 (17 — 18% Sn) gacha rusumlari ishlatiladi. Ushbu kavsharlarning erish harorati 183—222˚C (MOC 90) dan 183—277˚C (MOC 18) gacha chegaralarda bo‘ladi.
151
Havxharlaxh uchun flyuxlar. Flyus oksidlar qatlamini yo‘qotadi, metallni oksidlanishdan saqlaydi, metallning ho‘llanuvchanligini yaxshilaydi, kavsharning kavsharlanayotgan detallar orasiga yaxshi singib ketishini ta'minlaydi. Flyusning erish harorati kavsharning erish haroratidan past bo‘lishi kerak, flyusning bug‘lanish harorati kavsharning erish haroratidan yuqori bo‘lishi kerak. Flyuslarni kukun, pasta va gaz ko‘rinishida ishlatiladi.
Jez singari yuqori haroratli kavsharlar bilan kavsharlashda erish harorati 750˚C dan yuqori bo‘lgan flyuslar ishlatiladi. Qiyin eriydigan flyuslar sifatida texnik bura ishlatiladi, u gorelka alangasi bilan uchib ketmaydi. Bura kam uglerodli po‘latlarni va misni kavsharlashda ishlatiladi (ularda ishlatiladigan kavsharning erish harorati 800˚C dan yuqori).
Aluminiyni yuqori haroratli kavsharlashda aluminiy va uning qotishmalarini payvandlashda ishlatiladigan flyuslar ishlatiladi. Ularning asosini aluminiy oksidi qoplamini yaxshi erituvchi oson eruvchi ftorli va xlorli birikmalar tashkil etadi. Ushbu flyus- larning harorati payvandlash flyuslariga nisbatan ancha past haroratda (450 — 550˚C) bo‘lishi kerak. Bunga flyus tarkibiga xlorli litiy qo‘shish bilan erishiladi. 34A flyus tarkibi 25 — 35% xlorli litiy, 8 — 15% xlorli rux, 12 — 18% ftorli kaliy, qolgani xlorli kaliydan iborat. Flyusning erish harorati 420˚C ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |