Kesish aniqligi kesish chizig‘ining belgilangan chiziqdan chetga chiqishi, shuningdek, kesish tekisligining berilgan burchakdan (tunuka yuzasiga nisbatan) chetga chiqishi bilan xarakterlanadi. Kesish sifati kesish yuzasining tozaligi (g‘adir- budurligi), kesilayotgan joy yuqorigi qirrasining erish darajasi, shlakning bo‘lishi va uning ostki qirraga yopishish darajasi, kesish enining butun metall qalinligi baravarida bir tekisdaliligi hamda kesilgan yuzada erigan joylarning yo‘qligi bilan aniqlanadi.
Keskich o‘qining chetga surilishi yoki tunukaning defor- matsiyalanishi natijasida kesish chizig‘i belgilangan chiziqdan chetlashishi mumkin. Dasturlashtirilgan, fotoelektron va elek- tromagnit yordamida boshqariladigan mashinalarda kesganda kesish chizig‘i belgilangandan juda oz chetga chiqadi; dastaki usulda boshqariladigan mashinalar yoki ko‘chma mashinalarda kesganda chetga chiqish kattaligi orta boradi. Dastaki kesishda kesish aniqligi belgilangandan juda ko‘p farq qiladi. Keskich- ning tunuka yuzasiga nisbatan qiyalash burchagi o‘zgarganda kesish tekisligi belgilangan tekislikdan chetlashadi (2.10.39- rasm).
k.10.39-raxm. Kesish parametrlari:
By— yuqorigi kesish eni; Bp— pastki kesish eni, f — kesish noperpendikularligi; e — ariqchalar chuqurligi; — orqada qolish; r — yuqorigi qirraning suyuqlanish radiusi.
200
Kesilgan yuzaning g‘adir-budurligi kesuvchi kislorod oqimi qoldirgan ariqcha soni hamda chuqurligiga qarab aniqlanadi. Bu ariqcha odatda egri chiziqli shaklda bo‘ladi. Chunki kesuvchi kislorod oqimi mundshtukdan sal orqada qoladi. Bunga, asosan, metallning quyi qatlamlarida temirning kechikib oksidlanishi sabab bo‘ladi. Ostki qatlamlarning sekin oksidlanishiga: metall qalinligidan o‘ta borgan sayin kesuvchi kislorod oqimining tarkibida inert aralashmalar, ya'ni argon, azot va yonish mah- sulotlarining ko‘payib borishi natijasida oqimning ana shu qatlamlarda juda ifloslanib qolishi; alanga bilan metallning ostki qirrasini bevosita qizdirib bo‘lmasligi; tezlikning kamayishi hamda kesuvchi kislorod oqimining kengayishi sabab bo‘ladi. Metall qalinligi va kesish tezligining ortishi yoki ishlatiladigan kislorod tozaligining kamayishi bilan kesuvchi kislorod oqimining kechikish qiymati ortadi.
Kislorod oqimining orqada qolishi natijasida ustki va ostki kesish qirralari detal shakliga muvofiq bo‘lmasa, kesish tezligini kamaytirib, orqada qolishi to‘g‘rilanadi, ya'ni kamroq orqada qoladigan qilinadi. Oqimning silindr shaklini ancha uzunlikda saqlash imkonini beradigan pog‘onali-silindr hamda kengayuvchi soplolarning ishlatilishi, shuningdek, oqim juda ham kengay- maydigan bo‘lganida, past bosimli kislorod yordamida kesish orqada qolishni ancha kamaytiradi (2.10.40-rasm).
L
L
a b d k.10.40-raxm. Kesuvchi kislorodning soplo turlari:
a — silindrik; b — silindrik-qadamli; d — kengayuvchi.
201
Ariqchalar chuqurligi kislorod bosimi, keskichning surish tezligi va yonilg‘i turiga bog‘liq. Tabiiy gazdan foydalanilganda kesish yuzasi asetilen yordamida kesgandagiga qaraganda ancha tekis chiqadi. Keskichning tebranishi yoki uning bir xil tezlikda surilmasligi natijasida ham kesilgan yuza notekis chiqishi mumkin.
Yuqorigi qirralarning erishi qizdiruvchi alanga quvvati va kesish tezligiga bog‘liq. Alanga qanchalik kuchli va kesish tezligi qanchalik kichik bo‘lsa, qirralar shunchalik ko‘p eriydi. Nihoyatda toza kesilgan yuzani hosil qilishda kislorodning tozaligi katta ahamiyatga ega. Tozaligi kamida 99% bo‘lgan kislorod ishlatib nihoyatda silliq kesilgan tekislik hosil qilish mumkin.
Na7orat savollari
Termik kesish qanday guruhlarga bo‘linadi?
Qanday metallarni oksidlab kesish mumkin?
Nima uchun aluminiy va uning qotishmalarini kislorod yordamida kesib bo‘lmasligini tushuntirib bering.
Keskichlar klassifikatsiyasi haqida gapirib bering.
Kislorod bilan kesish uchun keskichlar mundshtuklarining tuzilishi qanday bo‘ladi?
Kerosin-keskichning tuzilishi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Kesishda «yuvish jarayoni» deganda nima tushuniladi?
Tekislik yuzasini kesish qanday amalga oshiriladi?
Kislorod bilan kesish uchun keskichlardan qanday foydalanish kerak?
Kislorod bilan kesish uchun qanday turdagi mashinalar ishlatiladi?
Kislorod bilan kesish rejimlarining parametlarini aytib bering.
Metall qirralarini bir yo‘la ikkita va uchta keskich bilan kesish texnikasini aytib bering.
Kesish sifatini aniqlash yo‘llarini bayon qiling.
HISLOROD-FLYUS BILAN HESISH TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI