Kislorod-flyus bilan kesish uchun uskunalarning uchta sxemasidan foydalaniladi: flyusni tashqaridan uzatish, yuqori bosim ostida flyusni bitta quvur orqali uzatish va flyusni mexanik usulda uzatish (2.11.1-rasm).
Kislorod-flyus bilan kesish uchun flyus bilan ta'minlagich va keskich har qaysi uskunaning asosiy uzellari hisoblanadi.
Flyus bilan pnevmatik va mexanik usullarda ta'minlash farq qilinadi. Flyusni pnevmatik usulda uzatish injektorli yoki siklonli (uyurmali) qurilma vositasida amalga oshiriladi. Qurilmaga flyusni keskichga ergashtirib ketadigan kislorod, havo yoki azot kiritiladi.
Kukun keskichdan flyus bilan ta'minlagichga shlanga va naychalari bor shnekli qurilma yordamida mexanik usulda uzatiladi.
Kislorod-flyus bilan kesish uchun mo‘ljallangan keskichlar kislorod alangasida kesadigan keskichlardan flyus uzatish uchun
204
4
2
d
k.11.1-raxm. Kislorod-flyus bilan kesish uskunalari:
a — flyusni tashqi tomondan uzatish; b — flyusni bitta quvurdan uzatish;
d — flyusni mexanik usulda uzatish; 1 — gaz-flyus aralashmasi;
2 — flyus; S — flyus tashuvchi gaz;
4 — kislorod-flyus aralashmasi;
5 — kesuvchi kislorod.
qo‘shimcha uzellari borligi bilan farq qiladi. Flyus keskichning markaziy kanalidan beriladigan va tashqi tomondan beriladigan keskichlar ishlatiladi. Universal keskichlarda almashtiriladigan mundshtuklar bor. Kislorod-flyus bilan kesish uchun YPXC-5 uskunasining (xromli po‘latlarni kesish uchun 5 modelli uskuna) tarkibiga kiruvchi PAФ-2-65 keskichi 2.11.2-rasmda ko‘rsatilgan.
205
k.11.k-raxm. Kislorod-flyus bilan kesish uchun PAФ-2-65 keskichi.
Kislorod-flyus bilan kesish uchun YPXC-5 uskunasi 2.11.3- rasmda ko‘rsatilgan, uskunaning texnik tavsifi 2.11.2-jadvalda keltirilgan.
2.11.2-jadval
YPXC-5 uxkunaxining texnik tavxifi
Kesish tezligi, mm/daq:
|
|
to‘g‘ri chiziqli kesishda
|
230—760
|
shakldor kesishda
|
140—460
|
Kislorod bosimi, MPa
|
0,5—1,0
|
Asetilen bosimi, kPa
|
0,3
|
Flyus-uzatuvchi kislorod bosimi, MPa
|
0,035—0,045
|
Sarfi:
|
|
kislorod, m3/soat flyus, kg/soat
asetilen, m3/soat
|
4—38
9—18
0,6—1,8
|
Flyusbergich sig‘imi, kg
|
20
|
YPXC-5 uskunasida flyus flyusbergichdan 1 shlang bo‘ylab kislorod oqimi S bilan keskichga 4 uzatiladi, undan so‘ng flyus uzatuvchi soplolar kallagi orqali kislorod keskichi sharrasi bilan kesilayotgan tekislikka yetkaziladi. Flyus uzatishni rostlash
206
Asetilen
k.11.3-raxm. Kislorod-flyus bilan kesish uchun YPXC-5 uskunasi:
1 — flyusbergich; 2 va S — shlanglar; 4 — keskich; 5 — flyus uzatuvchining rostlash jo‘mragi.
jo‘mrak 5 orqali bajariladi. Kesuvchi va yondiruvchi kislorod keskichga shlang 2 dan keladi.
YPXC-5 uskunasi asetilenda va asetilenni almashtiruvchi gazlarda qo‘lda va mashinada kesishda ishlovchi keskichlarda kesishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |