k.7.k. Gaz-prexx bilan payvandlaxhda ixhlatiladigan jihozlar
Gaz-press bilan payvandlash uchun maxsus dastgohlar ishlatiladi, ular payvandlanadigan detallar mahkamlanadigan qurilmalar, payvandlash paytida qisib mahkamlanadigan va qizdiruvchi ko‘p alangali gorelkalar bilan, kallaklarning shakl va o‘lchamlari payvandlanayotgan elementlarning ko‘ndalang kesim va o‘lcham profiliga mos keladigan qurilmalar bilan jihozlangan. Payvandlash qurilmasi gaz ta'minlash uchun qurilma bilan jihozlanadi.
Gorelkalar ko‘p soploli ajraluvchi, suv bilan sovitish ka- merasi bilan jihozlangan bo‘lib, ularga soplo o‘ralgan. Gorelka quvvatiga ko‘ra, bir yoki ikki stvolli bo‘ladi. Injektorli va in- jektorsiz gorelkalar ishlatiladi.
2.7.2-rasmda KF seriyali bir stvolli halqali gorelka ko‘r- satilgan, u 30—120 mm diametrli dumaloq o‘zaklarni va devor qalinligi 3—14 mm li, 30—170 mm diametrli quvurlarni qizdi- rish va payvandlash uchun ishlatiladi. Gorelka quvvati 0,75 dan
Kislorod Asetilen
k.7.k-raxm. Gaz-press bilan payvandlash uchun KF seriyali halqali gorelka:
1 — dastgohga gorelkani mahkamlash uchun qisqich; 2 — uchlikning harakatsiz qismi; S — mundshtuk; 4 — uchlikning harakatdagi qismi; 5 — uchlikni ochish uchun dastak; 6 — stvol; 7 — karkas.
142
15 m3/soat gacha asetilen sarfiga o‘zgarishi mumkin. Quvurlarni payvandlashda asetilenning nisbiy sarfi birikmaning 1 mm2 ko‘ndalang kesimiga 2 dm3/soatni tashkil etadi. Gorelkada kislorod bosimini 0,2—0,5 MPa chegarasida o‘zgartirilsa, birikmaning qizdirish rejimini (tezligini) oshirish mumkin. Sovituvchi suvning sarfi 1 dm3 asetilenga 0,05 dm3 hisobida bo‘ladi. Kiritilgan kallaklar gorelkalar soplolarining o‘qlari orasidagi masofa 6—7 mm ni tashkil etadi. Halqali kallak diametri payvandlanayotgan quvurlar va o‘zaklarning diametriga nisbatan tanlanadi.
Yarimhalqali MKF seriyali gorelkalar diametri 174—299
mm, devor qalinligi 7—14 mm quvurlarni payvandlash uchun
k.7.3-raxm. MKF seriyali yarimhalqali gorelka:
1 — korpus; 2 — asetilen uchun shtutser; S — kislorod uchun shtutser;
4 — suv uchun nippel; 5 — suv bilan sovitish uchun quvurcha;
6 — mundshtuklar; 7 — kallakning yarimhalqasi; 8 — yonuvchi aralashmani uzatish uchun quvurcha; 9 — aralashtiruvchi kamera;
10 — kislorod ventili.
143
ishlatiladi (2.7.3-rasm). Ularning quvvati 7,5—25 m3/soat ase- tilen sarfiga teng. Har bir yarimhalqali gorelka o‘zining stvoliga ega bo‘lib, qizdirish alangasi quvvatini oshirib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |