Chap va o‘ng uxulda payvandlaxh
Chap uxulda payvandlaxh usuli eng ko‘p tarqalgan usuldir (2.3.3-rasm, a). Undan yupqa va oson eriydigan metallarni payvandlashda foydalaniladi. Gorelka chapdan o‘ngga, eritib qo‘shiladigan sim esa chokning payvandlanmagan hududiga yo‘naltiriladigan alanga oldida suriladi. 2.3.3-rasm, a da chap usulda payvandlashda mundshtuk va simni harakatlantirish sxemasi ko‘rsatilgan. Chap usulda payvandlashda alanga quvvati metall (po‘lat) ning har 1 mm qalinligiga soatiga 100 dan tortib 130 dm3 gacha asetilenni tashkil etadi.
Chap usulda payvandlashda payvand birikma chokining balandligi va eni ancha tekis chiqadi, 5 mm gacha qalinlikdagi listlarni payvandlashda unumdorlik nihoyatda yuqori, narxi arzon bo‘ladi. Bu alanga dastlab payvandlanadigan metallni qizdirishi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari, chap usulda payvandlash osonroq bajariladi va payvandchining katta malakaga ega bo‘lishi talab qilinmaydi.
Chap usulda payvandlashda o‘ng usulga nisbatan payvand- lash tezligini buyumning issiqlik yutishi (issiqlikning yo‘qolishi) sezilarsiz bo‘lguncha oshirish mumkin, bunga faqat yupqa listlarni payvandlashda erishish mumkin. Listlar qalinligi 5 mm dan ortiq bo‘lganda chap usulda payvandlash tezligi o‘ng usulda payvandlash tezligidan kichik bo‘ladi.
Ghok Ghok
Sim
Gorelka 1
Sim
Gorelka 1
Payvandlash yo‘nalishi
Payvandlash yo‘nalishi
S0-40˚
2
a
S0-40˚
S 2
b
50-40˚
S
k.3.3-raxm. Payvandlash usullari:
a — chap usulda; b — o‘ng usulda; 1 — payvandlash payti;
2 — mundshtuk va simning harakatlanish sxemasi;
S — mundshtuk va simning egilish burchagi.
101
O‘ng uxulda payvandlaxhda gorelka chapdan o‘ngga, eritib qo‘shiladigan sim esa gorelka ortidan suriladi (2.3.3-rasm, b). Alanga simning uchiga hamda chokning payvandlangan hududiga yo‘naltiriladi. Mundshtuk ko‘ndalangiga chap usulda payvand- lashdagiga nisbatan kamroq tebratiladi. Qalinligi 8 mm dan kam metallni payvandlashda mundshtuk ko‘ndalangiga tebratilmasdan chok o‘qi bo‘ylab suriladi. Simning uchi payvandlash vannasiga tiqib turiladi va u bilan suyuq metall aralashtiriladi. Bunda oksidlar va shlaklarning chiqib ketishi osonlashadi. Alanga issig‘i kamroq tarqaladi va undan chap usulda payvandlashga qaraganda yaxshiroq foydalaniladi. Shuning uchun ham o‘ng usulda pay- vandlashda chokni ochish burchagi 90˚ emas, balki 60—70˚ bo‘- lishi mumkin. Shunda eritib qoplanadigan metall miqdori, sim sarfi va chok metalining cho‘kishidan buyumning toblanishi kamayadi.
O‘ng usulda payvandlashda qalinligi 3 mm dan ortiq metallni, shuningdek, issiqni nihoyatda yaxshi o‘tkazadigan metall, masalan, qizil misni uning qirralarini ishlab birlashtirishda foydalanish ma'qul. O‘ng usulda payvandlashda chok sifati chap usulda payvandlaganga qaraganda yaxshi chiqadi. Chunki erigan metallni alanga yaxshi muhofazalaydi. Alanga bir yo‘la eritib qoplangan metallni bo‘shatadi va uning sovishini sekinlashtiradi. Issiqdan yaxshiroq foydalanilishi sababli juda qalin metallarni o‘ng usulda payvandlash iqtisodiy jihatdan ancha tejamli bo‘lib, chap usulda payvandlashga nisbatan unumliroqdir, ya'ni o‘ng usulda payvandlash tezligi 10—20% ortiq bo‘lib, gazlar 10—15% tejaladi.
O‘ng usulda payvandlashda qalinligi 6 mm gacha bo‘lgan po‘lat uning qirralarini qiyalab ishlamasdan, orqa tomonidan pay- vandlamasdan to‘la payvandlab biriktiriladi. O‘ng usulda pay- vandlashda alanga quvvati metall (po‘lat) ning 1 mm qalinligiga soatiga 120 dan tortib 150 dm3 gacha asetilenni tashkil etadi. Mundshtuk payvandlanadigan metallga kamida 45˚ burchak ostida qiyalashtirilishi kerak.
O‘ng usulda payvandlashda diametri payvandlanadigan metall qalinligining yarmiga teng bo‘lgan sim ishlatish tavsiya etiladi:
d = s/2, mm.
102
Chap usulda payvandlashda diametri o‘ng usulda pay- vandlashda ishlatiladigan sim diametridan 1 mm katta simdan foydalaniladi:
d = s/2 +1, mm.
Gaz bilan payvandlashda diametri 6—8 mm dan ortiq sim ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |