Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Narzulla Jo`rayev.Tarix falsafasining nazariy asoslari.T:,‖Ma`naviyat‖. 2008.
2.
. Nishonova S. Komil inson tarbiyasi.T.: Istiqlol, 2003.
3.
Ochil Safo.Mustaqillik ma‘naviyati va tarbiya asoslari.T.«O`qituvchi‖.1997.
4.
Розова. М.А.Интегративные тенденции в современном мире и
социальный
прогресс.
–
М.:Издательство
Московского
университета,1989.
416
5.
Roziqov. O. Og`ayev S.,Mashmudov. M Azizov. B. Ta‘lim texnologiyasi. T:
«O`qituvchi‖. 1999.
6.
Rahmonov R. Fayziyev F.Yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy
ong va tarixiy xotira. T:.―O`zbekiston‖, 2008.
417
8-SINF O`ZBEKISTON TARIXI FANIDA "O`ZBEK XONLIKLARINING
TARAQQIYOTDAN ORQADA QOLISH SABABLARI VA OQIBATLARI"
MAVZUSINI BAXS-MUNOZARA USLUBIDA O`RGANISHNING
SAMARADORILIGI.
Xoliqov Obiljon Zokirjonovich
Namangan viloyat Namangan tuman Xalq ta‟limi bo`limiga qarashli 23-sonli
maktab tarix fani o`qituvchisi.
Annotatsiya:
Tarix fanini o‘qitishda baxs-munozara va turli usullardan foydalanish,
o‘quvchilarda o‘zlari yashab turgan o`lka tarixini haqqoniy, aniq manbalar asosida
o`rganish, tarixiy bilimlarini rivojlantirish va tirli vaziyatlarda qo‘llay olish
ko`nikmasini takomillashtiradi. Tarix darsida o‘rganiladigan har bir mavzu aniq
dalillarga asoslanishi va ko‘rgazmali bo‘lishi kerak. Bunda tarixiy manbalar,
ularni bilish va taxlil qila olish juda katta ahamiyatga ega.
Kalit so`zlar:
jahon taraqqiyotidagi o`zgarishlar, o`zbek xonliklaridagi qoloqlik
sabablari, qoloqlik oqibatlari.
G'arbiy Yevropaning ilg'or mamlakatlarida sanoat ishlab chiqarishning yetakchi
tarmog'iga aylanib bordi. XVI asrning o'rtalaridan boshlab to'qimachilik, qog'oz,
shisha ishlab chiqarishda mehnat taqsimoti va qo'l hunari texnikasiga asoslangan
korxona - manufakturalar vujudga keldi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida asbob-uskunalarni harakatga keltiruvchi bug'
mashinasi (motor) ixtiro qilindi. Natijada asosiy ishlarni mashinalar bajaruvchi
fabrika-zavodlar vujudga Bug' mashinasi bilan harakatlanuvchi parovoz, paroxod,
418
cho'yan va po'lat oluvchi domna pechlar yaratildi, temiryo'llar qurildi. Yirik boy
tabaqalarning tashqi savdodan, mustamlakalardan, manufakturadan orttirgan boyliklari
sanoatni rivojlantirish uchun sarmoya sifatida qo'yildi. Bu sanoatning rivojlanishida
muhim omil bo'ldi. Eng muhimi xo'jalik yuritish uchun zarur bo'lgan mashinalarni
ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi, og'ir sanoat vujudga keldi. Biroq bu jarayon jahon
mamlakatlarida nihoyatda notekis bordi. Ko'pgina mamlakatlar, jumladan, o'zbek
xonliklari ham bu jarayondan chetda qolib, taraqqiyotda orqada qolib bordi.
O`zbeksiton Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimov o`zining "Tarixiy
xotirasiz kelajak yo`q" asarida xonliklar davri tarixiga yangicha nazar tashlar ekan,
tarixchi mutaxassislarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi: "Nega jahonga
Ahmad Farg‘oniy, Muso Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Imom Buxoriy,
Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu
millat XVII-XIX asrga kelib to shu choqqacha erishgan yuksalish darajalaridan tushib
ketdi. Nega so`nggi uch asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan chiqmay qoldi.
Ajdodlarimiz qattiq karshiligiga qramay chor Rossiyaning o`lkamizga nisbatan oson
zabt etishida mana shu qoloqlikning xam o``rni bo`lmaganmikan"
Darhaqiqat Markaziy Osiyo xonliklarini mustamlakachilik asoratiga tushib, jahon
ijodiy muhitidan va taraqqiyotidan ortda qolishi hamda qoloqlikka yuz tutishi natijasi
edi. O`zbek xonliklaridagi mazkur qoloqlikning ildizi, sabablari quyidagilarda aks
etadi:
Birinchidan, asrlar davomida bir butun bo`lib yashab kelgan mamlakatning, yagona
iqtisodiy va madaniy muhitda yashab kelgan xalqning uchga bo`linib ketishi, xonliklar
o`rtasida to`xtovsiz urushlar, har bir xonlik ichidagi boshboqdoqlik va hokimiyat
uchun o`zaro tinimsiz kurashlar hamda ichki nizo, ig‘vo-fasodning avj olishi butun
mamlakatni xonavayron qildi. Bir millat vakillari qavm-qarindoshlarni sohibqiron
vasiyatiga amal qilmasdan bir-birlariga yov nigohi bilan qarashlari oqibatida
419
tanazzullik sari yuz tutdi. Toj-taxt uchun kurashlar va saroyda fisqu-fasod shu darajaga
borib yetganki, birgina Qo`qon xonligida hukmronlik kelgan 15 xondan 6 nafari
(Bobobek, Sulaymonxon. Olimxon Alixon, Sheralixon, Mallaxon) saroy to`ntarishi
natijasida o`ldirilgan.
Ikkinchidan, Markaziy Osiyo davlatlarining asrlar davomida o`zgarmay kelayotgan
davlat boshqaruvi usuli, tizimi, tor doiradagi hukmdorlar zulmi taraqqiyotiga g‘ov
bo`lib qolgan edi. Har uchala xonlik hukmdorlari ko`p xollarda ma'lum siyosiy kuchlar
yoki aloxida bir xonadon sohiblari ta'siriga tushib qolgan. Xiva xonligida shayboniylar
davrida inoqlar xonga yetarlicha ta'sir ko`rsatgan. Xususan, qo`ng‘irotlar qabilasi inoqi
- Muhammad Amin xonlik shayboniylar xonlarini shu qadar siquvga olganki, oxir-
oqibat o`zi xonlik taxtini egallaydi (1770 - yil). Qo`qon xonligida Xudoyorxon
hukmronligining dastlabki bosqichida qipchoqlar sardori Musulmonqul amalda davlat
boshqaruvini qo`lga oladi. Buxoroda ashtarxoniylar vakili Abulfayzxon (1711-1747)
mang‘itlar xonadoni va boshqa siyosiy kuchlar qo`lida qo`ug‘irchoq bo`lib qolganligi
haqida xonlikda bo`lgan rus imperatori Pyotr I elchisi F.Beneveni o`z imperatoriga
hisobot bergan.
Uchinchidan, xonliklar o`rtasidagi o`zaro urushlar, etnik nizolar urug‘-qabila
jamoalarini bir joydan ikkinchi joylarga ko`chirishni keltirib chiqardi. Yoki zo`rlik
bilan yashab turgan ko`chirilgan hamda milliy kamsitish siyosati ham ko`zga
tashlangan.
Masalan: Buxoro amirligida yahudiylar ahvoli ayanchli bo`lgan. Garchand ular o`z
diniy e'tiqodlarini saqlab qolgan, amirlikdagi deyarli butun savdoni o`z qo`llarida
to`plagan bo`lsalarda, ularga nisbatan inson qadr, tahqirlovchi, xo`rlovchi tartiblar
joriy etilgan. Xususan, yahudiylarga ot minib yurish taqiqlanib, ular eshak minib
yurishlari mumkin edi xalos. Bellariga kamar emas, chilvir bog‘lab yurishlari shart edi.
420
To`rtinchidan, o`zbek xonliklari o`rtasida ichki iqtisodiy va savdo birligi shakllanmadi.
Xonlikning savdo munosabatlarida xamon ayirboshlash usuli davom etardi. Bunga
sabab davlatlardagi mavjud pullarning qadrsizligi va mintaqada bir xil amal qilmasligi
edi.
Markaziy Osiyo jahon bozoridan ajralib qolgani ustiga bu yerda yagona ichki bozor
ham tashkil topmadi. O`zbek xonliklarida tinimsiz davom etgan o`zaro nizolar va ichki
siyosatdagi parokandalik xorijiy mamlakatlar savdo karvonlarini bu yerga kelishdan
cho`chitib, xalqaro savdodan tobora uzoqlashtirardi hamda o`z-o`zidan yagona ichki
bozor vujudga kelishiga to`siq bo`lardi.
Beshinchidan, xonlar va saroy amaldorlari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojiga xalaqit
berayotgan eski ishlab chiqaruvchi usulini himoya qilar, xonliklarning asosiy boyligi
bo`lgan yerga egalik qilish, mulkchilikning eski usuli asrlar davomida o`zgarmasdan
kelardi. Yevropada va dunyoning ko`pgina mamlakatlarida mavjud yerga egalik
kilishning xususiy mulk shakli qishloq xo`jaligi taraqqiyoti va dastlabki kapital
jamg‘arish jarayonining vositasi bo`lgan. Osiyoda, jumladan, Markaziy Osiyo
xonliklarida esa mulkchilik shakllari va dehqonchilik shakllari asrlar davomida
o`zgarmasdan, yerning asosiy egasi ilgaridagidek oliy hukmdorligicha qolaverdi. Oliy
hukmdor yerning birdan-bir egasi bo`lib, yer ishlovchilarga - dehqonlarga ijara tarzda
xatlab biriktirilgan edi. Dehqon yer egasi emas, yerdan olinadigan xosilning egasi edi
xalos. Shu bois dehqon yerni asrab-avaylashga, uning unumdorligini oshirishga
intilmadi. Xon yerlarida majburan ishlashga safarbar etiladiganlar soni 10 ming
nafargacha yetardi. Markaziy Osiyo hududida la‘lmi va sug‘oriladigan yerlar 2 million
gektarni tashkil qilib, jon boshiga yarim gektardan to`g‘ri kelgan. Lekin, dehqonchilik
nochor ahvolda bo`lib yerga ishlov berish o`sha-o`sha bir juft-xo`kiz, so`qa-omoch
darajasida qolib ketgan edi. Irrigatsiya inshootlariga ahamiyat pasayib, sug‘oriladigan
421
yer maydonlari qisqarib borardi. Natijada yetishtirilgan mahsulot aholi iste'mol
talabini bazo`r qoplagan.
Oltinchidan, aholi xon va beklarning turli lavozimdagi mansabdorlarning
zo`ravonligidan, o`zboshimchaligidan, mansabini suiste'mol qilishdan, g‘ayriqonuniy
soliq va jarimalaridan himoya qilinmagan edi.
Yettinchidan, turmush darajasi past bo``lib, aholi iste'mol uchun eng zarur
bo`lgan doiradagi oddiy buyum va mahsulotlar bilan qanoatlanardi. Ishlab
chiqarishning faqat iste'molga yo`naltirilganligi, hamda sotib olish imkoniyatining
pastligi iqtisodiyotning rivojlanishiga to`sqinlik qilardi.
Sakkizinchidan, xonliklarda sanoat rivojiga e'tibor qaratilmadi. Oltingugurt, rangli
metallar, marmar, toshko`mir, neft konlari serob bo`lsada, ularni qazib olish, toq
kon ishlarini yo`lga qo`yishga e'tiborsizlik qilindi. Faqatgina, Toshkent begi
Yunusxo`ja sanoatni rivojlantirish uchun Sibir hukumati ma'muriyati bilan
hamkorlikka intilgan, lekin, reja amalga oshmadi. O`lkada yirik daryolar bo`lsada,
baliqchilik sanoat darajasiga ko`tarilmadi va kemasozlik masalalari xal qilinmadi.
To`qqizinchidan, tovar-pul munosabatlari rivojlantirilmadi. Xon va asilzodalar
boyliklarining asosi pul, oltin, kumush va qimmatbaho javohirlardan iborat degan
eski tasavvurlar ostida qolib ketdilar. Shu boisdan oltin, kumush, javohir va pullar
ularning xazina to`plash manbai bo`lib qolgan edi, iqtisodiyot rivoji uchun kapital
(sarmoya) sifatida sarflanmadi, O`lik mol sifatida saqlanardi. Xon va amirlar,
ularning yirik amaldorlari faqat ayrim xollardagina o`z obro`larini ko`z-ko`z
qilish maqsadida masjit, madrasa va o`zlariga saroy qurdirardi xalos. Davlat
xazinasiga tushadigan daromad saroy va qo`shin xarajatlarini zo`rg‘a qoplagan.
O`ninchidan, ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotda diniy mutaasiblik, joxillikning
kuchli mavqega ega bo`lib qolganligi edi. Maktab va madrasa ta'limi asosan
diniy bilimlar doirasida o`ralashib qolishi hamda dunyoviy bilimlar egallanishiga
422
ruxoniylarning sun'iy ravishda to`siq bo`lishi sabab bo`lardi. Yevropada katolik
cherkovining mutaasibligiga qarshi kurash yetilib kelayotgan sanoatchilar va ularni
qo`llab quvvatlagan shahar hamda qishloq qambag‘allarining birgalikdagi
kurashi oqibatida g‘alabaga erishilgan bo`lsa, Markaziy Osiyoda demokratik fikr,
diniy mutaasiblik va uning tayanchi bo`lgan davlatning birlashgan qudratini
yenga olmadi. Chunki bu fikr tayanishi mumkin bo`lgan, uni qo`llab
quvvatlaydigan ijtimoiy kuch xali bu yerda yetilmagandi. Xullas, sun'iy sug‘orish
ishlari qurilishdan tortib dehqonchilik, hunarmandchilik, fan va madaniyatgacha,
ichki savdodan tashqi iqtisodiy aloqalargacha oid ma'lumotlarni olsak, umuman
olganda, yurtimiz va ajdodlarimiz bu davrda ko`pchilik xalqlardan orqada
bo`lmagan. Shu o`rinda tarixshunos olim Xamid Ziyoevning ushbu fikriga e'tibor
qaratsak, "Garchand Buxoro, Xiva va Qo`qon xonliklarida hayot o`z yo`lida
davom etib, muayyan darajada olg‘a siljishlar hamda yutuqlar bo`lsada, biroq, ular
mavjud tabiiy boyliklarga va keng imkoniyatlarga taqqoslanganda, dengizdan bir
cho`mich suvga o`xshab ketadi. Bunga tinimsiz davom etgan taxt uchun
kurashlar va xonliklarning o`zaro urushlari orqasida yuzaga kelgan edi. Unchalik
katta bo`lmagan mintaqada bir-biriga dushman uchta mustaqil xonlikning
mavjudligi pirovardida fojeali oqibatlarni tug‘dirdi".
Iqtisodiy qoloqlik va g‘arbiy nochorlik, ijtimoiy - siyosiy beqarorlik Markaziy
Osiyoni o`z tasarrufiga kiritib olishga intilayotgan davlatlarga qo`l keldi. O`zbek
xonliklarining hukumdorlari Rossiya imperiyasi tajovuzlariga nisbatan e'tiborsizlik va
ma'suliyatsizlik bilan yondashdilar. O`zaro urushlar girdobiga botib, katta kuchlarni
behuda qurbon qildilar, mamlakat boyligini besamar ishlarga sovurib, vaqtini aysh-
ishrat hamda kayfu-safoda o`tkazdilar. Xalq va yurt taqdiriga e'tiborsizlik va
ma'suliyatsizlikni atoqli o`zbek ma'rifatparvar yozuvchisi Abdulla Qodiriy o`zining
"O`tkan kunlar" romanida Yusufbek hoji tilidan quyidagi alamli so`zlarda bayon
423
etadi: "Maqsadlari juda ochiq... bittasi mingboshi bo`lmoqchi, ikkinchisi
Normuhammadning o`rniga o`tirmoqchi, uchunchisi yana bir shaharni o`ziga qaram
qilmoqchi, ittifoqning nimaligini bilmagan, yolg‘iz o`z manfaati, shaxsiyati yo`lida
bir-birini yeb, ichgan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar
Turkiston tuprog‘idan yo`qolmay turib, bizning odam bo`lishimizga aqlim yetmay
qoldi... biz shu xolatda ketadigan bo`lsak, yaqindirki, chor istibdodi Turkistonimizni
egallar." Oqibatda XIX asrning 60-70-yillarida Rossiya bosqinchilari tomonidan zabt
etildi. Shu tariqa o`zbek davlatchiligi tarixidagi bu safar 125 yildan ortiq kechgan
qaramlik davri boshlandi.
Mazkur mavzuni oddiy an'anaviy tarix darslarida o`rgatish, xalqimiz boshidan o`tgan
ushbu jarayonlarni o`quvchiga to`la yetkazib berish va o`z-o`zidan tarixiy xotirasi
mustahkam bo`lishi uchun yetarli darajada sharoit bo`lmaydi. Trening jarayonida
o`quvchi boshqalardan farqli va terang ma'lumot berish uchun asosiy darslik va
qo`shimcha adabiyotlardan ham mustaqil izlanadi. Natijada munozara jarayonida
bildiriladigan turli fikr va farazlarga o`z mushoxodasiga tayangan xolda sara fikrlarni
ajratib olishga intiladi. Trening to`g‘ri tashkil etilsa muammo mohiyatini ochib
beruvchi asosiy tayanch tushunchalardan tortib mayda elementlargacha o`quvchi
nazaridan chetda qolmaydi. Shu tufayli o`rganilayotgan mavzu yuzasidan o`quvchida
keng ko`lamdagi va mukammal tushuncha xosil bo`lib, jarayonga nisbatan har
qachon, har qanday davrada o`z bilimiga asoslangan xolda mustaqil fikr bildira olish
imkoni xosil bo`ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`k. T., Sharq, 1998, 9- bet.
424
2. Jo`raev U. Usmonov Q. va boshqalar, O`zbekiston tarixi, 8- sinflar uchun darslik T.,
Oqituvchi, 2019, 150-153-betlar.
3.Usmonov K., Sodiqov M., Burxonova S., O`zbekiston tarixi T., Iqtisod-moliya,
2006, 216- bet.
4. Shamsiddinov R., Sodiqov Sh., Burxonova U. Vatan tarixi. T., Sharq, 67- bet.
5. Ziyoev X. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. T., Sharq,
1998, 18 – bet.
425
Do'stlaringiz bilan baham: |