www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 26
asrash tuyg‘usiga ega bo‘lish, o‘simliklar, hamda hayvonlarga nisbatan g‘amxo‘rlik
ko‘rsatishga, tabiat zaxiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko‘paytirishga qaratilgan
amaliy faoliyatning yuksak ko‘rsatkichidir.
Hozirgi kunga kelib inson va tabiat o‘rtasidagi, fan–texnika taraqqiyoti va
atrof–muhit o‘rtasidagi, jamiyat va ekologiya o‘rtasidagi mutanosiblik
murakkablashib salbiy tomonga qarab o‘zgarib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida
ekologik madaniyati oshirish masalasining naqadar muhim ekanligini ko‘rsatmoqda.
Barchamizga ma'lumki tabiatda hamma narsa bir biriga chambarchas bog'liq.
Fan-texnika sohasida erishilayotgan yutuqlardan unumli foydalanayotgan insonlar esa
ana shu bog‘liqlikni buzmoqda, unga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda
bo‘lmoqda. Aholi sonining keskin ortishi natijasida ish o‘rniga va oziqlarga bo‘lgan
ehtiyoj ortadi va bu o‘z navbatida sanoat fabrikalarning ko‘payishiga olib kelyapti.
Sanoat fabrikalarning ko‘payishi aholini ish bilan ta‘minlashga va mamlakatning
iqtisodiy jihatdan o‘sishiga olib keladi, biroq zavodlardan chiqayotgan har xil zaharli
moddalar, gazlar, tutunlar tabiatga jiddiy zarar yetkazayapti. Buning natijasida ozon
qatlamining qay darajada yemirilib borayotganligi esa hech birimizga sir emas.
Iqisodiyotning rivojlanishida tabiiy muhitning o‘rni beqiyos. 2019-yil 22-
yanvar sanasida tashkil etilgan ―O‘zbekiston ekologik partiyasi‖ ning maqsadi
mavjud muammolarni jamiyat ongiga chuqurroq singdirishdan va ekologik
madaniyatni rivojlantirishdan iborat. Butun dunyo oldida turgan toza ichimlik suvi
tanqisligi vujudga kelgan bir paytda biz uni asrayapmizmi?. Ichimlik suvini isrof
qilayotganligimiz kamday, daryo, anhor va ariqlarga chiqindilarni hech o‘ylanmasdan
tashlab o‘zimizga o‘zimiz zarar yetkazmoqdamiz. Bu holatlarning barchasi
jamiyatimizda ekologik madaniyatning pastligidan dalolat beradi.
Har bir inson, tashkilot, ta‘lim muassasalari, korxona jamoalari tabiatni asrash
bo‘yicha chora tadbirlar amalga oshirishi lozim. Masalan ―Biz tabiatni sevamiz‖
klubini tashkil etib, qarovsiz yerlarda bog‘ va gulzorlar yaratish, ularni
parvarishlovchi guruhlar tuzish, har bir sinf xonalarida, majlis zallarida, yo‘laklar
chetida, uyda tuvaklarda gullar o‘stirish, botanika bog‘i, issiqxona, qo‘riqxonalar
tashkil qilish, klub a‘zolari o‘rtasida turli tanlovlar o‘tkazish mumkin. Bundan
Do'stlaringiz bilan baham: |