www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 24
maqsad sari bir qadam, tatqiqot va loyiha, bumerang va boshqa ko‘plab metodlardan
foydalanish mumkin. Ushbu metodlar orqali dars o‘tish darsni samaradorliligini
oshirish bilan birga, darsni qiziqarli, mazmunli o‘tkazish va o‘qituvchining o‘z oldiga
qo‘ygan maqsadiga erishishga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
O‘zbekiston Respublikasining ta‘lim to‘g‘risidagi qonuni. -T.: 1997.
2.
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz.-Toshkent, O‘zbekiston, 2017. 488-b.
3.
Mo‘minov O. Geografiya ta‘limi metodikasi. -T.: O‘qituvchi, 1986.
4.
www. ziyonet.uz
5.
www. geografiya.uz
6.
www. lex.uz
www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 25
AHOLI ORASIDA EKOLOGIK MADANIYATNI OSHIRISH-DAVR
TALABI.
Shomurodov Normurod Parda o`g`li
NavDPI o`qituvchi
Temirova Diyora Rustamovna
NavDPI talabasi
Annotatsiya:
Aholi orasida ekologik madaniyatni oshirish nafaqat jamiyat, balki
umuminsoniy madaniyatning ajralmas qismi, uning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Aholi orasida ekologik madaniyatni oshirmay turib ularni to‘la madaniyatli,
ma‘naviyatli deb bo‘lmaydi. Ushbu maqolada aholi orasida ekologik madaniyatni
oshirish chora tadbirlari va natijalari haqida ma‘lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Tabiat, ekologiya, ekologik madaniyat, ekologik siyosat, atrof-muhit
muhofazasi.
Tabiat yer yuzidagi barcha tirik organizmlar uchun muqaddas maskandir.
Tabiat ularni oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta`minlaydi, issiq va sovuqdan asraydi.
Shu o‘rinda tirik organizmda ham tabiatga nisbatan muhabbat uyg‘onadi. Bu
muhabbat tabiatni asrash, uning boyliklarini ko‘paytirish tuyg‘usi bilan
uyg‘unlashsagina haqiqiy sanaladi. Keyingi paytlarda biz ―Tabiatni sevamiz‖ deya
oldigu, lekin uni asrab avaylash ishiga qanchalik darjada ma‘sul ekanligimizni unutib
qo‘ydik. Mana shu mas‘uliyatsizligimiz ―Ekologiya‖ fanining yuzaga kelishiga sabab
bo‘ldi. ―Ekologiya‖ so‘zi ―eko‖- uy, turar – joy, ―logos‖- fan, ya‘ni ―Tabiat uyi‖
bo‘lmish borliqda yashayotgan tirik jonzotlani o‘rganuvchi ilm sohasi deganidir.
Yurtimiz hududida uch ming yil oldin zardushtiylik ta‘limoti shakllangani, uning
bosh kitobi ―Avesto‖ deb atalishini bilamiz. Bu kitobda tuproqni, suvni asrash,
hayvonlarga ziyon yetkazmaslik haqida ko‘pgina ibratli ma`lumotlar keltirilgan.
Chunki ajdodlarimiz o‘sha zamonlarda ham bu olam yagona bir butunlikdan iborat
ekanligini, agar uning biror a‘zosiga ziyon yetkazilsa, bir butunlik, ya‘ni jamiyki
borliqda salbiy o‘zgarishlar yuz berishini yaxshi tasavvur etganlar. Bugungi kundagi
ekologik madaniyat tushunchasi ham atrof-muhit to‘g‘risida chuqur bilimga, tabiatni
Do'stlaringiz bilan baham: |