Рекомендательное письмо


Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati



Download 0,6 Mb.
bet9/60
Sana28.04.2022
Hajmi0,6 Mb.
#586826
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati:

  1. Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. Toshkent. “O`zbekiston”. 1995 yil.

  2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. “O`zbekiston”. 1998 yil.

  3. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent. “O`zbekiston”. 1999 yil.

  4. Volkov O.I. Ekonomika predpriyatiya. Moskva. “Infra-M”. 2001.

  5. Dolan E.D. Rinok: mikroekonomicheskaya model.Sankt-Peterburg.1992.

  6. Ismoilov A.Q., Murtazaev O. Qishloq xo`jalik iqtisodiyoti. Darslik. Toshkent. 2003.

  7. Seddies Yu.,Raysh E.,Ugarov A.A. Ekonomika selskoxozyaystvennix predpriyatiy. Moskva. 2000.

  8. Sharifxo`jaev M., Abdullaev Yo. Menejment. Darslik. Toshkent. 2001.

  9. Hakimova M. Mikroiqtisodiyot. Toshkent. 1997.

Eslatma: Bundan tashqari har bir mavzu bo`yicha tegishli qonunlar, farmonlar,
yo`riqnomalar, ko`rsatmalar va boshqa me`yoriy hujjatlardan, shuningdek,
ilmiy jurnal va boshqa manbalardan ham foydalanish mumkin
3-MAVZU: KORXONANI TASHKIL ETISH VA UNING FAOLIYATINI TO`XTATISH.
Reja.

  1. Korxonani tashkil qilish tamoyillari.

  2. Korxonani tashkil etish tartibi va unga ta`sir hujjatlari.

  3. Korxona mulki.

  4. To`lov qobiliyatini yo`qotgan korxonalarda moliyaviy barqarorlikni ta`minlash yo`llari.

  5. Korxonani tugatish tartibi.



Asosiy terminlar: korxonani tashkil qilish tamoyillari, korxona mulki, korxonani tashkil qilish tartibi, ta`sir hujjatlari, to`lov qobiliyati, moliyaviy holat, sanatsiya, bankrotlik, o`zaro kelishuvlar.


1. Korxonani tashkil qilish tamoyillari.
Korxonalar o`z faoliyatlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda o`zaro raqobat va mulkchilikning barcha shakllari va ularning teng huquqliligi sharoitlarida amalga oshiradi.
Har bir korxona yuqori boshqaruv organlari tomonidangina emas, balki korxonaning o`zidagi boshqaruvchi kichik tizim tomonidan ham boshqariladi. Korxonalar yakkahokimlik tamoyili asosida va ayni zamonda ularning operativ-xo`jalik jihatdan mustaqil ish ko`rishi va tashabbus ko`rsatishi asosida boshqariladi.
Qonunchilikka asosan korxona barcha faoliyat turlari bo`yicha to`liq
javobgarlikni o`z zimmasiga oladi, xususan quyidagilarni:

  • davlat manfaatlari va aholi huquqlarini poymol qilmaslik;

  • qonunlarga rioya qilish va atrof-muhitni saqlash;

  • aksiya egalari va davlat tomonidan berilgan mulkni imkon qadar ko`paytirish;

  • ishlab chiqarish samaradorligini oshirish.

Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi omillarga bog`liq bo`ladi:

  • mahsulot va xizmatga qondirilmagan talabning mavjudligi;

  • mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun kerak bo`ladigan resurslarning mavjudligi;

  • ishlab chiqarishning mazkur tarmog`ida mos texnika va ilmlarni rivojlanishining darajasi mavjudligi.

Bular asosida mahsulotga talab shakllanadi va ishlab chiqarishni tashkil qilishga asos bo`ladi. Bundan tashqari yangi korxonani tashkil qilish uchun zaruriy miqdordagi ishlab chiqarish va moliya resurslarining ham mavjud bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Yangi korxonani shakllantirish uchun kapital egasi qaror qabul qiladi. Birinchi bosqichda korxonani qurish va tashkil qilish uchun, so`ngra xom-ashyo zahiralari, materiallar, ish kuchini yollash uchun kapital kerak.
Yangi korxonani tashkil qilish uchun kapital egasi bir qator maqsadlarni shakllantiradi. Korxonaga kimning kapitali kiritilganligiga qarab maqsadlar o`zgarib turadi, ammo shunga qaramasdan umumiy holatda korxonani tashkil qilishdan maqsadlar quyidagilardan iborat bo`ladi:

  • mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirish, buning natijasida iste`molchilar mahsulotga korxona egasi esa daromadga ega bo`ladilar;

  • ishlab chiqarishga mehnatga layoqatli aholini jalb qilish, bu bilan esa joylardagi aholini ijtimoiy himoya qilish masalasini ham hal qilish;

  • ishlab chiqarishga mavjud bo`sh tabiiy resurslarni jalb qilish;

  • fan va texnikaning yangi yutuqlarini holda yangi turdagi sanoat mahsulotlari turlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish;

  • individual va hamkorlikda korxona tashkil qilgan alohida guruhlar va jamoalarning shaxsiy manfaatlarini qondirish.

Korxonani tashkil qilishda bir qator xususiyatlar hisobga olinadi. Jumladan, korxonani tashkil qilish tamoyillari ayrim korxonaning va shaxslarning xususiyatlariga qarab ham o`zgarib turishi mumkin. AQSH marketologi Tomas Stenli tadqiqotlari bo`yicha aniqlanishicha korxonalarni tashkil qilishda quyidagi tamoyillarni hisobga olish muvaffaqiyatlar garovidir:

  • imkoniyatlar darajasida faoliyat yuritish;

  • daromadlar haqida emas, balki foyda olish haqida harakat qilishdir;

  • yaxshi maslahatlardan foydalanish;

  • kelajak haqida oldindan o`ylang.




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish