IJTIMOIY HAMKORLIK PRINSIPLARI
Ijtimoiy hamkorlik prinsipining mazmun – mohiyatiga nisbatan yondashuvlar turlicha bo‘lsada, lekin ularda asosan shaxslararo hamkorlikka urg‘u beriladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, milliy g‘oyamizda ijtimoiy hamkorlik deganda «jamiyatda barcha millat va elatlarning tinch-totuv va ahil bo‘lib yashashi ularning o‘zaro munosabatlariga kirishishi» tushuniladi. Bu ta'rifni yodda tutib, Ona Vatanimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari uchun ijtimoiy xamkorlik prinsipi naqadar ahamiyatli ekanligini anglash mumkin. Shu ma'noda ijtimoiy hamkorlik umumiy xarakterga ega bo‘lgan keng ko‘lamli prinsipdir.
Ijtimoiy hamkorlik prinsipining hususiyatlari
O‘zbekistonda ijtimoiy hamkorlik prinsipiga amal qilish mustaqillik yillarida ro‘y berdi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan milliy taraqqiyot modelimizning to‘rtinchi yo’nalishi sifatida kuchli ijtimoiy siyosat belgilangan edi. Mazkur siyosat asoslaridan birini ijtimoiy hamkorlik tashkil qiladi. 1997 - yilga kelib yurtboshimiz jamiyat rivojida ijtimoiy hamkorlik prinsipining katta ahamiyatga egaligiga diqqatni qaratdi. Natijada bu prinsip 2000 - yilda milliy g‘oyamizning asosiy prinsiplaridan biri sifatida belgilandi. Bugungi kunga kelib omma o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik prinsipining asoslarini chuqur anglab olishga ehtiyoj bor.
Ijtimoiy hamkorlik prinsipi bir necha o‘ziga xos xususiyatlarni qamrab oladi. Bu xususiyatlarning eng muximlari sifatida qo‘yidagilarni qayd etish mumkin.
Ijtimoiylashtirish. Ijtimoiy hamkorlik prinsipi shaxs ongida ijtimoiy munosabatlarni shakllantiradi. Unga ko‘ra, shaxs o‘z ehtiyoji va manfatlarini qondirish uchun o‘zgalarning yordamiga ehtiyoj sezadi. Natijada u ijtimoiy munosabatga kirishadi. Bu munosabat manfatli bulishi uchun shaxs o’zganing manfaatlarini ham hisobga olishi kerak. Aynan shu o’rinda ijtimoiy hamkorlikning manfaatlar uyg‘unligi qoidasi ro‘yobga chiqadi. Ijtimoiy munosabatlarda manfaatlar uyg‘un kelmas ekan, ijtimoiy hamkorlik yuzaga kelmaydi. Bola oilada va bog‘cha, o‘quvchi maktab va do‘stlari davrasida, talaba o‘quv dargohida va jamoatchilik orasida, hodim mehnat joyi va jamiyatda ijtimoiy hamkorlikka kirishishga majbur. Buni real hayot taqozo etadi. Bundan ma'lum bo‘ladiki ijtimoiylashtirishda uning yosh davriga nisbatan takomillashib borish usuliga asoslanadi.
Munosabatni ta'sis etish. Ijtimoiy hamkorlik prinsipi bir jamiyatda yashovchi turli millat va elatlarning o‘zaro munosabatini ta'sis etadi. Misol uchun, bugungi kunda ona yurtimiz O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashamoqda. Ular ma'naviy, ma’daniy, ijtimoiy va moddiy jihatdan o‘zaro munosabatga kirishib, milliy tili, urf-odatlari va an'analarini rivojlantirib bormoqda. Natijada bir xalq bo‘lib birlashishdek qadriyat tarkib topgan. Bu ijtimoiy xarakterning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Shu ma'noda bu prinsip xalqlar o‘rtasida o‘zaro mo‘tadil munosabatni shakillantiradi, ularning bir-biridan ma’daniy ta'sirlanishini ta'minlaydi. Masalan, yurtimizda umumxalq xashari e'lon qilinganida, diyorimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari bu tadbirda faollik bilan ishtirok etmoqda. Demak, ijtimoiy hamkorlik prinsipi jamiyatda uyuushuvchanlik, birdamlik va birodarlikni yuzaga keltiradi.
Aloqalarni yo‘lga qo‘yish. Ijtimoiy hamkorlik prinsipi davlat va jamoat tashkilotlarining o‘zaro aloqalarini yo‘lga qo‘yadi. Bunda ikki jihat: Farobiy A.N.Fozil odamlar shahri. –T.:1993 106-bet. mavjud: 1) muayyan turdosh tashviqotlarining o‘zaro aloqasi; 2) davlat va jamoat tashkilotlarining o‘zaro aloqasi. Bu aloqalarga o‘zaro ishonch, tenglik, sheriklik va manfaatdorlik qoidalariga amal qilinadi. Shunisi aniqki bunday aloqalar natijasida tashkilotlar ijtimoiy manfaat ko‘radi, bu – ijtimoiy hamkorlik prinsipining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.
Ma'lum bo‘ladiki, ijtimoiy xarakterning prinsipi xarakterli xususiyatlarga egaligi bilan diqqatga sazovor. Shu sababli bu prinsip ma'rifiy jamiyatda asosiy rivojlanish yo‘nalishlaridan biri sifatida qabul qilinadi.
Ijtimoiy hamkorlik prinsipining qoidalari
Har bir prinsip negiziga xos bo‘lganidek, ijtimoiy hamkorlik prinspi ham o‘zining qoidalariga ega. Bu qoidalardan eng muhimlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. O‘zaro ishonch.
2. Tenglik.
3. Sheriklik
4. Manfaatdorlik
Shaxs, ijtimoiy guruh, xalq va tashkilotlar o‘zaro aloqalarda bu qoidalarsiz ijtimoiy hamkorlikka kirisha olmaydi. Bu qoidalarning birortasiga amal qilmaslik yoki bir tomonlama amal qilish ijtimoiy hamkorlikning to‘laqonsiz bo‘lishiga olib keladi. Shu jihatdan ijtimoiy hamkorlik prinsipi kelishuvchanlik yo‘lidir.
Ijtimoiy hamkorlik prinspining hajmi, miqdori va o‘lchami bo‘lmaydi. U real sharoitda real imkoniyatlardan kelib chiqib real aloqada bo‘lishni taqozo etadi.
Olimlar, keyingi vaqtlarda dunyoda tadbirkor kuchlarining ijtimoiy hamkorlik prinsipiga qat’iy amal qila boshlaganini qayd etishib, tadqiqotlar ham yaratishmoqda. Misol uchun Amerikaning mo‘tadil faylasuf – olimlar Richard Anderson va Pitr Shixirev xalqaro tadbirkorlikdagi ijtimoiy hamkorligini o‘rganishib, qiziqarli xulosalarga kelishgan. Ularning fikricha, dunyodagi tadbirkor kuchlar ijtimoiy xamkorlikda «akulalar» va «delfinlar»ga bo‘linishadi. Bu ikki yirik guruhning qoidalari shakllangan bo‘lib, quyidagichadir:
1) «akulalar» qoidasi: «Faqat foyda, hamma narsaga erishish mumkin», 2) «delfinlar» qoidasi: «Yaxshilikni qadrla, o‘g‘irlama». Biroq, bunda ijtimoiy hamkorlik prinsipi muayyan qadriyatga qat'iy amal qilishni taqozo etardi. Shu sababli «akulalar» va «delfinlar» oxir oqibatda mana bu oltin qoidaga amal qilishadi: «Agar biz to‘g‘ri bo‘lsak ikkalamiz ham yutamiz». Shu sababli tadbirkor kuchlarning ijtimoiy hamkorligi samara beradi.
Ma'lum bo‘ladiki, ijtimoiy hamkorlik prinsipi tomonlarga manfaat keltiradigan muayyan qoidalarga qat'iy amal qilishni taqozo etadi.
XULOSA
Ushbu kurs ishiga xulosa sifatida, mening fikrimcha, umumlashtiruvchi tezislar shaklida yuqoridagi barcha narsalarni umumlashtirish mantiqan to’g’ri bo'ladi.
Bugungi kunda jamiyat hayotida ijtimoiy reklamaning o'rni va roli masalalariga katta e'tibor qaratilmoqda. Ijtimoiy muammolarni hal qilish zarurati ushbu turdagi reklamaning ahamiyatini oshiradi va uni yanada rivojlantirish vazifalarini qo'yadi. Shu bilan birga, ijtimoiy reklama bo'yicha tadqiqot va jurnalistik materiallarning barcha mavjud to'plamlari uchun hodisaning o'zi to'liq o'rganilmaganligini ta'kidlash kerak.
Ijtimoiy reklama atamasi butun dunyoda qo'llaniladi. Va butun dunyoda u notijorat reklama va ijtimoiy reklama tushunchalariga mos keladi.
Ijtimoiy reklama - davlat yoki ijro etuvchi organlar tomonidan muayyan ijtimoiy maqsadlarga erishishga qaratilgan keng tarqalgan notijorat axborotning o'ziga xos turi.
Ijtimoiy reklama tijorat bilan bir xil vositalar to'plamidan foydalanadi: televizor reklamalari, bosma, ko'cha, transport reklama va boshqalar.
Ijtimoiy reklama uzoq muddatda davlatga iqtisodiy jihatdan foydalidir, chunki ko'plab ijtimoiy muammolarni bartaraf etish davlat farovonligiga olib keladi (masalan, millat salomatligi, byudjetga to'liq soliq to'lash va h. k. ).
Ijtimoiy reklamaning ajdodlari AQSh va Buyuk Britaniya hisoblanadi va ishlab chiqilgan tajriba boshqa mamlakatlarda eng aniq va muvaffaqiyatli ishlatiladi. Davlat chet elda ijtimoiy reklama bozorining eng muhim ishtirokchisi.
O’zbekistonda ijtimoiy reklama faoliyati va rivojlanishi asosan global tendentsiyalar asosida amalga oshiriladi.
O’zbekistonda ijtimoiy reklamaning roli va ahamiyati nafaqat davlat darajasida, balki O’zbekiston biznesining vakillari, professional reklama hamjamiyati tomonidan ham tobora ko'proq e'tirof etilmoqda. Dizaynerlar, reklamachilarning eng ilg'or qismi sifatida, o'z kasbining ijtimoiy-mas'uliyatli yo'nalishi tufayli, ijtimoiy reklamaning ahamiyati va ijodiy e'tirozini uzoq vaqtdan beri tushunishgan.
O’zbekistonda va chet elda ijtimoiy reklama tahlili asosida bir nechta ijtimoiy reklama guruhlari ajratildi. Muayyan turmush tarzini reklama qilish. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish Vatanparvarlik reklamasi. Bundan tashqari, agar O’zbekistonda ijtimoiy reklamalarning aksariyati siyosiy kontekstga ega bo'lsa, chet elda bolalar mavzusi bo'yicha ijtimoiy reklama reytingida birinchi o'rinni egallaydi.
Ijtimoiy reklama va biznesning yaqinlashuvi bugungi kunda ijtimoiy reklamaning o'zini tijoratlashtirish liniyasida, u ham foyda keltirishi mumkinligini tan oladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) jamoatchilikni qo'llab-quvvatlash uchun kuchli va shuning uchun ular uchun doimo odamlarni o'z faoliyati bilan tanishtirish juda muhimdir. Boshqacha aytganda, ular reklamaga muhtoj. Ijtimoiy reklama o'z dasturlariga mablag' to'plash, ko'ngillilarni jalb qilish uchun NNT xayriya yordam beradi. Lekin eng muhimi, bu muayyan muammoga jamoatchilik qiziqishini jalb qilish imkonini beradi.
Ijtimoiy reklama odamlarni o'zlari yashayotgan jamiyatning holati haqida xabardor qilish uchun mo'ljallangan, u odamlarni ushbu jamiyat va o'z-o'zidan foyda olish uchun harakat qilishga undashlari kerak, shuningdek, zararli bo'lishi mumkin bo'lgan harakatlar qilmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |