O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Namangan Davlat universtiteti
Biotexnologiya fakulteti
Biologiya yo`nalishi 203-guruh talabasidan
REFERAT
O’ZBEKISTONDA HOKIMIYATLAR BO’LINISHI
PRINSPINING AMAL QILISHI
Bajardi: G`aybullayeva Mavjuda
Biologiya yo`nalishi
2-kurs talabasi
O’zbekistonda hokimyatlar bo’linishi prinsipining amal qilishi
Reja:
I. KIRISH.
II. ASOSIY QISM:
1) Hokimyatlar bo’linishi nazariyasining shakillanishi
2) Hokimyatlar tarmoqlarining o’zaro muvozanatda ushlash tizimi
3) O’zbekiston Respublikasida davlat hokimyatchiligi
III. XULOSA.
IV). FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Siyosiy hokimyat mavzusi siyosatshunoslik fanida hal qiluvchi o’rinni
egallaydi. Siyosiy hokimyat jamiyat ijtimoiy hayotining eng muhim elementidir.
Bevosita uning vositasi orqali siyosiy tizim barcha elementlarining harakati amalga
oshadi. Hozirgi kunda O’zbekiston huquqiy davlat qurish va fuqorolik jamiyatini
shakillantirish yo’lidan qat’iy ketmoqda. Yurtboshimiz I.A.Karimov
takidlaganlaridek, «...mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va
yangilash biz uchun hamisha birinchi darajali ustuvor maqsad va vazifa bo’lib
qolaveradi.»1.
Huquqiy davlat qurish murakkab, keng qamrovli va ko’p qirrali jarayon
bo’lib, rivojlangan davlatlardan tortib, endi rivojlanayotgan davlatlarning eng yangi
tarixi buni ko’rsatib turibdi.
Mustaqil davlatchiligimizni tashkil etishda, jahon davlatchiligi amalyotida
sinalgan tamoyil – hokimyatlar bo’linishiga asoslanishi asosiy Qonunimizda
mustahkamlab qo’yildi.
Hokimyatlar bo’linishi tamoyili, hokimkyat organlarini tashkil etishning
samarali mexanizimi sifatida o’zini ko’rsatib kelmoqda. O’zbekistonda
mustaqillikning dastlabki yillaridayoq qabul qilingan qonunlardan biri bo’lgan
“Davlat mustaqilligi asoslari” to’g’risidagi qonunning 5-moddasidayoq hokimyatlar
bo’linishi tamoyili mustahkamlangan edi. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan
Konsitutsiyamizning 11 -moddasida bu tamoyil uzil-kesil konstitutsiyaviy tarzda
mustahkamlab qo’yildi. Ma’lumki hokimyatlar bo’linishi tamoyili, davlat
hokimyatining samarali ishlashini ta’minlaydi. Bu tamoyilga ko’ra yaxit davlat
hokimyati uch tarmoqqa ajratiladi va har bir tarmoq boshqasining faoliyatini nazorat
etib turadi, shu tariqa hokimyat suiste’mol qilinishiga chek qo’yiladi.
1 Karimov I.A. «Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatimizni
moderinizatsiya va isloh etishdir».O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2005
yil 28 yanvarkuni bo’lgan qo’shma majlisida qilgan ma’ruzasi.T., «Sharq».. 2005. 34 –b.
Hozirgi kunda davlatimizning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalariga
qanchalik tez va soz erishishi, ko’p jihatdan uning davlat organlariga va ularning
samarali faoliyatiga bog’liq.
Turon zaminida huquqqa asoslanib, faoliyat yuritadigan davlat haqidagi
fikirlar asrlar davomida shakillanib, sayqallanib kelganligi ko’pchilikka ma’lum.
Farobiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk mutafakkirlar fozil insonlar
yashaydigan, qonunga asoslangan adolatli jamiyat haqidagi teran fikirlarni ilgari
surganlar.
Davlat hokimyatini tashkil etishda, hokimyatlar bo’linishi prinsipi hozirgi
kunda hokimyat tarmoqlari ishini samarali tashkil etishining sinalgan bir mexanizimi
sifatida amal qilib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |