Prinspining amal qilishi


Hokimyatlar tarmoqlarining o’zaro muvozanatda ushlash tizimi



Download 22,98 Kb.
bet3/5
Sana31.12.2021
Hajmi22,98 Kb.
#235337
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavjuda G~aybullayeva

Hokimyatlar tarmoqlarining o’zaro muvozanatda ushlash tizimi
Hokimyatlar bo’linishi konsepsiyasining mag’zini “bir-birini tiyib turish va
muvozanatda ushlash” tizimi tashkil etadi.
Ma’lumki umuman hokimyatlar bo’linishi nazariyasi davlat hokimyatining bir
organ yoki bir shaxs – hokimyat subyekti tomonidan suiste’mol qilinishining
oldini olish maqasadida ijtimoiy zarurat sifatida shakillangan.
Bu nazariyaga ko’ra, davlat hokimyati manbasiga ko’ra yagonadir, ya’ni
hokimyat manbai – xalqning o’zidir. Biroq biron-bir hokimyat subyektining
diktaturasi o’rnatilmasligi, qo’lida butun hokimyat to’planib qolmasligi uchun,
hokimyatlar tashkiliy va institutsiyaviy jihatdan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va
sud hokimyatlariga bo’linadi. Bu hokimyat tarmoqlari mustaqil bo’lib, har biri
o’zining vakolati doirasida harakat qiladi.
Biroq bu uch hokimyat tarmog’i ichidan birontasining boshqalaridan yuqori
bo’lib olmasliklari, ularning vakolatlarini o’zlashtirmasliklari, o’rnini bosishga
intilmasliklari uchun, “bir-birini tiyib turish va o’zaro muozanatda ushlash” tizimi
amal qilishi kerak.
Shu munosabat bilan, bu tizimning shakllanishi, uning konsitutsiyaviy
mustahkamlanishi hamda davlat hokimyatini tashkil etishda qo’llanishi tadrijiy
jarayonini qamrab chiqish ilmiy-nazariy ahamyatga egadir.
Monteskeninig o’rinli ta’kidlashicha, “hokimyatni suiste’ mol qilishning
imkoni bo’lmasligi uchun, shunday tartib o’rnatish kerakki, toki bunday turli
hokimyat tarmoqlari o’zaro bir-birini tiyib tura olsin”.
Monteskening hokimyatlar bo’linishi nazariyasi tahlildan, V.A.Chetverninig
fikricha, shu narsa kelib chiqadiki, hokimyatlar bo’linishi uch aspekda yoki uch
darajada amal qiladi:
1. Hokimyatlarning funksional bo’linishi;
2. Hokimyatlarning institutsional bo’linishi;
3. Hokimyatlarning personal (shaxsiy) bo’linishi12.
Hokimyatlarning funksional bo’linishi haqida gap ketganda, eng muhim
masala – ya’ni jamiyatda erkinlikni ta’minlash davlat majburlovini qo’llash
haqidagi qarorni qabul qilish funksiyasi bilan uni amalga oshirish vazifasini birbiridan ajratish kerak. Shundan kelib chiqqan holda, qonun chiqaruvchi hokimyat
majburlov kuchi ishlatish tartib-qoidasini o’rnatadi, sud hokimyati majburlov
qo’llashiga yo’l beradi yoki konkret majburlov chorasini tayinlaydi. Demak, bu
ikki hokimyat tarmog’i qo’lida majburlov kuchi, aynan to’planmasligi kerak, bular
davlat majburlovini amalga oshirmasliklari kerak.
Yoki aksincha, ijro hokimyati qo’lida majburlov kuchi to’plangan, shu bois
unda majburlov ishlatish haqida qaror chiqarish, yoki majburlovning biron-bir
turini tayinlash kabi huquqlar bo’lmasligi kerak. Boshqacha qilib aytganda, ijro
hokimyati sud qarori va uning doirasida, qonunlarga rioya etgan holda davlat
majburlovini amalga oshirishi kerak.
Hokimyatlarning institutsional bo’linishi haqida so’z yuritishda, eng avvalo,
shuni ta’kidlash kerakki, qonunchilik, ijro va sud hokimyatini amalga oshirish bir
shaxs yoki bir idora qo’lida to’planmasligi kerak. Yuqorida qayd etganimizdek,
hokimyatlarning bo’linishi, davlat majburlovini qo’llash haqida qaror chiqarish
huquqi bilan uni davlat majburloviga ega bo’lgan idoralarni bir-biridan ajratish
kerak. Boshqacha qilib aytganda, davlat majburloviga ega idora bu majburlovni
qo’llash huquqi bo’lmasligi, davlat majburlovini qo’llash huquqi bor idorada emas,
bevosita davlat majburlovi jamlanmasligi kerak.
Shu ma’noda, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimyatni bo’linishi shuni
anglatadiki, birinchidan, ijro hokimyati orgonlari dastlabki huquq yaratish
fa’oliyati bilan shug’ullanmasliklari, qonun kuchiga ega bo’lgan normativ aktlar
qabul qilmasliklari kerak.
12 Проблеми государства и права. М,: Юристь, 2004. Ст 576- 577.
Hokimyatlar bo’linishi nazariyasining amaliy ifodasiga misol tariqasida
AQSHni ko’rsatish mumkin. 1787 yilgi AQSH Konstitutsiyasi respublikaning
davlat o’rgonlarini tashkil etish hamda ularning vakolatlari va o’zaro
munosabatlari asosiga hokimyatlar bo’linishi prinsipini qo’yishgan.
AQSH davlat hokimyati tizimidagi “bir-birini tiyib turish va o’zaro
muvozanatni ta’minlash” mehanizmining ahamyati nafaqat hokimyat
tarmoqlaridan birontasining boshqasining vakolatini egallab olishi mumkinligi
havfining oldini olishga qaratilganidagina bo’lmay, balki davlat hokimyatining
barqarorligi va muntazam amal qilishini ham ta’minlashidadur.
Bugungi kunda eng rivojlangan demokratik davlatlarning davlatchiligi
aynan mana shu tizim va yo’nalish asosida qurilmoqda, chunki bu boshqaruvni eng
ishonchli va sinovdan samarali o’tgan turi hisoblanadi. Tabiiyki bu narsa hokimyat
organlarining ish samaradorligini oshirib, ishlash fa’oliyatini yanada
osonlashtiradi. Aynan shuning uchun O’zbekiston ham xuddi shu prinsipga
asoslangan hokimyatlar tizimini o’zida joriy qildi va bu narsa o’zini samarali
jihatlarini ko’rsatib kelmoqda.

Download 22,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish