Reja: Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining mohiyati va turlari


Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini davlat tamonidan tartibga solinish usullari



Download 158 Kb.
bet5/8
Sana27.03.2022
Hajmi158 Kb.
#512270
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
saydaxmedov shavkat 0.3a.11

3. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini davlat tamonidan tartibga solinish usullari


Hozirgi sharoitda tashqi migratsiyasi mehnat oqimini davlat tomonidan tartibga solib turish ko’p qirrali bo’lib, bu sohada ko’rilayotgan chora – tadbirlarni shartli ravishda ikkiga bo’lish mumkin: bu birinchidan, ishchi kuchlari eksporti ishchi kuchlari importi hisobiga tashqi mehnat migratsiyasida keladigan foydani ko’paytirish bo’lsa, ikkinchi, ishchi kuchlarini mamlakatga olib kirish va uni chetga chiqarish jarayonida keladigan ijtimoiy – iqtisodiy va moliyaviy yo’qotishlarni kamaytirish hisoblanadi.
Davlat emigratsiyasi siyosatining asosini emigratsiya davrining uch bosqichini tartibda solishdan iborat, ya’ni xorijga borib ishlovchini mamlakatdan chiqib ketishi , xorijda bo’lishi va o’z vataniga qaytib kelishini tartibga solish. Bu siyosat ta’minlashga qaratilgan:
1) fuqorolarni mamlakatlar bo’ylab erkin ko’chib yurishlarini va ularda ishga joylashishlarini kafolatlash;
2) migrantlarni o’z vatanlariga qaytib kelishlarini ta’minlash;
3) muhojir ishchilarni o’z vatanlari valyuta o’tkazmalari barqarorligini va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash;
4) iqtisodiyotning ishchi kuchiga bo’lgan talabi qondirilmayotgan sohalarida ishlab turgan ishchilarni chiqib ketishini cheklab qo’yish;
5) mamlakat mehnat bozorida kam talabga ega bo’lgan mehnatkashlarni horijga chiqib ketishlari hisobiga mamlakatdagi ishsizlik moammosini hal etish;
6) chet elda ishlab malakalarini orttirib kelganlar hisobiga ichki mehnat bozorini sog’lomlashtirish;
Mehnat migratsiyasini tartiblashning huquqiy – meyoriy asosi mamlakat konstitutsiyasining migratsiyaga tegishli moddasini milliy migratsiya qonunchiligini va shu sohadagi ikki tomonlama va ko’p tomonlama xalqaro kelishuvlarini o’z ichiga oladi
Defitsit ishchi mutaxassislarni ko’chib ketishini qisqartirish maqsadida davlat tomonidan quyidagi choralar ko’riladi:
1) chet el pasportlarini berishni limitlash;
2) chet elga ko’chib ketayotgan ma’lum mutaxassislik bo’yicha kvotalar o’rnatish;
3) davlat tomonidan o’qitib tayyorlangan so’ng ish joyiga joylashish muddatini belgilash;
4) muhojirlarga nisbatan qo’llaniladigan siyosat ikkita muhim vazifani yechishga qaratilgan;
5) ish bilan bandlik muammolarining keskinlashib, ayrim rayonlarda aholining haddan tashqari ko’payib ketishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida nazorat qilib bo’lmaydigan ishchi migrantlar oqimidan ichki milliy mehnat bozorini himoyalash.
Mamlakat ichki mehnat bozorini himoya qilish ma’muriy, tashkiliy – huquqiy va iqtisodiy harakterdagi usullarni o’z ichiga oladi. Restriktiv taqiqlangan, shuningdek, sellektiv xususiyatga ega bo’lgan prinsiplar bu usullarning ta’sirchanligiga asos qilib olinishi mumkin.
Ishchi kuchlari importini tartibga solib turish yana shunday bir usul – to’g’ri kvota usuli qo’llaniladi. To’g’ri kvotalar ishchi kuchlarini qabul qilib oluvchi mamlakatlar korxonalarida mahalliy ishchilar bilan chet el ishchilari o’rtasidagi nisbatni tartibga solib turadi. Bu usul barcha mamlakatlar milliy iqtisodiyoti uchun yagona bo’lishi yoki iqtisodiyotning differensiyalangan sektorlari hamda faoliyat turlari bo’yicha bo’lishi mumkin. Kvotalar foizlar nisbatida o’rnatiladi: ishlab chiqarishda band bo’lgan umumiy ishchilarning qancha foizi chet eldan kelgan ishchilar ekanligi yoki mahalliy va chet ellik ishchilar nisbati bilan belgilanadi.
Iqtisodiy mezonlar asosida tartibga solib turish yuridik va jismoniy shaxslar uchun ish haqi minimal tizimiga bog’liq qilib qo’yiladi: joriy ishchilarni qabul qilish firmaning oladigan foydasi va moliyaviy mablag’lari hajmi, biznes – immigrantlar uchun imtiyozlarga, chet el ishchilarining qabul qilgan mamlakat iqtisodiyotiga ma’lum miqdordagi summa – pul mablag’larini qo’shishiga: oddiy muhojirlar uchun ishga joylashish uchun to’lanadigan haqqa bog’liq qilib qo’yiladi. Shuningdek, hujjatlarni rasmiylashtirish yoki mehnat kontraktining muddati bo’yicha differintsiyalashgan soliq olinadi.
Yana davlat tomonidan chet el ishchilarini qabul qilayotgan mamlakatda turadigan muddatlari belgilanishi, alohida mutaxassisliklar bo’yicha ishchi o’rinlarini band etishligi taqiqlanishi mumkin.
Hamma davlatlarda shunday davlat tashkilotlari borki, ular zimmasiga tashqi mehnat immigratsitasi bilan bog’liq masalalarni yechish yuklatilgan. Ular maxsus immigratsiya xizmati, mehnat sohasi tashkiloti, jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash tashqi ishlar vazirligi sog’liqni saqlash, maorif sohalarining birgalikda faoliyat ko’rsatishni ta’minlashlari kerak.
Dunyodagi barcha mamlakatlarning oldida aholi migratsiyasi bilan bog’liq masalalardan biri yashirincha migratsiya muammosidir. Bunday migratsiya oqimini to’xtatib qo’yish bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqilgan, qonunni buzuvchilarga jarima solishdan tashqari, hatto qamoq jazosi ham qo’llanadi. Bunday cheklash va taqiqlab qo’yish jismoniy va yuridik shaxslar uchun ham birday qo’llaniladi. Yashirincha olib kelgan ishchilar mehnatidan foydalanuvchi firmalar, vositachilik qiluvchi nolegal firmalar uchun.
Ishlab chiqarishning pasayishi, ishchi o’rinlarining qisqartirilishi, ichki mehnat bozorida tanglik yuz bergan hollarda davlat tomonidan immigrantlar oqimini to’xtatishni rag’batlantirishga qaratilgan tadbirlar belgilanadi. Bu tadbirlar mehnat faoliyatini muddatidan oldin to’xtatganligi uchun to’lovlarni, chetga chiqaruvchi migrantlarni maxsus mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlashni, tashkil etish, emigratsiya mamlakatining iqtisodiy rivojlanishiga yordamlashish, boshqa hududlarda ishchi o’rinlarini tashkil etish, o’z uylarida xususiy korxona ochish xohishi bo’lgan ishchi migrantlarga kredit ajratishlarini o’z ichiga oladi.
Aholi migratsiyasi bilan bog’liq bo’lgan munozarali masalalar hamda nizolar xalqaro tashkilot – Mehnatni tashkil etish xalqaro tashkiloti XMT tomonidan ko’rib chiqilib, hal etiladi. Bu tashkilot 1919 yilda Versal shartnomasi asosida milliy Liga bilan birga tashkil topgan. 25 yildan so’ng Filodelfiya dekloratsiyasi XTM tamoili va markazlarini kengaytirdi. 1946 yilda esa BMT ning ixtisoslashtirilgan birinchi missasi bo’ldi. XMT ning boshqa xalqaro tashkilotlardan ajratib turuvchi noyob jihati shundaki, bu tashkilotning siyosiy yo’nalishini va faoliyati dasturini ishlab chiqishda davlatning vakillari bilan tadbirkorlar va mehnatkashlarning vakillari teng huquqli ravishda qatnashdilar.
XMTning qadimiy va eng asosiy funksiyasi xalqaro mehnat konferensiyasining konvensiyasi va tavsiyanomalarini 3 tomonlama ( hukumatlarning vakillari, tadbirkorlar, mehnatkashlar bilan) qabul qilish bo’lib, bu aktlarni amalga oshirish XMT ga a’zo davlatlar o’z zimmalariga oldilar. Tavsiyanomalar siyosat sohasini boshqarishga, qonunchilik va qonunlarni amalgam oshirishga xizmat qiladi.
Konvensiya va tavsiyanomalar inson huquqlari bilan bog’liq bo’lgan mehnat sohasidagi juda keng masalalar, ya’ni mehnatni tartibga solish, mehnat munosabatlari, mehnat bilan bandlik sohasidagi siyosat, mehnat sharoiti, ijtimoiy ta’minot, tozalik, xotin – qizlarning bandligi, voyaga yetmagan bolalar hamda mehnatkashlarning alohida olingan kategoriyalari, shu bilan birga, migratsiya masalalarini o’z ichiga qamrab oladi.
XMT ga a’zo mamlakatlar Konferensiya tomonidan qabul qilingan barcha konvensiya va tavsiyanomalarni kompetentli milliy tashkilotlarga berishi shart. Ratifikatsiya qilinga konvensiyalarning mamlakatlar qonunchiligida va amaliyotda qo’llanilishini ta’minlash uchun XMT nazorat qilish protsedurasini o’rnatdi.

Download 158 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish