SURXONDARYO VILOYATI
REJA:
- SURXONDARYO HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
- SURXONDARYO STATISTIKASI
- SURXONDARYO KELAJAGI RAQAMLARDA
- XULOSA
Surxondaryo viloyati - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941-yil 6 martda tashkil etilgan (1925-yil 29 iyundan Surxondaryo okrugi boʻlgan). 1960-yil 25 yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qoʻshilgan. 1964-yil fevralda qaytadan tashkil qilindi.Respublikaning janubisharqida, Surxon-Sherobod vodiysida joylashgan. Viloyat nomi vohadan oqib o'tuvchi "Surxon" (fors-tojik: "qizil" ) daryosi nomidan kelib chiqqan. Janubidan Amudaryo boʻylab Afgʻoniston, shimoliy, shimoli-sharq va sharqdan Tojikiston, janubi-gʻarbdan Turkmaniston, shim.gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh.
Maydoni 20,1 ming km². Aholisi 2612,4 ming kishi (2019-yil, 1-oktyabr holatiga koʻra). Tarkibida 14 tuman (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi, Qiziriq, Qumqoʻrgʻon), 8 shahar (Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Shargʻun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon), 114 ta shaharcha, 865 ta qishloq aholi punktlari mavjud (2019). Markazi — Termiz shahri.
Yalpi hududiy mahsulotlar 107,8 % (2020-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan foizda)
Sanoat 111.4 % (2020-yilning yanvar- dekabr oylariga nisbatan foizda)
Qishloq ,o’rmon va baliq xo’jaligi 104.6 % (2020-yilning yanvar- dekabr oylariga nisbatan foizda)
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 72.2 % (2020-yilning yanvar- dekabr oylariga nisbatan foizda)
Qurilish ishlari 112.7 % (2020-yilning yanvar- dekabr oylariga nisbatan foizda)
Yo’lovchi aylanmasi 104.7 % (2020-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan foizda)
Chakana Tovar aylanmasi 108.5 % (2020-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan foizda)
Xizmatlar 118.4 % (2020-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan foizda)
Sanoat ishlab chiqarish. (yengil va oziq ovqat sanoati), qishloq xoʻjaligi. (paxta va bugʻdoy yetishtirish, qoramolchilik va qoʻychilik), transport (ayniqsa, temir yo'l va avtomobil transporti) salmoqli oʻrin tutadi.[]
Sanoatining yetakchi tarmoqlari: paxta tozalash, paxtani qayta ishlash korxonalaridir. Yirik sanoat korxonalari: "Jarqoʻrgʻonneft" boshqarmasi, Sherobod keramika badiiy buyumlar, Denov yogʻekstraksiya, Sariosiyo tosh saralash zavodlari, Shoʻrchi un kombinati, Jarqoʻrgʻon yigiruvtoʻquv, Termiz tikuvchilik f-kalari, Shargʻun koʻmir, Xoʻjaikon tuz konlari korxonalari va boshqa Surxondaryo viloyatida 40 ga yaqin qoʻshma, 4000 dan ziyod kichik va xususiy korxona ishlab turibdi. Jumladan, Afgʻoniston bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalq isteʼmoli mollari ishlab chikariladigan "Namaf" va "Afroʻz", "Surxonteks" va boshqa qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Hindiston — Termiz "Farmed" qoʻshma korxonasida mahalliy giyohlar asosida doridarmon, Turkiya— Termiz "Poʻlat" qoʻshma korxonasida milliy gilamlar, paloslar tayyorlanadi. Tumanlarda qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari qayta ishlanadigan kichik korxonalar, sexlar tashkil etilmoqda.
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, pillachilik, limonchilik. Togʻ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bugʻdoy va arpa) bilan shugʻullaniladi. Oʻzbekistonda eng koʻp ingichka tolali paxta Surxondaryo viloyatida tayyorlanadi. Viloyatning togʻoldi tumanlarida bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, qoʻy (qorakoʻl va hisor qoʻylari), echki, yilqi, parranda, quyon boqiladi. Jahon moʻyna va teri auksionlarida juda qadrlanadigan "Surxon suri" qorakoʻl terisi yetishtiriladi.
Dehqonchilikda foydalanadigan yerlar maydoni 284,3 ming ga, shundan sugʻoriladigan yerlar 271,6 ming ga, shu jumladan, 120,8 ming ga yerga paxta, 129,7 ming ga yerga don ekinlari, 9,1 ming ga yerga sabzavot, 1,8 ming ga yerga poliz, 5,5 ming ga yerga kartoshka, 16,2 ming ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. 33,5 ming ga yer koʻp yillik daraxtzorlar, 12,7 ming ga yer mevazor, 5,2 ming ga yer tutzor, 15,1 ming ga yer tokzorlar bilan band. 854,2 ming ga yerni yaylovlar egallagan. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida kollektordrenaj tarmoklari qurilgan. Viloyatda 151 shirkat, 4715 fermer xoʻjaliklari bor. Viloyat jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 487,2 ming qoramol (shu jumladan, 227,7 ming sigir), 1042,0 ming qoʻy va echki, 1052,5 ming parranda, 12,2 ming ot boqiladi (2004).
Viloyatda temir yo'l transportining salmogi katta. Surxondaryoda dastlabki temir yo' 1915-yilda (Kogon— Termiz) qurilgan. Bu viloyatni boshqa regionlar bilan bogʻlaydigan dastlabki muhim yoʻl boʻldi. 1925-yilda 248 km li Termiz—Dushanba temir yo'lni qurishga kirishildi. Bu yoʻlning qurilishi Termizni Oʻrta Osiyoning yirik shaharlari — Toshkent va Dushanba bilan bogʻladi. 1971-yilga kelib Surxondaryo viloyatini Tojikistonning jan. tumanlari bilan bogʻlovchi Termiz—Qoʻrgʻontepa — Yavan temir yo'ini qurishga kirishildi. Gʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻlning qurilishi yakunlanmoqsa. Amudaryo ustidan Hayraton temir yo' koʻprigi qurilgan. Viloyat hududidan Moskva — Dushanba, Ashxobod — Dushanba temir yo'llari oʻtgan. Termiz — Toshkent, Termiz — AmuZang, Termiz — Sariosiyo, Termiz — Boldir yoʻnalishlarida poyezdlar kdtnaydi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki bu keltirib o’tilgan barcha raqamlar kun sayin o’zgarib bormoqda. Kam hollarda aksariyati kamaymoqda. Asosiy raqamlar faol ravishda o’sishda davom etmoqda. Bu esa aholi sonining o’sishi, turmush darajasining yuqorilashi, madaniy hayotning ustunlik qilib borayotganidan dalolat beradi. Ammo bunda bir muammo bor insonlar hayotidagi bunday o’zgarishlar atrof muhitga, tabiatga va sayyoraga salbiy ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |