Aim.uz
Chorvachilikda mollarini biriktirib qo`yish normalari
Chorvachilikda kuzatish obyekti tirik organizmlardir. Shuning uchun chorvadorlarga mollarni biriktirish normasi ularning fiziologik, biologik xususiyatlari va talabiga moslab tuziladi. Bunda quyidagilar e’tiborda tutiladi:
-
chorvachilik mahsulotining ayrim turlarini yetishtirish uchun uzoq vaqt talab qilinishi;
-
chorvachilikda kundalik ishlar bilan birga mavsumiy ishlar ham uchrashi;
-
mol boquvchi, sut sog`uvchiga chorva mollari uzoq vaqt biriktirib qo`yilishi;
-
mollarni chorvadorlarga biriktirib qo`yish normasi bir yoki ikki smenali ish kuniga mo`ljallangan bo`ladi.
Biriktirish normasiga quyidagi omillar ta’sir etadi:
-
chorva mollarining turi, yoshi , ishlab chiqarish yo`nalishi;
-
chorva mollarining mahsuldorlik darajasi;
-
qish va yoz mavsumlarida mollar parvarishi bilan bog`liq ishlarning har xil sharoitda bajarilishi;
-
ayrim mehnat jarayonlarini amalga oshirishda mexanizatsiya darajasi;
-
ferma binolarining hajmi, joylashuvi;
-
chorvachilikda mehnat taqsimoti darajasi;
-
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar.
U yoki bu chorva xodimiga chorva mollarini biriktirib qo`yish normasini belgilash uchun, besh bosh qoramol, o`n bosh qo`y, cho`chqa, yuz bosh parrandaga qarash jarayonidagi ishlarni bajarishga vaqt sarfi normativlari aniqlab olinadi. Masalan, sigirni bir marta sog`ish uchun vaqt normasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bunda:
Td – sog`in sigirni bir marta sog`ish uchun vaqt sarfi normativi (min);
tk – sog`ish apparatini elektr manbaiga qo`yish uchun vaqt sarfi normativi (min);
tmash – bevosita sog`ish uchun vaqt sarfi normativi (min);
tor – sog`ish apparatini ish holatidan chiqarish uchun vaqt sarfi normativi (min);
tt – sog`ib olingan sutni chelakdan betonga quyish uchun vaqt sarfi normativi (min);
n- sog`ish apparatlari soni;
1,05 – koeffitsiyent.
Vaqt sarfi normativi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bunda:
Txiz.q. – bir bosh molga xizmat qilish vaqti normativi (min);
T1, T2,Tn – molxonani, mollarni tozalash, oziqlantirish, sog`ish va boshqa mehnat jarayonlarini bajarish uchun vaqt sarfi normativi (min);
Chorva xodimlariga mollarni normasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bir smenalik ish kuni uchun:
Bunda:
Nxiz.q. – bir smenali ish kuni uchun chorvadorlariga biriktiriladigan chorva mollari soni (bosh);
Txiz.q. – bir bosh qoramol, 10 bosh qo`y, cho`chqa va 100 bosh parrandaga qarash uchun vaqt sarfi normativi (min).
Ikki smenali ish kuni uchun biriktirish normasi quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Qisqacha xulosalar
Ayrim mehnat jarayonlari mashina zimmasiga yuklanishi sababli ish unumi o`sib bormoqda, xususan, tuproqni shudgorlash, ekish, hosilni yig`ib-terib olish mashinalar yordamida bajarib kelinmoqda. Hozirgi vaqtda yangi, unumli traktorlardan foydalanish natijasida «Keys», «Magnum»ning mehnat unumdorligi o`sishi sezilmoqda. Mexanizatorlar mehnatini yanada to`g`ri tashkil etishda ular tomonidan bajariladigan ish turlarining ilmiy asoslangan normalari bo`lishi talab etiladi.
Qishloq xo`jaligida doimo muqobil harakatlanuvchi mashinalar bilan birga statsionar – bir yerda turib ishlaydigan mashinalardan ham keng foydalaniladi. Bunday mashinalar qatoriga don tozalash, donlarni saralash, dorilash, quritish, chorva mollari uchun dag`al xashaklarni qirqib beruvchi mashinalar, ildizmevalarni maydalab beruvchi mashinalar, ko`sak chuviydigan mashinalar, sut sog`ish va suv nasoslari kiradi.
Statsionar holatda ishlaydigan mashinalar uzlukli va uzluksiz ravishda ishlaydi. Ularning smena normasi hisoboti alohida hisob-kitob yordamida belgilanadi.
Fan-texnika jadal taraqqiy etgan sari qishloq xo`jaligida bajariladigan ishlar mexanizatsiya zimmasiga yuklanmoqda. Ammo sohada hanuzgacha qo`l yordamida bajariladigan ishlar salmog`i yuqori. Chunonchi, ko`pincha mexanizatsiya bilan amalga oshirilgan ishlarining qoldiq qismi qo`l yoramida bajariladi yoki ba’zi tadbirlar boshidan oxiriga qadar faqat qo`l yordamida ado etiladi.
Qishloq xo`jaligida transport yordamida boshqa xalq xo`jaligi tarmoqlari bilan aloqa uyushtiriladi. Ishning beto`xtovligi, ayniqsa, qishloq xo`jaligida yetishtiriladigan, tez buziladigan mahsulotlarni qayta ishlash korxonalariga etkazib berish transport ishlariga to`g`ridan-to`g`ri bog`liq. Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini tashish ishlarida energiya resurslarining 30-35 foizi sarf etilmoqda.
Chorvachilikda mehnat normalarini belgilashdan maqsad mollarning turi, jinsi, mahsuldorligiga ko`ra, chorvadorlarga biriktirish vazifasidan iborat.
U yoki bu chorva xodimiga chorva mollarini biriktirib qo`yish normasini belgilash uchun, besh bosh qoramol, o`n bosh qo`y, cho`chqa, yuz bosh parrandaga qarash jarayonidagi ishlarni bajarishga vaqt sarfi normativlari aniqlab olinadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
-
Mehnat normalarining roli nimadan iborat?
-
Normalash tamoyili nimalaridan iborat?
-
Mehnat normalarini joriy etish darajasi qanday aniqlanadi?
-
Mehnat jarayoni haqida tushuncha?
-
Mehnat jarayonlarini o`rganish usullari?
-
Normani joriy etishdan olingan samara qanday aniqlanadi?
-
Tashkiliy-texnologik kartalarni ishlab chiqish usuli qanday belgilanadi?
-
Normalashning xususiyati nimalardan iborat?
-
Traktorning tortish kuchi qanday aniqlanadi?
-
Smena-norma hisoboti qanday joriy etiladi?
-
Uzlukli va uzluksiz ravishda ishlaydigan mashinalar uchun norma hisoboti qanday joriy etiladi?
-
Qo`l va ot-ulov yordamida bajariladigan ishlar uchun normalash xususiyati nimadan iborat?
-
Qo`l va ot-ulov yordamida amalga oshiriladigan ishlarni normalashda vaqt sarflari-chi?
-
Transport ishlarini normalashda vaqt sarflari qanday belgilanadi?
-
Mehnat normasiga ta’sir etuvchi omillar?
-
Norma hisobining hisob-kitobi qanday joriy etiladi?
Adabiyotlar
-
Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. - T., 1998.
-
O`zbekiston Respublikasining «Bandlik to`g`risida»gi Qonuni. - T.: Adolat, 1993.
-
Samatov G`.A. va boshq. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish. -T.: O`zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2005.- 507 b.
-
Jo`rayev F. Qishloq xo`jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish. -T.: Istiqlol, 2004.
-
Hamdamov Q.S. Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish. -T.: O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jamg`armasi», 2004.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |