Kosmik suratga
olish
Kosmik suratga olish
-
Yer
, osmon jismlari va boshqa kosmik hodisalarni Yer
atmosferasi
tashkarisida turgan apparaturalar (
Yer sunʼiy yoʻldoshlari
,
kosmik kema
va boshqalar) yordamida
suratga olish; elektromagnit spektrining turli sohalaridagi tasvirni beradi. Yerni Kosmik suratga
olisho.ning masshtabi 1:1000000 - 1000000 boʻlib, bunda juda katta maydonning (bir necha oʻn
ming kv. km. dan tortib, deyarli Yerning yarim shari sirtigacha) bir butun harakterli tasvirini
suratga olish mumkin. Kosmik suratga olisho. usullari: aylanish davri qisqa boʻlgan kosmik
apparatlar yordamida 150–300 km balandlikdan, aylanish davri uzun boʻlgan kosmik apparatlar
yordamida 300–950 km balandlikdan suratga olish, radiotelevizion sistemalar asosida tasvirlarni
Yerga uzatish, 36 ming km balandlikdagi geostatsionar yoʻldoshlardan tasvirlar olish va Yerga
uzatish, Oy va sayyoralar sirtidan Yerni suratga olish va radiotelevizion yoʻl bilan axborotlarni
Yerga uzatish. Olingan fotosuratlar, Yer atmosferasi, litosferasi, gidrosferasi va biosferasining
regional, strukturali, global xususiyatlarini oʻrganishga imkon beradi. Shuningdek, Kosmik suratga
olish o. Yerning maʼlum regionini qisqa vaqt ichida qayta-qayta suratga olish mumkin. Bu esa
davriy (sutkali, fasliy va boshqalar) va epizodik (vulkan otilishi, oʻrmon yongʻinlari, suv toshqinlari
va boshqalar), xoʻjalik faoliyatlarining turli koʻrinishlari (hosilni yigʻish, sugʻorish, suv havzalarini
toʻldirish va boshqalar) kabi hodisalarning dinamik tuzilishini oʻrganish uchun sharoit yaratadi.
Kosmosdan suratga olish birinchi marta: raketa yordamida — 1946-yil da, Yer sunʼiy yoʻldoshlari
yordamida — 1960-yilda, kosmik kema yordamida — 1961-yilda boshlandi. Kosmik suratga olish
o. da oq-qora, rangli foto va televizion suratga olishdan tashqari, infraqizil, mikrotoʻlqinli,
spektrometrik va fotoelektron tasvirlarni olish ham amalga oshiriladi.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Kosmik
_suratga_olish&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 26 kun avval
Rtfroot
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Kosmik_suratga_olish&oldid=
2519967
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |