Tuproq sho’rlanishi nafaqat xosilni kamaytiradi, balki qishloq xo’jalik ekinlari maxsulotlari sifatini xam yomonlashtiradi. Tuproq sho’rlanishi ta’sirida beda pichani tarkibining sezilarli yomonlashganligi, sho’r sevuvchi va boshqa begona utlarning bedani ekilgan maydonlardan siqib chiqarishi aniqlangan. Sho’rlangan yerlarda shuningdek, kartoshka sifatini ko’pli yomonlashganligi, bug’doy va sholi donlari sifatini pasayganligi tajribalardan ma’lum. Sho’rlanishdan kuriladigan eng katta zarar - yer fondi sifatining yomonlashishi va tuproqlar unumdorligining yo’qolishi xisoblanadi. Na o’g’itlar, Na yuqori agrotexnika, Na yaxshilangan yangi navlar va texnika sho’rlangan tuproqlarning past unumdorligiga qarshi tura olmaydilar.

Sho’rlanish tabiiy va antropogen omillar natijasi bo’lishi mumkin. Tabiiy (birlamchi) sho’rlanishning asosiy sharoiti - bu joyning (xududning) kuchsiz zovurlashganligi va grunt suvlari satxining yer yuzasiga yaqin joylashganligi sharoitida bug’lanishning atmosfera yog’inlari ustidan sezirarli miqdorlardagi ortiqligidir. Tuz to’planish tuproq xosil qiluvchi jinslar yoki grunt suvlaridagi relikt tuz zaxiralari fonidagi arid iqlimli regionlarda yakkol namoyon bo’ladi. Tabiiy tuz to’planishining ikkinchi omili - tuzlarning shamol yordamida olib kelinishidir.