Omuxtalashtirilgan preparatlar
Geksatiuram. 50% TMTD va 30% geksaxlorbenzoldan tashkil topgan 80% namlanuvchi kukun, kumulyativ xususiyatga ega. Urug‘larni mashina bilan dorilashda qo‘llaniladi.
Tigam. 50% TMTD va 20% GXSG ning gamma-izomeridan tashkil topgan 70% namlanuvchi och rangli kukun. Urug‘larni quruq dorilash uchun ishlatiladi. O‘simliklarning yotib qolish kasalligi, urug‘larning mog‘orlashiga qarshi va qalamchalarni ekishdan oldin dorilashda (5 kg/ga) qo‘llaniladi.
Fentiuram. 40% TMTD, 10% mis trixlorfenolyat va 15% GXSG ning gamma-izomeridan tashkil topgan 65% li namlanuvchi to‘q qo‘ng‘ir rangli, keskin hidli kukun. Barcha omuxtalashtirilgan preparatlar inson va issiqqonli hayvonlar uchun o‘rtacha yoki kuchli zaharlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |