1. Bioresmetrin (izatrin) 20% k.e. sarg‘ish suyuqlik; kontakt- ichdan ta’sir etuvchi insektitsid (10 kungacha ta’sir etadi). 20% k.e. bit, odimlovchi (pedyanitsa) barg o‘rovchi, gallitsa, 0,05% li quvvatda bodring, pomidor -oqqanotga 0.5-2.5 l/ga, bitlarga 0.5-2.5 l/ga, salatga (ko‘katlar)- bitlarga -0.125-0.2 l/ga ochiq sharoitda 15 kun, yopiq -3 kun. 2 ishlov.
2. Permetrin (Ambush, korsar, anometrin-N, talkord) och moysimon suyuqlik, kuchsiz hidga ega. Kontakt-ichdan 15 kungacha ta’sir etadi, kemiruvchi, so‘ruvchi zararkunandalarga yuqori samarali. Asalarilar uchun xavfli, SD50= 4000 mg/kg tirik vazniga, 25% li k.e. (ambush, talkord) 50% k. e. (korsar, anometrin - N) g‘o‘zada - ko‘sak qurti, oqpashshaga 0.2kg/ga ta’sir etuvchi modda hisobida tavsiya etilgan uzumda- barg o‘rovchiga 0.2-0.3kg/ga; olmada-bit, olma qurti, kuya-0.25-0.5l/ga; gilosda- gilos pashshasi 0.1-0.15l/ga ; karamda- karam tunlami, oq kapalak, karam kuyasi-0.125l/ga; smorodina- bit, kuya-barg o‘rovchi-0.15-0.3l/ga; sholida- shilimshiq qurt, komarik 0.075-0.2l/ga; soya- urug‘xo‘r 0.2l/ga; bedada- uzunburun- 0.075-0.1l/ga; bodring, tomat- bitlarga 0.5-0.6l/ga. G‘o‘zada: oqpashsha 1.0-1.25l/ga; qirqib kemiruvchi tunlamlar- 0.6l/ga, qandala, bitlar- 0.4l/ga ; Kartoshka- kolarodo qo‘ng‘izi- 0.2l/ga; tamaki- ko‘sak qurtiga- 0.8l/ga; kungaboqar- parvonalarga - 0.25l/ga; Omborlarda 1.2 g/m2 normada ruxsat etilgan g‘o‘zada, uzumda 4-5 marta boshqa ekinlarda 1-3 marta, oxirgi ishlov 15-25 kun yopiq sharoitda 3 kun omborda 15 kun.
3. Deltametrindan Detsis 2,5% k.e. bir izomerli yagona piretroidli preparat oq kristal modda. Kontakt ichdan ta’sir etuvchi yuqori samarali insektitsid(15 kungacha ta’sir etadi) gektariga 5 g ta’sir etuvchi modda miqdorida ta’sir eta boshlaydi. SD_50= 128-138mg/kg, Detsis 2,5%li k.e.
1. G‘o‘zada tunlamlarga bitlar, qandala, oqpashshaga 0.4-1 l/ga(ikki ishlov)
2. Kartoshka kolarado qo‘ng‘izi- 0.3l/ga;
3. olma-kompleks hasharotlari - 0.5-1l/ga;
4. Uzum- barg o‘rovchilariga -0.4-1.2l/ga;
5. Lavlagi, kungaboqar- parvonalarga 0.25l/ga;
6. No‘xatga- bitlarga- 0.2l/ga;
7. Omborlar 0.2g/m_2 _.
Qolganlarida 2 ishlov 20 kun.
4. Sipermetrin (simbush, ripkord, sherpa, nurell) 8 izomeri ma’lum. Suyuqlik. Kontakt va ichdan ta’sir etuvchi insektitsid, tipik sintetik piretroid (10-15 kun)
SD50= 250-300 mg/kg
1. 10% k.e. (simbush)
2. 20% k.e. (nurell)
3. 25% k.e. (simbush, sherpa)
4. 40% k.e. (ripkord)
1. G‘o‘zada oqpashshaga, qandala, tunlamlarga jumladan g‘o‘za tunlamiga 0.05-0.08 l t.e.m./ga
2. olmada, olma qurti, bargo‘rovchi- 0.04-0.08 kg/ga
3. tokda barg o‘rovchi 0.06-0.09 kg/ga
4. karamda kemiruvchilarga 0.04 kg/ga
5. kartoshkada, kalorado qo‘ng‘izi- 0.04 kg/ga, bitga- 0.12kg/ga
6. bodring, pomidor oqpashsha 0.3-0.4kg/ga
7. omborlar RIPKORD bilan 0.5g/m2 oxirgi ishlov. 20 kun. uzumda 25, yopiq sharoitda 3kun. 2-4marta ishlov berish tavsiya etilgan.
5. Sumitsidin(fenvalerat) 20% k.e. 4 izomeri mavjud och suyuqlik, kuchsiz hidli.(15 kun ta’sir etadi)
Кемирувчи ҳашаротларга юқори самарадорли. Ариларга заҳарли! СД50 = 451 мг/кг т.в
1. G‘o‘zada- kuzgi tunlam 0.6 l/ga (2 marta)
2. bedada (furaj uchun) uzunburun, qandala, tunlam 0.5 l/ga
3. Kartoshka, karam kompleks hasharotlariga-0.3 l/ga
4. Olma-olma qurti 0.3-1 l/ga
5. Bodring-bit 1-2.5 l/ga,
Qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklariga qarshi kurash usullari
O‘simliklarda uchraydigan barcha kasalliklar ularning faqat o‘sishlariga salbiy ta’sir qilmasdan, ularning hosildorligini, mahsuldorligini va hosil sifatini pasaytiradi. Shuning uchun o‘simliklarni kasalliklardan himoya qilish to‘g‘ri va aniq tuzilgan rejalar asosida amalga oshirilishi katta ahamiyatga egadir.
Bu muammolarni ijobiy hal qilish uchun profilaktik chora-tadbirlardan oqilona foydalanish yoki kasallik qo‘zg‘atuvchilarni butunlay yo‘q qilish usullarini ishlab chiqish zarur bo‘ladi.
Profilaktik va himoya qilish deganda biz o‘tkazilgan tadbir-choralar natijasida o‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchilarning o‘sish va rivojlanishlari uchun noqulay sharoit tug‘diruvchi tadbirlarni tushinishimiz kerak.
Xo‘jaliklarida o‘tkaziladigan tadbirlarga quyidagilar kiradi: chidamli o‘simlik turlarini va navlarini tanlash, o‘simliklarni o‘stirish uchun munosib agrotexnik uslublarini ishlab chiqish, ko‘chatzorlarga ekiladigan urug‘larga kimyoviy moddalar bilan ishlov berish yoki butun dalalarga ishlov berish.
Kasalliklarni qiruvchi chora-tadbirlarga patogenni bartaraf qilish yoki uning o‘simlikka yetkazadigan salbiy ta’sirlarini kamaytirish, uning o‘sish va rivojlanish qobiliyatini pasaytirish va o‘simliklarni davolash kiradi. Bunga uyg‘unlashgan tadbirlar yoki kimyoviy kurash choralarini qo‘llash orqali erishiladi.
Keyingi yillarda oldini oluvchi choralarning yaxshi natijalar berishi va iqtisodiy jihatdan arzonligi ko‘pgina tajribalar bilan isbotlangan. Zero, kasallangan o‘simlikni davolashga nisbatan, uning oldini olish yengilroq kechadi. Shuning uchun ko‘pgina mamlakatlarda o‘simliklarni himoya qilish uchun har xil usullar ishlab chiqilgan va ular muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda.
Ma’lumki, profilaktik va patogenni bartaraf qilish choralari doimo bir-birini to‘ldirib keladi. Ularning o‘simliklarga ta’sirchanligini va texnik qo‘llash usullarini nazarda tutib ularni bir nechta guruhlarga bo‘lish mumkin: 1) seleksiya va urug‘chilik; 2) agrotexnik yoki agrotexnologik; 3) fizik-mexanik; 4) biologik; 5) kimyoviy; 6) o‘simliklar karantini.
Do'stlaringiz bilan baham: |