Reja: Sintetik piretroidlarga kiruvchi pestitsidlarning qisqacha izohi va tasnifi. Piretroid insektitsidlar qo‘llanilishi, normalari. Toksikologik- gigiyenik talablar. Ta’rif



Download 189,5 Kb.
bet8/30
Sana31.12.2021
Hajmi189,5 Kb.
#256541
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
qishloq xo`jaligi

2.4. Biologik tadbirlar

Biologik himoya tadbirlari bevosita antagonist mikroorganizmlar yoki ularning rivojlanishi natijasida kasallikni keltirib chiqaruvchi patogenlarini yo‘qotish yoki ularning rivojlanishini pasaytirish uchun qo‘llaniladi.

Keyingi vaqtlarda bu tadbirni qo‘llashga katta e’tibor berilayapti, chunki qishloq xo‘jaligida qo‘llanib kelinayotgan kimyoviy birikmalar insonlar salomatligi yoki tabiatga va unda kechadigan asosiy hodisalarga muayyan darajada salbiy ta’sir qo‘rsatmoqda.

Tabiiy sharoitda bir qancha mikroorganizmlarning (zamburug‘, bakteriya va viruslar) boshqa o‘simlik patogen organizmlar hisobiga yashash qobiliyatiga ega ekanliklari aniqlangan. O‘sish va rivojlanish qonuniyatlariga asosan ularni amaliyotda qo‘llash usullarini ishlab chiqish biologik himoya hilish tadbirlari oldida turgan asosiy vazifadir.

Gumusli tuproqda yashovchi ko‘p tarqalgan trixoderma turlari – Trichoderma lignorum, Тr. viride fungitsidlik xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun u vilt mitseliylarining o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. T. lignorum turidan trixodermin biopreparati olingan bo‘lib, u ildiz chirish va vilt kasalliklariga qarshi ishlatiladi.

Yuksak o‘simliklarning parazitlariga qarshi Qirg‘iziston Fanlar Akademiyasi botanika instituti ishlab chiqqan biologik usul yaxshi natija bergan. Unda Alternaria cyscutacidae Nees. sporali suspenziyasi qo‘llanilgan.

Zamburug‘ va aktimonomitsetlardan olingan antibiotiklar ham kasallik qo‘zg‘atuvchi patogenlarga qarshi yaxshi natija beradi. Ular inson, hayvon va o‘simliklar uchun havfsiz bo‘lib, kam miqdorda ishlatilishi bilan boshqa kimyoviy preparatlardan farq qiladi.

Antibiotiklar o‘simliklarning bargi, tanasi va ildizi orqali o‘simliklarga kiradi. Amalda keyingi vaqtlarda keng qo‘llanilib kelinayotgan antibiotiklarga Penicillum articae, P.nigricans dan olingan grizeofulvinni misol qilish mumkin. Mazkur preparat o‘simliklarning ildizi orqali o‘tib, uning tanasida 3 haftagacha saqlanadi. U asosan Botrytis, Alternaria turlariga qarshi yaxshi ta’sir qiladi. Trichotecium roseum Lk. turidan olingan trixotetsin esa vertitsillez so‘lish kasalligiga qarshi yaxshi natija beradi.

Biologik tadbirlar sifatida fitonsidlarni qo‘llash ham yaxshi natija beradi. Oq qarag‘ay, shumurt (cheremuxa), evkalipt va piyozdan olingan fitonsidlar bir necha daqiqada fitoftora zamburug‘ining mitseliylarini o‘ldiradi. Sarimsoq va piyoz fitonsidi Serpula lacrymans, Coniophora cerabella zamburug‘larining o‘sishini to‘xtatadi.

A.M.Grodzinskiyning (1983) ta’kidlashicha, yuksak o‘simliklar ham bir-biriga salbiy va ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu hodisa allelopatiya deb ataladi. Masalan, yong‘oq daraxti o‘zidan yuglan moddasini ishlab chiqaradi, u atrofidagi boshqa tur daraxtlarning yomon o‘sishiga olib keladi.

Ammo ta’kidlash kerakki, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan biologik tadbirlar amaliyotda keng qo‘llanilayotgani yo‘q. Ularning inson, hayvon va o‘simliklar uchun salbiy ta’sirga ega emasligini hisobga olib, bu sohani kuchaytirishga yana ham ko‘proq ahamiyat berish lozim. Binobarin, o‘simliklarda uchraydigan mikroorganizm turlarini aniqlash, o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini buzuvchi holatlarni o‘rganish va ularning faoliyatini ijobiy tomonga o‘zgartirish imkonini beradigan ilmiy asoslarini ishlab chiqish zarur.


Download 189,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish