Mavzu: Qadimgi tarix sivilizasiyasining boshlanishi eng qadimgi odam rivojining bosqichlari



Download 320,5 Kb.
bet9/15
Sana11.01.2017
Hajmi320,5 Kb.
#46
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
    Bu sahifa navigatsiya:
  • Mavzu
Savol va topshiriqlar:


  1. Qaysi daryolar oralig`ida Xitoyda ilk sivilizatsdiya vujudga kelgan?

  2. Xitoyni yagona davlatga birlashtirgan hukmdorni aniqlang?

  3. Xitoyliklarning ixtiro va kashfiyotlari aniqlang?


Mavzu: Antik tarix boshlanishi. Qadimgi Yunoniston ravnaqi.

Afinada demokratiya.


Reja:


  1. Qadimgi Yunoniston.

  2. Eng qadimgi shahar –davlatlar.

  3. Demokratiyaning shakllanishi.


Qadimgi Yunoniston –Bolqon yarimoroli va O`rtayerorollaridagi qadimgi yunon davaltlarining umumiy nomi. Qadimgi yunonlar bu mamlakatni Ellada o`zlarini esa ellinlar deb atashganlar.shimol tarafdan tashqari bu hududlarni qolgan uchu tomoni O`rtayer dengizi bilan qoplangan. Yunonistonning eng baland tog`i Olimpdir. O`rmonlar kam, tog`lar o`t –o`lanlar va butasimonlar bilan qoplangan. Ninabargli o`rmonlar mamlakatning shimlida Peloponesda joylashgan. Qadimgi Yunonistopnning tog`larida to`ng`iz, ayiq, bo`ri va hatto arslon yashar edi. Miloddan avvalgi II mingyillikda ilk shahar –davlatlar vujudga kela boshladi. Jumladan: Knoss, Mikena, Tirinf, Pilos. Mil. avv. II mingyillikda Krit orolida sivilizatsiya vujudga kela boshladi. Afsonaviy podsho Minos nomi bilan uni Minoy sivilizatsiyasi deyishgan. Mil. avv. 1450 –yillarda qit’ada Yunoniston hududidan Mikena qabilalari bostirib kiradi. Uning muqim aholisini Axeylar deyishgan. Shunday qilib ilk Minoy sivilizatsiyasi II mingyillikda Kritda vujudga kelgan. Mil. avv. IX –VII asrlarda dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topib, ilk manzilgohlar vujudga kela boshlagan. Bunday shaharlarni shahar –davlatlar deyishgan. Afina va Sparta eng yiriklari bo`lgan. “Polis” deb atalgan barcha shahar –davlatlar o`z armiyasiga ega bo`lgan (yunoncha “polis” so`zi “shaxar” ma’nosini bildirgan). Armiyaning asosini og`ir qurollangan askarlar –goplitlar tashkil etgan. Ular to`rtburchak shaklda safga turishgan. Jangavor safga shu tarzda tizilish falanga deb atalgan. O`rta Yunonistonning janubi sharqiy qismida tog`lik attika viloyati joylashgan yarimorol mavjud edi. Mil. avv. II mingyilikda Attikaning g`rbiy qismida yunonlar “Akropol” ya’ni, “Yuqori shahar” deb atalgan qal’a qurilgan. Attikaning ahlosi uchta katta guruhga bo`linganlar: qullar, ajnabiylar (meteklar), fuqarolar. Otasi va onasi ozod farzandgina Afina fuqarosi bo`la olardi. Afinaga kumush konlari va tuz konlarida qullar ishlab katta foyda keltirar edi. Shuningdek, Afina dengiz floti Ittifoqi mustahkamlanishi bilan dengiz savdosini ham rvojlantirib oldi. Afinaning asosiy portiga aylangan Pirey bandargohidan mamlakatga minglab qullar olib kelinardi. Mamlakat fuqarolarining bolalari maktablarga borishardi, ularning ota –onalari bolalari uchun pedagoga pul to`lashardi (yunoncha “pedagog” so`zining ma’nosi “bolani yo`lda kuzatib boruvchi”). Pu;ldor ota –onalarning farzandlari esa palestrlarda tahsilni bavom ettirardi. Palestrlarda adabiyot, Sher yozish va musiqa san’ati o`rgatilardi. O`g`il bolalar 14 yoshdan gimnastika bilan shug`ullanardi. Ularga kurash, nayza, disk uloqtirish uzunlikka sakrash o`rgatilardi. Shuningdek, palestrlarning birida Mironning “Diksobol” (disk irg`ituvchi) va Polikletning “Nayzabardor” degan haykallari turgan. Ta’lim olish muddati 3 -4 yil davom etgan. Miloddan avvalgi XII asrda Janubiy Yunoniston (Lakonika) hududida ko`chmanchi doriylar qabilasi bostirib kirgan. Ularning mahalliy qabilalarini bo`ysindirib, Sparta davlatiga asos soldilar. Mil. avv. VIII asrda ular Meseniyani ham bo`ysindiradilar. Sparta eng yirik davlatlardan biriga aylandi. Ilotlar qo`ldan ketgan ozodlik va yerlar uchun kurashni hech mahal to`htatmadi. Miloddan avvalgi VIII –VII asrlarda qullar soni uncha ko`p bo`lmagan. Afinadan farqli o`laroq, Spartada qulga aylantirilgan aholi ko`pchilikni tashkil etar, ular ham Spartaliklardan qattiq nafratlanar edi. Sparta urushga tayyorgarlik ko`rayotgan bir shaharga o`xshar edi. Ko`chalarda safda yurib kelayotgan Spartaliklarni ko`rish va harbiy qo`shiqlarni eshitish mumkin edi. Ajnabiylar Spartaga kiritilmagan. Spartaliklar faqat jangchi edilar. Ular hech qachon qurodan yiroqlashmagan. Ilotlardan tashqari, Spartada to`la to`kis huquqlarga ega bo`lganmagan fuqorolar –peliyeklar yashash edi. Ular shaxsan ozod kishilar bo`lsa –da, xalq kengashida ishtirok eta olmas edi, armiyada xizmat qila olmasdilar. Ajnabiylar Spartaga kiritilmaganlarining sababi, savdo –sotiq bilan shug`ullanga Periyeklargina ular bilan muloqotda bo`lardilar. Shahar ma’murlari ko`chib ketayotlganlarga yordan berdilar. Ular yo`lga jo`nab ketayotganlarida dudlama baliq, un, zaytun yog`i, mehnat qurollari va zahira yelkanlar berishdi. Yunonistondan ko`chib kelganlar Sitsiya oroli sohili va Apennin yarim oroli janubiga o`rnashdilar. Deyarli barcha koloniyalar mustaqil quldorlik davlati bo`lgan. Ularning aholisi yunoniston shaharlari –Polislari bilan doimiy alqada bo`lgan. Yunonlar o`zini yagona xalq –ellinlar deb his etishgan. O`z vatanini esa yagona Ellada deya atashar edi. Yunonlar o`zlarini “varvarlar” ga qarshi qo`yishardi. Ommaviy ko`chib joylashish va koloniya tashkil etish mil. avv. VII asrdan to VI asrgacha davom etdi. Bu davr tarixda buyuk yunon koloniyalashtirilishi nomini oldi. Qora dengiz sohillarida Olviya, Xersones, Pantikapey, Tanais, Fasis, Trapezund va boshqa yirik koloniyalar vujudga keldi. Yangi mamlakatlar bilan tanishuv yunon madaniyatini boyitdi. Masalan: mil. avv. VIII asrda Yunonistonda Finikiya alifbosiga asoslangan yangi yozuv vujudga keldi. Alifbo 24 ta harfdan iborat bo`lgan ular orasida unli arflar paydo bo`ldi. Elladaga galla, metallar, qurollar keltirilar edi. Koloniyalarga esa sotish uchun vino, zaytun moyi, kulolchilik buyumlari, temirchilar va zargarlar yasagan buyumlarni keltirar edilar. Mil. avv. VIII –VI asrlarda Yunonistonda kichik –kichik quldorlik davlatlari vujudga kela boshlaldi. Ular qariyb yuzta bo`lgan. Ular orasida eng kattasi esa poytaxti Afina shahri bo`lgan Afina davlati Afina shaxrida markaziy maydon bo`lib, uning tevaragini turli –tuman imoratlar qurshab turar edi. Maydon esa agora deb yuritilgan. Shahar aholisining ko`pchiligini hunarmandlar va savdogarlar tashkil etardi. Fuqarolar bu joyda yig`ilishib yuzaga kelgan muammolar va yangi qonunlarni muhokama qilish uchun har oyda to`rt marta Akropolga yig`ilardilar. Barcha qarorlar ovoz berish yo`li bilan hal qilinardi. Boshqaruvning bu shakli demokratiya debyuritiladi. Ya’ni bu atama “xalq hokimiyati” degan ma’noni anglatadi ( “demos” –xalq + “kratos” –hokimiyat ). Yunonistonning boshqa shaharlaridagi singari Afinada ham aholining bir qismi zodagonlar (aristokratiya) mol –milk va boylikning deyarli hammasiga egalik qilardi. Boshqa bir qismi “xalq” ular foydasiga ishlashga majbur. Ular o`rtasida doimiy kurash bo`lib kelgan. Adolat qaror topishini hohlagan har ikkala taraf Drakont degan hukmdorga murojat qiladi. Mil. avv. 621 –yilda Drakont xalq boshqaruvini bekor qilgan qonunlar chiqaradi. Bu qonunlar shu qadar qattiq va ayovsiz ediki, afinaliklar ularga “siyoh qolib qon bilan yozilgan” deya ta’rif berishgan. Bu hol aholining boylar uyyiga bostirib kirishigacha boradi. Solon degan tajribali va aql farosatli zodagon ularga yon berishning qattiq tarafdori edi. Solon aslzodalarga yuzlanib: “Yunonistonning ko`pgina shaharlarida bo`ldim, xalq zodagonlarga qarshi chiqayotganini o`z ko`zim bilan ko`rdim. Kambag`allarga qullar kelib qo`shilmasdan turib, xalq talablarini bir qismini bajarish kera”. Solonga aslzodalar ishonisdi va uni hukmdor etib saylashdi. Mil. avv. 594 –yilda Solon davlatni idora qilishning oldingi tizimini o`zgartirdi. Avvalgi aristokratiya (eng yaxshi odamlar hokimiyati)ni Solon demokratiyaga almashtirdi.Solon islohatlarining barchasi dehqonlar qarzlari va qarzdorlikdan qullikni bekor qilish hamda davlat boshqaruvi islohotidan iborat bo`lgan. Solon islohotidan keyin Attika aholisi fuqorolar va qullarga ajraldi.erkak jinsiga mansub barcha fuqarolar 20 yoshdan boshlab Xalq majlisida ishtirok eta boshladilar. Afinada mansabdor shaxslar Xalq tomonidan ma’lum muddatga saylanar edi. Ular har majlisda hisobot berar edilar. Har yili saylanadigan B3eshyuzlar kengashi kundalik joriy masalarni hal qilardi. Uning qarorlari xalq majlisida tasdiqlanardi. Beshyuzlar kengashiga strateg rahbarlik qilardi. Xalq sudi ham Afinada muhim davlat organi bo`lgan. 70 yoshga to`lgan fuqarolar uning faoliyatida ishtirok etardilar. Mill. avv. 443-429 –yillarda strateg lavozimiga saylangan Perikl hukmronligi davrida Afina eng qudratli davlat bo`ldi. Bu davr shuning uchun ham “Perikl davri” deyiladi. Perikl Xalq majlisidagi lavozimlarga ish haqi to`lashni joriy etdi. Endi kambag`al fuqarolar ham davlat ishlari bilan shug`ullana boshlaydigan bo`ldilar. Perikl hukmronligi davrida Afinada katta qurilish ishlari amalga oshirildi. Akropoldagi Parfenon –iloha Afina ibodatxonasi eng mashhur inshoat edi. Periklning hukmronlik davri badavlat shaharliklarga yoqmasdi.u zodagonlarning hammasini qaytarib turishga majbur bo`lar edi. Vaboga chalinib vafot etaganidan keyin u joriy etgan ko`pgina qonunlar bekor qilindi.

Download 320,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish