Mavzu: Qadimgi tarix sivilizasiyasining boshlanishi eng qadimgi odam rivojining bosqichlari



Download 320,5 Kb.
bet1/15
Sana11.01.2017
Hajmi320,5 Kb.
#46
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15


Mavzu:Qadimgi tarix sivilizasiyasining boshlanishi eng qadimgi odam rivojining bosqichlari

Reja:


  1. Qadimgi tarixni o’rganish

  2. Eng qadimgi tuzumni davrlashtirish

  3. Yer yuzidagi ilk odamlar va ularning mashg’ulotlari

  4. Diniy e’tiqodning vujudga kelishi

Ma’lumki insoniyat tarixi bir necha yuz ming yilliklardan iborat .Olimlar Yer yuzida qachonlardir ro’y bergan voqealarni qaytadan tiklash uchun ancha-muncha kuch-g’ayrat sarflashdi.Qadimgi tarixni o’rganish tarix fanini bilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tarix –asli arabcha so’zdan olingan bo’lib o’zbek tiliga tarjima etganda “o’tish voqealardan bayon”,”o’tmishdan hikoya”mazmunini ifoda etadi. Shu bilan birga yunonchadagiHistory so’zining o’;zbekchaga tarjimasi ham shu ma’noni beradi. Demak, tarix- o’tmishda bo’lib o’tgan voqea-hodisalarning qay tariqa nima sababdan bo’lganligini o’rgatuvchi fan sanaladi. Qadimgi tarix esa kishilik jamiyati tarixining katta qismini o’z ichiga iladi. Qadimgi tarixni o’rganish uchun epigrafika,numuzmatika, arxeologiya,antropologiya,etnofragika,lingvistika,geneologiya,arxezoologiya,arxebotanika,geraldika va boshqa yordamchi tarix faning hissalari mavjuddir. Arxeologiya- yunoncha so’zdan olingan bo’lib o’zbektiliga tarjima etganda”arxe”-“qadim”,”logos”-“fan”degan mazmunni ifoda etadi. Antropologiya- yunoncha so’zdan olingan bo’lib o’zbek tiliga tarjima etganda”antrop”-“odam”,”logos”-“fan”degan mazmunni ifoda etadi. Numuzmatika- yunoncha so’zdan olingan bo’lib o’zbektiliga tarjima etganda”numuzus”-“tanga”,lar haqidagi fan degani. Etnografiya- yunoncha so’zdan olingan bo’lib o’zbektiliga tarjima etganda”etnos”-“xalq”,”grafo”-“yozaman”, ya’ni xalq haqida yozaman degan mazmunni ifoda etadi. Lingvistika- yunoncha so’zdan olingan bo’lib o’zbektiliga tarjima etganda”lingo”-“til”,”logos”-“fan” tillar haqidagi fan degan mazmunni ifoda etadi.

Sivilizasiya esa lotincha so’zdan olingan bo’lib,”sivilus”-“ fuqorolikka oid ”deganidir.Insoniyat o’ta oddiy mehnat qurollaridan toki hunarmandchilik durdonasini yasash , jo’ngina turar joy qurib olishdanto shaharlarni bunyod etishgacha bo’lgan uzoq yo’lni bosin o’tdi. Eng qadimgi shaharlar va davlat tashkil opish davrini olimlar sivilizasiya deb ataydilar.

Jahondagi hamma xalqlar ibtidoiy jamoa tuzumini boshdan kechirgan . Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich kishilarning ibtidoiy to’daga birlashuvi bo’lib,ushbu to’da insonlarning katta jamoasini birlashtirgan edi. Ibtidoiy to’da-turmush va mehnat umumiyliginegizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasidir.Eng qadimgi to’da asta-sekin bo’linib ketdi, qarindoshlarning alohida uyushmasiga – urug’ jamoasiga aylandi. Urug’- birgalikda yashagan va mehnat qilgan umumiy mehnat qurollari va qurol-yarog’larga ega bo’lganqarindoshlar jamoasidir. Eng qadimgi urug’chilik tuzumi esa – insoniyat tarixining barcha mehnat qurollari ,hamma baravar ishlagan bir davridir. Eng qadimgi tuzumni mehnat qurollarining yasalishiga qarab xronolog olimlar quyidagicha davrlashtiradilar. Jumladan,

Paleolit-“paleo”-“qadimgi”, “litos”-“tosh” uning xronologik chegarasi 3-1 mlnchi yillarni o’z ichiga oladi.

Mezolit-“mezos”-“o’rta”, “litos”-“tosh” uning xronologik chegarasi 12-7 ming yilliklarni o’z ichiga oladi.-

Neolit-“neo”-“yangi”, “litos”-“tosh” uning xronologik chegarasi 6-4 ming yiliklarni o’z ichiga oladi.

Eneolit-“eneus”-“mis”, “litos”-“tosh” uning xronologik chegarasi 4-3-ming yilliklarni o’z ichiga oladi.

Bronza- jez davri bo’lib xronologik chegarasi 3-1 ming yilliklarni o’z ichiga oladi.

Temir davri esa kishilik tarixida miloddan avvlagi 1 ming yillikladan milodiy 1 asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.

Yer yuzida odamning paydo bo’lishi va tarqalishi masalasi bugubgi kunda ham muammoli va munozarali masala hisoblanadi. Shunday bo’lsada antropolog va arxeolog olimlarning izlanishlari vatadqiqotlari sababli ayrim tarixiy taxmin hamda xulosalar , tasavvurlarga ega bo’lishimiz mumkin. Ammo shuni e’tibordan chiqarmaslik kerakki, yer yuzida inson oily ,yagona aql va zakovatga ega mavjudot sanaladi. Uning tadrijiy rivojini quyidagicha ko’rsatamiz

1848 yilli Ispaniyalik ishchilar Gibraltar qoyasida portlash ishlari vaqtida eng qadimgi odamning pastki jag’siz kalla suyagini topadilar. 1856 yil Germaniyaning Neandertal vodiysidagi Feldgofer g’orini tozalash vaqtida Gibraltar topilmasiga zamondosh odam bosh suyagining qoqqog’I, ayrim suyaklari topiladi.Miya suyagining xajmi 14003 sm ga yaqin bu topilma olamshumul ahamiyatga ega edi. Uning yashagan davrini olimlar 1003- 40 ming yillik deb belgilashdi va unga vodiy nomini bildirib turuvchi Neandertal odami deb atashdi.

1856yilda fransuz paleontology Larte Avstriyaning Yuqori Goranna degan joyidan yer tarxining meosin yotqiziqlaridan (12-5mln yil muqaddam)oily tipdagi odamsimon maymunning uchta tishui bilan pastki jag’ini topdi. Unga olimlar driopitik ya’ni “daraxtga yuruvchi maymun” degan nomni berishdi. Uning miya xajmi olimlar tomonidan 600-680 3 sm deb belgilandi. Driopitiklarning dunyo bo’yicha 10 dan ortiq turlari turli xil mamlakatlardan topilgan.

1868 yili Fransiyaning Dordono viloyatidagi Kramonyon g’oridan 5ta odam ko’milgan mozor ochiladi. Bundan 40-12 ming yillikda yashagan bo’yi 180 smli miya xajmi1590 3 sm bo’lgan qazilma odamning miya xajmi hozirgi zamonaviy odamnikiga juda ya’qin edi, shu sababli olimlar bu odmni “Aqlli odam ”deb eslashadi



1890 yili gollandiyalik shifokor olim Yevgeniy Dyuba Indoneziyaga qarashli Yava orolidagi Kedung- braus sohilidagi qatlamdan odamning pastkin jag’ini topdi. 1890-1891 yillarda Ye. Dyuba Trinil degan joydan qandaydir mavjudotning bosh, bolder suyaklari, ikkita jag’ tishini topgan .Unga grekcha pitekantrop ya’ni ikki oyoqda yuruvchi maymun degan nomni berishdi. Mojokertadan topilgan odamning bosh suyagi ,uning qopqog’i ,son jag’ suyaklari ,tishlari o’rganilganda u 1mln 500- 1mln 200 ming yillar oldin yashaganligi aniqlandi. Miya xajmi esa 900 3 sm edi. 1924 yili janubiy Afrikadagi Yer qarining pleosin yotqiziqlaridan yana bir suyak qoldiqlari topiladi. Olimlar uni Avstralapitek ya’ni” Janub maymuni” deb atashadilar Uning miya qopqog’ining xajmi 700 3 sm edi. 1929 yili Xitoy olimlari Blek va Pen Ven Chjun Pekindan 60 km janubi- g’arbda joylashgan Chjoukodyan qishlog’I yaqinidagi g’ordan odam qoldiqlarini topadi. 1963-64 yillarda xitoyliklar Pekindan 900km janubi-g’arbda joylashgan Lantyan degan makondan qazilma odamni topishadi. Olimlar bu ikkala qazilma odamlarga topilgan joy nomining sharafiga Sinantrop- ya’ni”Xitoy odami” deb nomlashdi. Sinantropning yashagan davri 600-500 ming yillik bo’lib bosh suyagining xajmi esa 1100-1200 3 sm edi. 1959 yil amerikalik olimlar Sharqiy Afrikaning Olduvoy darasidan Eng qadimgi ajdodlarimizning suyak qoldiqlarini topdilar. Zinj qishlog’idan topilganligi sababli kishilik tarixiga u Zinjantrop nomi ostida kirdi Uning yashagan davri 1,5 mln – 2mln yillar bilan belgilanmoqda Ushbu odamlar yer yuzidagi insoniyatning shajaraviy jixatdan ilk ajdodi sanaladi. Yer yuzidagi iqlim iliq bo’lgan kezlarda odamlar manzilgohlari kichkina daryolar yoki soylar yaqinidagi tepaliklarda joylashgan edi. Ilk paleolitning so’nggi davrlarida Buyuk muzlash boshlandi, bu hol odamning yangicha turmush sharoitiga moslashishiga taqozo etdi. Qadimgi odamlar dastlab o’zlashtirma xo’jalik asoisda kun kechirgan . Buni tabiatdagi born oz-ne’matlarni o’z holicha olib ,terib-termachlab, ov qilib iste’mol ehtiyojini qondirishi misolida ko’ramiz. Iqlim sharoitning taqozosi sababli O’zlashtirma xo’jalkdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tildi. Buning oqibatida oddiy, mo’rt va sodda mehnat qurollari takomillashuvi hamda ularning son va sifat jixatdan o’zgarishi kuzatildi Eng qadimgi mehnat qurollari tosh , suyakdan ishlandi va ularning eng qadimgisi fan tilida Chopper deb ataladi. Mehnat faoliyati, tevarak olam haqidagi to’plangan bilimlar asta-sekin insonning fikrlash qobiliyati va tafakkurini o’zgartirib yubordi. Odamlar o’zlariga tushunarsiz bo’lgan hodisalar haqida o’ylay boshladi: kun bilan tun , yil fasllarining almashinuvi , vulqonlar otilishi, yer qimirlashi va boshqa tabiat hodisalari odam fikrini o’ziga tortgan. Ana shu hodisalarni tushuntirib berish qo’lidan kelmagan inson momoaqaldiroq , yashin, shamol, yomg’ir kabi tabiat kuchlariga sig’ina boshladi. Bora- bora eng qadimgi odamlarda insin vafot etgandan keyin yashahsni davom ettiradigan o’zga bir olamga ketadi deganaqidaga ishonch paydo bo’ldi. Odamni o’rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga e’tiqod fanda animism nomini olgan .

Yil fasllarining almashinuvi , momaqaldiroq bo’ronni qadimgi odamlar ruh mujassamlashgan tabiat kuchlari harakati deb tushuntirganlar. Eng qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yohud balo- qazoni bartaraf etishiga ham e’tiqod qilganlar,bu e’tiqod fetishism nomini olgan so’nggi paleolitga oid bo’lgan qoya rasmlarining topilishi eng qadimgi odamlarda diniy e’tiqodlat bo’lgani to’g’risidagiisbotlardan biridir. Qoyatosh rasmlaridan eng qadimiylari Ispaniyadagi Altamir va Boshqirdistondagi Kapova g’orlaridan topilgan.Diniy e’tiqodlar kurtaklari va va marhumlar ko’milgan eng qadimgi qabrlar o’rta paleolit davrida vujudga kelgan.


Savol va topshiriqlar

1.Ilk paleolit odamining tashqi ko’rinishini tasvirlab bering?

2. Qadimgi odam tajrini ko’rsating

3.Diniy e’tiqod kurtaklari haqida gapiring.





Download 320,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish