Mavzu: Qadimgi Yunoniston madaniyati
Reja:
-
Fuqaro tarbiyasi.
-
Olimpiada o`yinlari.
-
Gomerning “Iliada”, “Odisseya” dostonlari
-
Yunonistonda teatr va haykaltaroshlik
Yunonistonda maktablar faol fuqarolar, davlat himoyachilarini tarbiyalashi lozim edi. Umumiy ta’limdan tashqari o`g`il bolalar harbiy ta’limni ham o`tashgan. Birinchi yili ular uylarida yashar va safda yurish, qurol taqib yurish, ochlik va sovuqqa chidamli bo`lishga o`rgatilar edi. Ikkinchi yili esa ayrimlari Attika chegara qal’alarida xarbiy xizmatni o`tardilar. Mamlakatni mudofaa etish zarurati bo`lganda 30 yoshga to`lmagan barcha erkaklar qurol –yarog`lari bilan ko`rikka kelishlari zarur bo`lgan.Olimpiya Peloponneyning shimoli-g'arbidagi Elida viloyatidagi qadimgi shaharlardan biri bo'lib, u yunonlar uchun muqaddas bo'lgan. Shaharda har 4 yilda bir marta yunonlarning turli o'yin- musobaqalari o'tkazilgan. Solnomachilarning bergan rna'lumotlariga ko'ra Olimpiya musobaqalari birinehi bor miloddan avvalgi 776- yilda boshlangan ekan. Shahar o'rtasida yunonlarning bosh xudosi Zevs ibodatxonasi bo'lib, uning o'rtasida taxlda o'tirgan Zevs haykali o'rnatilgan. Miloddan avvalgi 394 –yilda ustma –ust sodir bo`lgan zilzila oqibatida Olimpiya vayron bo`lib ketgani sababli qadimgi Olimpiada o`yinlari ham O`tkazilmasdan qoldi. Nihoyat, 1896 –yilda Olimpiada o`yinlari qayta tiklandi. Teatr bu yunoncha so'z bo'lib, ,,tornoshalar joyi" degan ma'noni bildiradi. Qadimgi yunon teatri ham san'atning bir turi bo'lib, u miloddan awalgi VII-VI asrlarda paydo bo'Igan. Yunonlar qadim zamondan boshlab, qishloq xo'jalik homiysi - xudo Dionis sharafiga bay-ratnlar o'tkazishgan. Dionis bayramlari, uzum va mevali daraxt-lar barg chiqargan bahorda - ko'klamgi Dionis va meva uzumlar pishgan kuzda - kuzgi Dionis bayramlari o'tkazilgan. Ana shu bayramlar vaqtida yosh- u qari tomosha joyi - teatrga to'planib, qo'shiqlar aytishgan va har turli o'yinlar ko'rsatishgan. Ular sevikli xudolari Dionis haqidagi afsonalarni ashula qilib aytishgan. Af-sonalar asosida kichik-kichik pyesalar yaratib, uni sahnada ijro etganlar, Aktyorlar va qiziqchilar odamlarni kuldiradigan gaplar va harakatlar qilib tomoshabinlarni xushnud qilganlar. Aktyorlar yolg'onchi. qo'rqoq, chaqimchi va xoin odamlar qiyofasiga kirib uiarni masxaralaganlar. Dastlab tomoshalar oddiy bir joyda ko'rsatilgan. Keyinchalik esa tomoshalar tepalik pastida, qal'a - akropol tepaligi pastida na-moyish etilgan. Tomoshabinlar esa tepalik yonbag'rida o'tirishgan. Miloddan awalgi V-IV asrlarda Afina va Yunon istonning boshqa shaharlarida hozirgi sirklarimizga o'xshash tepasi ochiq teatr binolari qurilgan. Teatr tepa yonbag'riga qurilib, unga tosh va taxtadan o'rindiqlar qo'yilgan. Pastda esa tomosha ko'rsatadigan sahna va doira shakldagi maydon bo'lgan. Sunday teatrlarga 20 - 25 ming tomoshabin sig'ib, tomoshalar ko'rganlar. Yunon teatri shu tariqa vujudga kelgan. Tragediya dramatik asarning bir turi hisoblanadi. Qadimgi yunon adiblari rivoyat va afsonalar asosida ajoyib tragcdiyalar yaratganlar. Tragediya deyil-ganda oxiri fojia, o'lim va qotillik bilan lugaydigan pycsa tushuniladi. Lekin yunonchada bu so'z ,,echkilar go'shig'i" degan ma'noni bildiradi. Miloddan avvalgi VI - IV asrlarda Yunonistonda Esxil, Sofokl, Evripid kabi mashhur adiblar yashaganlar. Ular turli mavzuda tragediya asarlari yaratishgan. Bu jihatdan Esxilning ,,Zanjirband Prometey", ,,Forslar", Sofoklning ,,Shoh Edip" va ,,Antigona" tragediyalari diqqatga sazovordir. Bu tragediyalar o'sha vaqtlarda yunon teatrlarida qo'yilib namoyish etilgan. Tragediyalarda qahramonlarning jasorali, azob-uqubatlari va fojiali olimlari bayon etiladi. O'sha vaqtda sahnalarda namoyish etilgan qadimgi yunon tragediya asarlari hozirda ham jahonning ko'p mamlakatlari, shuningdek O'zbekistonning teatr sahnalarida namoyish etilib kelinmoqda. Qadimgi yunon adiblari hazil, kulgi va mutoiba ruhida ham ko'p asarlar - pyesalar yaratganlar. Kulgi, hazil, masxaralash ruhida yozilgan pyesalar komcdiya deyilgan. Komediya yunoncha so'z bo'lib ,,xushchaqchaq dehqonlarning qo'shiqlari", degan ma'noni bildiradi.Qadimgi yunon komediyasining mashhur vakillaridan biri mi-loddan avvalgi 450-388-yillarda yashab ijod etgan afmalik Aris-tofandir. U ,,Tinchlik", ,,Ayotlar xalq yig'inida", ,,Suvoriylar" kabi o'nlab mashhur pyesalarning muallifidir. Aristofan kome-diyalarining birida Pcloponnes urushida azob chekkan qishloq aho-lisining mashaqqatli turmushini aks ettirgan. Uning komediyalarida o'sha zamon amaldorlari va xudolarining illatlari fosh etilgan. Aristofan odamlarga kulgu baxsh etish bilan birga, o'sha davr illatlari ustidan kulib, amaldorlarni qattiq hajv ostiga ham oladi. Tomoshalar ko'rsatiladigan kunlarda ularoziq-ovqatlarini olib, erlatongdateatrga kelishgan. Teatrga juda "ko'p odamlar to'planib, uni zavq-shavq bilan tomosha qilishgan. Tomoshabinlar qo'yilgan piessa va aktyorlarning ijrosi haqida o'z fikrlarini bildirishgan. Tomoshalar nihoyasiga yetgach, maxsus tuzilgan hay'at a'zolari odamlarning fikrini e'tiborga olib, komediya va tragediya mual-liflarini, shuningdek ijrochi aktyorlarni gulchambarlar va qim-matbaho sovg'alar bilan mukofotlanganlar. Yunonistonda mashhur pyesalarning mualliflari qayta-qayta izzat-hurmatga sazovor bo'lganlar. Xususan mashhur adiblar-Esxil, Sofokllarga Afina teatrlarida haykallar o'rnatishgan. Qadimgi Yunonistonda teatrni ,,tarbiya maktabi", deb bilganlar. Mashhur tragediya mualliflarini esa HDonishmandlik yo'l-boshchilari", deb ataganlar. Qadimgi yunon teatri jahon teatr san'atining rivojiga o'zining ulkan hissasini qo'shgan. Qadimgi yunonlarda me'morchilik, haykaltaroshlik va rassomchilikning kclib chiqishi Krit Mikena davriga borib taqaladi. San'atning bu turlari asta-sekin rivojlana borib miloddan avvalgi V asrda o'zining yuqori pog'onasiga ko'tariladi. Yunon me'morlari ibodalxona, teatr, saroy va jamoat binolarini qurishga alohida e'tibor berganlar. Ular yig'ilish va majlislar o'tkaziladigan ustunli peshayvonlar qurishga alohida e'tibor berganlar. Ustalar peshayvonlaming ustunlarini yo'g'on yog'ochdan yo'nib ishlaganlar. Keyinchalik esa yog'och ustunlar o'rniga marmar ustunlar ishlatilgan. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda ikki xil ustunlar ishlatilgan. Biri marmar polning o'zidan o'sib chiqqandek usti oddiy plita bilan jilolangan. Bunday salobatli ustunlar doriy uslubidagi ustunlar deb atalgan. Bunday ustunlarni kuchli erkak kishining yo'g'on gavdasi qiyofasida ishlaganlar. Ikkinchi xil ustunlar o'ta nozik, xushbichim bo'lib, ular ke-lishgan ayol qiyofasida ishlangan. Ustunning yuqori qismi esa qo'crvjorning gajak va qayrilma shoxlariga o'xshatilgan. Bu ustunlarga npfis naqshlar ham ishlangan. Bunday ustun ioniya uslubidagi usiunlar deyilgan. Yunonlar agora, gimnaziya, teatr, ibodatxona va boshqa binolar qurilishiga katta e'tibor berganlar. Ibodatxona ,,xudoning uyi" hisoblanib, u to'g'ri to'rtburchak shaklida qurilgan. Uning to'rt tomoniga ustunlar o'rnatilgan. Ibodatxona va jamoat binolarining tomi ikki tomonga nishab qilib ishlangan. Afmadagi Parfenon, Zevs, Afina ibodatxonalari, Afina akropoli va boshqalar jahon me'morchiligining nodir durdonalaridan hisoblanadi. Ibodatxonalarning ichi, tashqarisi xudolar, afsonaviy qahra-monlarning haykallari bilan bezatilgan.
Afina Yunonistondagi eng go'zal shaharlardan biri bo'lgan. Qadimgi yilnomalarda ,,Agar sen Afinani ko'rmagan bo'lsang to'nkasan! Ko'rgan bo'lsang~u, undan zavqlanmagan bo'lsang eshakmn! I!yerdan o'z ixtiyoring bilan ketgan bo'lsang tuyasanf", deb yozilgan ckan. Haykaltaroshlik ham qadimgi yunon san'atining bir turi hisoblanadi. Bu davrda haykaltaroshlik shu darajada rivoj topgan ekanki, qadimgi yunon tarixchisi Plutarx hazil tariqasida ,,Afmada odamlargaqaraganda haykallar ko'proq" debyozgan ekan. Ustalar asosan Zevs, And, Afina, Appalon, Dionis, Germes, Gefest kabi xudolar va ma'budlarning Gomer, Gerodot, Solon, Femistokl, PerikI, Demokrit, Suqrot, Sofokl, Esxil kabi tarixiy shaxslarning byust va haykallarini juda ustalik bilan ishlaganlar. Haykaltaroshlar kurash tushayotgan polvonlar, nayzabardorlar, disk uloqtirayotgan yigitlar, Gerakl va boshqa afsonaviy qahramonlarning haykallarini shunday mahorat bilan ishlaganlarki, uni ko'rib kishi hayratga tushadi. Marmardan yasalgan odam haykallari ba'zan kishi badani rangiga bo'yalgan. Ularga ba'zan rangli toshlardan ko'z ham o'r-natganlar. Haykallar ba'zan yalang'och, ba'zan kiyimda ishlangan. Kiyimsiz va yarim yalang'och haykallar orqali haykaltaroshlar odam tashqi qiyofasining go'zal-ligini ko'rsatmoqchi bo'lganlar. Miloddan avvalgi V asrda yashab ijod etgan Miron, Poliklet va Fidiy kabilar Yunonistonning eng mashhur haykaltaroshlari hisoblanadilar. Haykaltarosh Mi-ronning ,,Disk otayotgan yigit", „Afina bilan Marsiy", Polik-ietning ,,NayzabaNtpr", ,,Dio-dumen" kabi haykallari bugungi zamon kishisini ham hayratga soladi. Fidiy o'z zamonining mashhur me'mori va haykaltaroshi sifatida shuhrat qozongan. Uning Parfenondagi oltin, fil suyagi va yog'ochdan ishlangan 12,5 meirli ma'buda Afmaning tik turgan haykali juda mashhurdir. Fidiy yunonlarning bosh xudosi Zevs-ning Olimpiya shahridagi ibodatxonasi ichiga ishlagan haykali ham nihoyatdago'zaldir. Afmadagi Parfenon ibodatxonasiningtashqi va ichki tomonlari Fidiy ishlagan haykallar bilan bezatilgan. Praksitel ham mashhur haykaltarosh bo1-lib, uning Dionis bilan Germes-larning o'ynab turgan haykali maqtovga sazovordir. Xullas miloddan avvalgi V- IV asrlar yunon haykaltaroshligining gullagan davri hisoblanadi.Yunonistonda rassomchilik Krit-Miken davrida ancha rivojlangan edi. Qadimgi yunonlar har turli narsalar va hodisalardan zavqlanuvchi kishilar bo'lishgan. Yunon rassomlari ibodatxona, saroy, ma'muriy bino va uy devorlarini odam, sher, dcngiz hayvonlari, afsonaviy qahramonlar va turli mavzudagi rasmlar bilan bezaganlar. Yunon kulollari katta xumlar, ko'za va ko'zachalar ishlab, ularni yaltiroq qora va qizil bo'yoqlarga bo'yaganlar. Ko'zalarning sirti yunonlar hayotidan olingan turli rasmlar bilan bezatilgan. Chunonchi ko'zalarning birida yunon maktabidagi o'qish, boshqa birida musiqa darsi ifoda etilgan. Sir ko'za sirlida esa bir pahlavonning sher bilan, ikkinchi ko'zada esa ikki jangchining olishuvi tasvir etilgan. Ko'pchilik ko'zalar sirtida Olimpiyadagi musobaqalar -nayza otayotgan yosh yigit, kurashayotgan pahlavonlar, jang aravalari poygasi kabi manzaralar tasvir etilgan. Yunon rassomlari ko'zalar sirtiga Corner dostonlari qahra-monlari, Odisseya sheriklari, bulbuligo'yolar va boshqa ajoyib manzaralardan olingan rasmlarni chizganlar. Ayni paytda ko'zalarga afsonaviy va diniy mavzudagi manzaralar ham ishlangan. Miloddan avvalgi V-IV asr yunon rassomchiligi o'z taraqqiyotining yuqori bosqichiga ko'tarilgan davr hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |