Mavzu: Qadimgi tarix sivilizasiyasining boshlanishi eng qadimgi odam rivojining bosqichlari


Mavzu: Olimlar va mutafakkirlar. Qadimgi yunoniston asotirlari. Reja



Download 320,5 Kb.
bet12/15
Sana11.01.2017
Hajmi320,5 Kb.
#46
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Mavzu: Olimlar va mutafakkirlar. Qadimgi yunoniston asotirlari.
Reja:



  1. Qadimgi Yunonistonda fan

  2. Afinalik donishmandlar

  3. Falsafa va faylasuflar

Mashhur Yunon faylasufi Geraklit yer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan deya uqtirar edi. “Bir daryoga ikkinchi marta sho`g`iy olmaysan”, “hamma narsa oqadi hech narsa bir joyda turmaydi” degan mashhur hikmatlar unga mansubdir. Frakiyalik Demokrit degan faaylasuf Geraklit fikriga e’tiros bildirgan, bizni qurshab turgan hamma narsa mayda –mayda zarralardan –atomlardan tashkil topgan degan fikrni bildirgan. Yunon faylasufi Diogen insonlarda hech qanday ehtiyojlar bo`lmasligi shart degan fikni o`z ta’limotining asosi deb bilgan. Mil. avv. V asrda Gerodot “Tarix” deb nomlangan kitob yozgan. Misr, Mesopotamiya va shimoliy Qora dengizbo`yi koloniyalari bo`ylab sayohatini nihoyasiga yetkazganda Gerodotni hali Yunonistonda birov tanimas edi. O`z vatandoshlarini “Yunon –fors urushlari to`g`risidagi Tarix” asari bilan tanishtirgandan so`ng birdaniga mashhur kishiga aylandi. Qadimgi yunon olimi Aristotel to`plagan bilimlarini alohida tarmoqlarga ajratadi. Aristotelni sharqda “Arastu” deya aytish keyinchalik odatga aylangan. Rivoyatlarga ko`ra yunon fizigi Arximedko`zgular tizimidan foydalanib yorug`likni bitta nuqtaga jamlagan va yunonlar ustiga hujum qilib kelayotgan rimliklarning kemalarini yondirib yuborgani haqida hikoyalar mavjud. Shuningdek, Arximed richag qonunini ishkab chiqqan va mashhur bo`lib ketgan bir iborani aytadi: “Menga tayanch nuqtasini topib bering, yerni o`z o`qidan chiqarib yuboraman!” Rimliklar uning jonajon shahri Sirakuzani bosib olganida qumda chizmalar chizganicha matematikaga oid bir masalani yechishga urinib o`tirgan ekan. Afinalik mashhur faylasuf Sokrat (O`rta Osiyoda keyinchalik “Suqrot” tarzida eytilgan) o`zining dono hikmatlari tufayli shaharning eng aqlli kishisi deb e’lon qilngan. Bunga javoban Sokrat shunday debdi : “Maning donishmandligim shundaki, kamina faqat hech nimani bilmasligimni bilaman, xolos!” Sokrat hech mahal o`z asarlarini qog`ozga tushirmagan. Sokratning g`oyalari Atlantida degan xayoliy (idea) davlat to`g`risida ta’limot yaratgan Platon degan Tag`in bir yunon faylasufining muloqotlari orqali bizgacha yetib kelgan. Platonni endilikda “Aflotun” sifatida ham bilamiz. Sokratning bizgacha mashhur bir hikmati ham yetib kelgan: “Xudo bizning o`zimizdadir!” Delfiya ibodatxonasidagi bitik uning sevimli hikmati ekan : “O`z –o`zingni anglagin va bilgin!” Sokrat yaxshilik va yomonlik nima degan masalaga javob berishga harakat qilgan. Yomon, aldoqchi va shafqatsiz bo`lishga qaraganda yaxshi, halol, rahmdil bo`lish ancha yaxshiroq, deb uqtirgan faylasuf.



Qadimgi yunonistoning asotirlari –xudolar va bohodirlar haqidagi rivoyatlaridir. Har xil titanlar (xudolardan tug`ilgan pahlavonlar), yovuz maxluqotlar, sirenala (yarim qush, yarim ayollar), kentavrlar (yarim odam, yarim ot qiyofasidagilar), sikloplar –peshonasida biita dumaloq ko`zi bo`lgan afsonaviy mavjudodlardir. Asotir (yunon tilida “mif”) mamlakat tarixidagi qadimgi davr haqida ko`p narsalarni bilishga imkon beradi. Olam va xudolarning kelib chiqishi haqidagi asotir ham maroqli. Yer, osmonni –Geya va Uran bunyod etgan. Asotirlarda aytilishicha azalda yer hamma tomondan dengizlar bilan o`ralganligi, dastlab ularning hukmdori okean degan titan bo`lgan. Ulkan osmon gumbazi yerning bir chekkasida turguvchi Atlas degan titan yelkalariga suyanib turrakan. Yunonlarning rivoyatlari Gerakl, Axill, Tesey va Ayaks singari bahodir qahramonlar jasorati haqida naql qilingan. Qadimgi yunonlarning uch xudosi olamga hukmronlik qilar edi: Zevs osmonda, Poseydon dengizda, Aid marhumlar saltanatida oliy hukmkdor edi. Yunonlarning e’tiqodicha Makedoniya va Fessaliya chegarasidagi bir tog`da, Yunonistonning viloyatlaridan birida Elidada, Olimp tog`ida yashgan. Qadimgi yunonlarning xudolari va ilohlari ham odamlarga ancha o`xshaydigan bo`lgan. Olimp tog`i xudolarini timsolini tasvirlar ekan, yunonlar xudolarni qizg`anchiq va shafqatsiz, kunini bazmijamshid va ermakbozlikda o`tkazadi, bir –biri bilan tortishadi, deb hisoblaganlar. Yunonlar xudolarning hohish irodasi qarshi borganlarni qattiq jazolaydi deb bilganlar. Shuningdek xudolardan, Applon –Zevsning o`g`li, yurug`lik, musiqa, she’riyat xudosi, Afina –Zevsning qizi, jangari ayol, donishmandlik ilohasi, Gelios –quyosh xudosi va Demitra –dehqonchilik va hosildorlik ilohasi kabi xudolari bo`lgan, yunonlar ularga qattiq e’tiqod qilganlar.



Download 320,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish