Reja: Psixologiyada shaxs va jamiyat. Shaxs taraqqiyotining davrlarga bo’linishi


Shaxs - jamiyatdagi alohida kishi, odam



Download 3,48 Mb.
bet3/14
Sana09.07.2022
Hajmi3,48 Mb.
#761333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
mavzu шахс ва жамият муаммоси

Shaxs - jamiyatdagi alohida kishi, odam. Har bir shaxsning voqelikni idrok etishi, uni qabul qilishi, ma’lum bilimlar tizimiga ega bo’lishi ijtimoiy taraqqiyot bilan izohlanadi. Shu bilan birga har kishining bilimi, xulqi, odobi va boshqa xususiyat–fazilatlari uning o’ziga xos tomonlarini ko’rsatadi.
Jamiyat insoniyat tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida shakllanadigan ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Shaxs–jamiyatning bir a’zosi. U jamiyatdan tashqarida bo’lishi mumkin emas. Buning sababalari:

  • shaxs axloqi hamisha jamiyat axloqiga bo’ysunadi, shunga majbur;

  • kishi ko’pgina narsalarsiz ham yashay oladi, lekin tanholikda yashay olmaydi, baxtni ham odamlar orasidan topadi, shaxs baxt-saodati jamiyatdan tashqari bo’lmaydi;

  • kishi jamiyat irodasidan dalda oladi;

  • jamiyat shaxs kamoloti ustida g’amho’rlik qilib shart-sharoit ta’minlaydi, kishi faqat tug’ma sifatlar bilangina emas, balki mazkur jamiyatga xos xislatlarni ham o’zlashtiradi.

Shaxs - jamiyat o’zaro munosabatlar jarayonida odamlarning jamiyatda birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarni o’rganish psixologiyada muhim vazifa hisoblanadi. Har bir shaxs jamiyatda yashar ekan, o’zining yaxshi his etishi, himoyalanishi va yashab qolishi uchun ma’lum chegaralarni o’ziga qo’yadi. Shu territoriyani – maydonni ichida har bir odamning o’z shaxsiy maydoni mavjudki, bu maydonga o’zga kishilarning kirib kelishi shaxs uchun noqulayliklarni yuzaga keltiradi. Odamlarning maydonlari, maydonlari o’lchami bir xil emas, bu odamning yoshi, ijtimoiy mavqei va boshqa jihatlarga bog’liq. Shaxslararo masofa millat va elatlarning yozilmagan qonuniyatlariga bo’ysunadi. Agar jamiyat adolatli bo’lsa, jamiyatning hamma a’zolari va alohida shaxs uchun ham barcha imkoniyat bo’ladi. Adolatli jamiyat shaxsni shunchaki shakllantirib qo’ya qolmaydi, balki ma’naviy yetuk inson qilib kamol toptiradi. Xuddi shuningdek, shaxs xulqi, odobi, fe’li ham jamiyatda yashayotgan odamlarga katta naf beradi.
Tor ma’noda ijtimoiylashuv shaxsning ijtimoiy muhitga kirib borishi, unda singib ketishi, tashqi ijtimoiy muhit normalarini qabul qilib ularga rioya qilishi yoki qilmasligini tushuntiruvchi jarayondir. “Ijtimoiylashuv” tushunchasi ma’no jihatdan yaqin bo‘lgan ikki xil tushuncha bilan bog‘liq: “tarbiya” va “moslashuv”. Ijtimoiylashuv tarbiya jarayonidan ancha kengroqdir, chunki uning ma’no-mazmunida har doim ham qolipga solib bo‘lmaydigan, har doim ham shaxs tomonidan anglanmaydigan holatlar ham mavjud bo‘ladi. Moslashuv esa ijtimoiylashuvning bir tarkibiy qismi, uning mexanizmi sifatida qaralishi mumkin. Ijtimoiy-psixologik moslashuv, ya’ni, shaxsning ijtimoiy munosabatlarga ko‘nikishi va moslashishi orqali orttirgan tajribasi umumiy ijtimoiylashuvning bir ko‘rinishidir.
Yuqorida ta’kidlangan barcha munosabatlar shaxsning ijtimoiylashuvi jarayoni bilan bevosita bog‘liq. Ushbu tushuncha sof ijtimoiy-psixologik va sotsiologik bo‘lib, bu shaxsning uni o‘rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’sirlariga berilishi, uning norma va qoidalarini o‘zlashtirishga moyilligi, o‘zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma’nosida insonning tug‘ilib, o‘zini bevosita o‘rab turgan tashqi muhit ta’sirida ulg‘ayishi, shu jamiyat, shu atrof-muhit qurshovida tarbiyalanishi yotadi.
Shaxs individual taraqqiyotining muhim omillaridan yana biri uning yoshiga bog’liq bo’lgan xususiyatlardir. Chunki taraqqiyotning har yosh bosqichi o’zining rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklari va o’zgarishlariga ega bo’lib, ular shaxsning xarakteri, temperamenti, iqtidori, bilish jarayonlariga bevosita ta’sirini o’tkazadi.
Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat, ham miqdor o’zgarishlariga ega bo’lgan ko’rsatkichlari borki, amaliy psixologiya har bir yosh xususiyatlarini ana shu ikkala ko’rsatkich nuqtai nazaridan o’rganishi va shaxs xulqini boshqarish va ta’sir ko’rsatishda ularga tayanmog’i lozim.
Umuman psixologiyada isbot qilingan faktlardan biri shuki, turli davrlardagi inson taraqqiyoti o’ta murakkab jarayon bo’lib, har bir davrning o’z qonuniyatlari mavjud.
Shaxsning shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarning ahamiyatini bir qancha psixologlar ilmiy ishlarida izchil o’rgangan bo’lib, shaxs taraqqiyotining davrlarga bo’linishi haqida ma’lumotlarni, fikr va qarashlarini keltiramiz.
Hozirgi zamon psixologiyasining taniqli vakili A.V.Petrovskiy inson taraqqiyotiga shaxsni tarkib toptirishning sotsial-psixologik nuqtai nazardan yondashib, o’ziga xos original klassifikatsiyasini yaratadi. Ushbu nazariya negizida yuksalish, yetuklikka intilish g’oyasi mavjudligi sababli bolalik, o’smirlik, o’spirinlik davrlari yotadi, xolos. A.V.Petrovskiygacha psixologlar taraqqiyotning bir tekis jihatini olib o’rgangan bo’lsalar, bundan farqli o’laroq u shaxs shakllanishining prosotsial va asotsial bosqichlari mavjud bo’lishi mumkinligini dalillab berishga harakat qiladi. Shuning uchun taraqqiyot uchta makrofazadan iborat ekanligini sharhlab,

  • uning birinchi turi bolalik davriga to’g’ri kelib, ijtimoiy muhitga moslashish, ko’nikish (adaptatsiya);

  • ikkinchisi - o’smirlarga xos individuallashish (individualizatsiya);

  • uchinchichi - o’spirinlik, ya’ni yetuklikka intilish davrida individual holatlarni muvofiqlashtirish (birlashtirish) xususiyatlari bilan tavsiflanadi.

A.V.Petrovskiy shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishini ta’kidlab o’tadi.

  • ilk bolalik (maktabgacha yoshidan oldingi davr) - tug’ilgandan to 3 yoshgach;

  • bog’cha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha;

  • kichik maktab yoshidagi o’quvchi davri - 7 yoshdan to 11 yoshgacha;

  • o’rta sinf o’quvchisi (o’smirlik) davri - 11 yoshdan to 15 yoshgacha;

  • yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha.

D.I.Feldshteyn klassifikatsiyasi shaxsga ijtimoiy yondashuvga asoslangan bo’lsa ham, lekin u A.V.Petrovskiynikidan keskin farq qiladi. D.I.Feldshteynning fikricha, insonni shaxs sifatida shakllanish jarayonida ikkita katta taraqqiyot bosqichini bosib o’tadi, ulardan biri - “Men jamiyat ichida” degan pozitsiyadan iborat bo’lib, u o’ziga quyidagi yosh bosqichlarini qamrab oladi:

  • ilk bolalik - 1 yoshdan 3 yoshgacha;

  • kichik maktab yoshidagi o’quvchisi davri - 6 yoshdan to 9 yoshgacha;

  • yuqori sinf o’quvchisi davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha.

Shaxs taraqqiyotidagi ikkinchi pozitsiya “Men va jamiyat” deb nomlanib, u quyidagi yosh bosqichlariga taalluqlidir:

  • go’daklik - tug’ilgandan to 1 yoshgacha;

  • maktabgacha yoshdagi bolalar - 3 yoshdan 6 yoshgacha;

  • o’smirlar - 10 yoshdan to 15 yoshgacha.

Inson hayoti mobaynida bajaridigan har bir rolida uni o‘rab turgan ijtimoiy borliqning normalari, qoidalari, xulq-atvor mezonlari o‘z aksini topgan bo‘ladi.
24-rasm

Amerikalik psixolog E.Erikson nazariyasiga ko’ra shaxs rivojlanishida ma’lum bosqichlarni albatta bosib o’tishini ta’kidlab, ularni hayotiy psixologik krizis tarzda ta’riflab bergan:



  • tashabbuskorlilikni namoyon bo’lishi - gunohkorlik, aybdorlik hissiga qarama - qarshi (taxminan 3 yoshdan – 6 yoshgacha);

  • mehnatsevarlik - yetishmovchilik kompleksiga qarama - qarshi (7 yoshdan – 12 yoshgacha);

  • o’z shaxsini aniqlash - konforizmga qarama - qarshi (12 yoshdan – 18 yoshgacha);

  • samimiylikka, muloqotga intilish - shaxsiy psixologik chetlashishga qarama - qarshi (taxminan 20 yoshlarda);

  • yangi avlodni tarbiyalashdagi g’amxo’rlik - «o’z - o’ziga sho’ng’ib ketishga» qarama - qarshi (30 va 60 yoshlar orasida);

  • yashab o’tgan hayotidan mamnun bo’lish - umidsizlikka qarama - qarshi (60 yoshdan so’ng).

25-rasm



E.Erikson konsepsiyasiga ko‘ra shaxs shakllanishida ushbu bosqichlarini birma–bir bosib o‘tadi va har bir bosqichda insonning ichki dunyosida sifat o‘zgarishlar, atrofdagi kishilarga bo‘lgan munosabatlarida esa radikal (keskin) o‘zgarishlar ro‘y beradi.

Shu bilan birga shaxs psixik taraqqiyotining davrlarga bo’lib tadqiq etilgan nazariyalardan E.Eriksonning yana bir konsepsiyasi - inson umrini o’ziga xos betakror xususiyatlarga molik 8 ta davrga ajratadigan ta’limoti ahamiyatlidir.



E.Erikson konsepsiyasiga ko’ra, shaxs shakllanishida ushbu bosqichlarni birma-bir bosib o’tadi va har bir bosqichda insonning ichki dunyosida sifat o’zgarishlar, atrofdagi kishilarga bo’lgan munosabatlarida esa radikal (keskin) o’zgarishlar ro’y beradi.


Har bir odam hayoti mobaynida xaddan ziyod ko‘p turli rollarni bajaradiki, ularning barchasi uning ijtimoiylashuv tajribasida munosib iz qoldiradi. Shuning uchun ushbu jarayonda har bir odam o‘zining jamiyatda o‘rnini topishga intiladi va samarasiga ko‘ra u yoki bu mavqega erishadi. Aslini olganda ijtimoiylashuvning har bir bosqichida shaxs o‘zining “Men”ini tobora anglab, unga kerakli tuzatishlar kiritib boradi. Agar shaxsiy tajriba ijobiy bo‘lib, odam ko‘rgan-kechirganlaridan yaxshi va to‘g‘ri xulosalar chiqarib, to‘g‘ri turmush tarzini shakllantira olsa, uning odamlar orasida obro‘si yuqori, aks holda shaxs degradatsiyasi, xulqdagi deprivatsiyalar haqida xulosa chiqariladi.




  1. Download 3,48 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish