Reja: Psixologiyada shaxs va jamiyat. Shaxs taraqqiyotining davrlarga bo’linishi



Download 3,48 Mb.
bet7/14
Sana09.07.2022
Hajmi3,48 Mb.
#761333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
mavzu шахс ва жамият муаммоси

perseptiv faoliyat

atrof-muhitni yaxlit obrazlar shaklida ongda aks etishini ta’minlovchi faoliyat;

2.

mnemik faoliyat

narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi, yodda saqlab turilishi bilan bog‘liq xotira jarayonlarini o‘z ichiga oladigan faoliyat;

3.

fikrlash faoliyati

aql, fahm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar, jumboqlarni echishga qaratilgan tafakkur jarayonlari;

4.

imajitiv
faoliyat

(“image” – obraz so‘zidan olingan) faoliyat ijodiy jarayonlarda ayni paytda hali hayol va fantaziya vositasida ongda aks etmagan narsalarning xususiyatlarini anglash bilan bog‘liq aqliy harakatlarni bildiradi.

Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga - predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo’lib, u avvalo o’sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o’zgarishlar qilish orqali, bilimlar zaxirasini boyitayotgan bo’ladi.


Borliqdagi qariyb barcha narsalar, munosabatlar, xususiyatlar, shart-sharoitlar, tuzilmalar bir-biri bilan doimiy bog’liqlikka ega bo’lib, muayyan qonuniyat asosida harakatlanadi, bir holatdan ikkinchisiga o’tadi. Shuning uchun idishdagi suv qaynatilsa bug’ga aylanadi, harorat pasaysa, u muzlaydi, havo isiganida esa muz eriy boshlaydi, bahor ketidan yoz keladi, narsalar ishqalansa qiziydi va hokazo. Xuddi shu bois obyekt bilan hodisa o’rtasidagi o’zgarmas, barqaror munosabatlar, obyektning muhim xususiyatlari - hodisaning qonuniyati deyiladi. Ularda o’zgarmas xususiyatlar va qonuniyatlarning mavjudligi o’zgarishlarni oldindan payqash, harakatlarni muvofiq yo’naltirish imkonini vujudga keltiradi.
Borliqdagi jonli mavjudotlarning o’ziga xos tarzda, muayyan yo’nalishda, ma’lum darajadagi kuch bilan xatti-harakatni amalga oshirishga undovchi ehtiyojlar ular uchun faollik manbai vazifasini bajaradi.
Insonning faolligi boshqa mavjudotlardan tub darajada ham mohiyat, ham shakl jihatdan tafovutga ega bo’lib, yuzaga kelgan ehtiyojlarning turli vaziyatlarda qondirilishida o’z ifodasini topadi.
Jumladan, mavjudotlar va hayvonlar o’zlarining tanasi va uning a’zolari tuzilishiga, instinktlarning turli-tumanligiga binoan, o’z o’ljasini tutib olishga nisbatan intilishni vujudga keltiruvchi tabiiy imkoniyati uni oldindan payqash sezgirligi orqali zudlik bilan faol harakat qiladi.
Hayvonlar ehtiyojlarining qondirilishi jarayoni qanchalik maqsadga muvofiq ravishda kechgan bo’lsa, bu esa o’z navbatida, ularning qurshab olgan yashash muhitiga engillik bilan moslashuvini ta’minlaydi.
Masalan, asalari xatti-harakatining tug’ma, irsiy dasturi uning gulshira (nektar) yig’ish ehtiyojlari bilan cheklanib qolmasdan, balki bu ehtiyojlarni qondirish obyektlari (gullarning navlari, ularning uzoq va yaqinligi, qaysi tomonda joylashganligi, mo’l-ko’lligi kabilar ham) aks etadi. Shu boisdan mavjudotlarning ehtiyojlarida ularning faolligi omili sifatida tabiiy alomatlar, instinktlar, shartsiz reflekslar va hokazolar bevosita qatnashadi.
28-rasm

Inson faoliyati shakllari, turlari, avvalo, mehnat taqsimoti, odamlar, jamiyat ehtiyojining oʻsishi jarayonida oʻzgarib, rivojlanib boradi. Faoliyat elementlarini insonlar, inson ehtiyojlari va manfaatlari, faoliyat predmeti, motivlari, faoliyatning maqsadlari, amalga oshirish yoʻllari, vositalari va usullarini tashkil etadi.



Faoliyat muayyan yaxlit jarayon sifatida oʻzida mavjud olamni, ijtimoiy borliqni, amaliyotni oʻzgartirish va tushuntirish dasturi hamda undan kelib chiqadigan harakatlar majmuini mujassamlashtiradi.


Keyingi davrlarda faoliyat funksiyalarining murakkablashuvi, turlarining ortishi va chuqurlashishi kuzatilib, u ilmiy, amaliy, ijtimoiy ahamiyatga molik masalaga aylandi. Shu bois, faoliyat bir qancha fanlar: psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya, iqtisodiy nazariya, huquqshunoslik, xususan, falsafaning ham maxsus tadqiqot obʼyekti sanaladi.
Inson faoliyati murakkab va o’ziga xos jarayon bo’lib, shunchaki ehtiyojlarni qondirishdan iborat emas, balki ko’pincha jamiyatning maqsadi va talablari bilan belgilanadi. Xuddi shu boisdan qo’yilgan maqsadning anglanilganligi, unga erishish bo’yicha ish harakatlari tajribasi anglanilganligi va bog’liq ekanligi inson faoliyatining o’ziga xos belgisi bo’lishini tasdiqlaydi.
Odatda faoliyatga ta’rif berilganda, birinchi galda anglanilgan maqsad bilan boshqarilishi, so’ngra psixik (ichki) va jismoniy (tashqi) faollikdan iborat ekanligi ta’kidlab o’tiladi. Lekin ushbu belgilar faoliyat ta’rifini mukammal tarzda ochib bermaydi. Ilmiy matnlar tahlilining ko’rsatishicha, faoliyat tushunchasi falsafa, fiziologiya, sotsiologiya, psixologiya fanlari predmetidan kelib chiqib, o’zaro qorishish oqibatida mehnat, ish, aktivlik, xulq singari to’rt xil tavsifga ega bo’lgan.
Yuqorida zikr etilgan tashqi va ichki faoliyatdan tashqari psixologiyada tarkib nuqtai nazaridan aqliy va jismoniyfaoliyat turlari farqlanadi. Aqliy faoliyat aqliy, intellektual harakatlarga asoslanadi va shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan harakatlarini o‘z ichiga oladi. Undan farqli, jismoniy faoliyat motor harakatlarga tayanadi.
30-rasm

Faoliyatga yo’nalgan maqsad, odatda, yo ko’proq, yo ozroq darajada uzoqlashgan bo’ladi. Kishi ana shu maqsad yo’lida harakat qilgan sari uning oldida paydo bo’ladigan qator juz’iy vazifalarning kishi tomonidan izchillik bilan xal etila borishidan tarkib topadi.


Faoliyatning yolg’iz bitta oddiy joriy vazifani bajarishga yo’naltirilgan nisbatan tugallangan har bir shunday qismi harakat deb ataladi. Harakat tarkibiga kiruvchi sa’i-harakatlar sistemasi pirovard natijasida ushbu harakatning maqsadi bilan boshqariladi va yo’naltiriladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo’lib, u avvalo o’sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o’zgarishlar qilish orqali bilimlar zahirasini boyitayotgan bo’ladi.




  1. Download 3,48 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish