Reja: Psixologiyada shaxs va jamiyat. Shaxs taraqqiyotining davrlarga bo’linishi
mavzu шахс ва жамият муаммоси
Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, motivlarning rivojlanishi, motivlashgan yangi ma’lumotlarning paydo bo’lishi, faoliyat muhiti doirasidagi o’zgarishlar tufayli amalga oshiriladi. SHaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o‘zini tutishi, mehnat qilib, faollik ko‘rsatishi tarbiyaviy ahamiyatli jihat bo‘lib, fan uning yuqorida keltirilgan ikki tomonini farqlaydi. Shu nuqtai nazardan motiv - konkretroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Motivatsiya - psixologik lug’atda biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan motivlar, dalillar baholar, vajlar yoki sabablar majmui ma’nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan, motivlashtirish - bu ruhiy omil bo’lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U insonlarni jonli mehnat faoliyatiga rag’batlantiruvchi kuchli vositadir. Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish - bu kishilar faoliyatini ruhiy yo’llar bilan maqsadga muvofiq yo’naltirishdir. Motivatsiya muammosi bilan hozirgi kungacha ko‘pgina olimlar shug‘ullanib kelishgan. Jumladan, chet el olimlaridan R. Myurrey, L. Gilfrod, R. Katall, G.Klaus, A. Maslou, X. Xekxauzen, D.Teylor, D. Makklelland hamda yaqin hamdo‘stlik mamlakatlari olimlaridan B.G. Ananev, A.L. Berdichevskiy, L.I. Bojovich, O.S. Grebenkja, M.I. Enikeev, T.A. Matis, M.V. Matyuxina, A.B.Orlov, YU.M. Orlov, D.B. Elkonin, A.M. Etkind, L.M. Fridman, B.C. Setlin, A. Megrabyan, M.SH. Magomed-Eminovlar motivatsiya, affiliatsiya va muvaffaqiyatga erishish motivatsiyalarini o‘z tadqiqot ishlarida o‘rganishgan.3 Motivatsiya shaxsni yo‘naltiruvchi asosiy omillarni belgilovchi psixologik tushunchadir. Psixologiya fani motivatsiya muammosiga ikki tomonlama yondashadi: inson xulq-atvorining sabablarini tushuntiruvchi omillar tizimi sifatida (motivlar, niyatlar, ehtiyojlar, maqsadlar tarzida); xatti-harakatlarning doimiy faolligini ta’minlovchi, shunday faollikka turtki bo‘luvchi va uni tavsiflovchi sifatida. Umuman, motivatsiya tushunchasiga barcha adabiyotlarda, jumladan, lo‘g‘atlarda ta’riflar ko‘p, ularni umumlashtirib, quyidagicha ta’riflash mumkin: motivatsiya – bu individni faollikka undovchi hamda uning yo‘nalishini belgilovchi motivlar majmuasidir. Boshqacha qilib aytganda, motivatsiya – inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. “Motivatsiya” tushunchasi “motiv” tuushnchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motiv – lotincha “movere” – harakatga keltirmoq, turtki bermoq ma’nosini anglatib, u asosan uch xil mazmunni anglatadi: sub’ektning muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undash; faoliyatning predmetiga aloqador faollikning yo‘nalishini belgilovchi kuch; shaxs tomonidan biror xatti-harakat yoki xulq-atvorning tanlanishiga aloqador anglangan sabab. Demak, motiv – bu undov, yo‘naltiruvchi kuch va sabab tariqasida shaxsning ongli hamda ongsiz faolligi, faoliyatini belgilovchi psixologik tushuncha. Har qanday harakat, xulq, fikrlash muayyan mezonlarga, motivlarga ega bo‘ladi. Shunga ko‘ra inson faolligi turlicha bo‘lishi mumkin: masalan, ijtimoiy ahamiyatli, progressiv, yoki aksincha, zararli, o‘zgalarga moddiy va ma’naviy jihatdan yomon ta’sir ko‘rsatuvchi. Aksariyat xolatlarda bu o‘rinda gap motivatsiya to‘g‘risida ketadi. Hatti-harakat yoki faoliyat motivlari hamisha ham anglanvermaydi, ular anglangan va anglanmagan bo‘ladi. Maqsadlarimiz, qiziqishlarimiz, maslak yoki e’tiqodimiz tufayli bir ishni amalga oshirayotgan bo‘lsak, ularni anglangan motivlar deb ataymiz. Lekin ba’zan nima sababdan u yoki bu ishni qilib qo‘yganimiz, aytgan gapimiz yoki munosabatimizni, ayna shu kasbni tanlaganimizning tom ma’nosi, tub sababi bizga ayon bo‘lmaydi. Anglanmagan xulq motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizcha “attitud”) deb ataladi. Har qanday xatti-harakat yoki xulq-atvorning asosini bir emas, bir nechta motivlar tashkil etadi. SHu bois ham shaxs xulq-atvorining sabablarini ko‘plab motivlar hosil qiladi (polimotivlashgan), deb hisoblanadi. Turli motivlar sabab bo‘lgan harakatlarda ham ijobiy, ham salbiy qirralarning mavjudligi ayni shu xolat bilan tushuntiriladi. Motiv muayyan faoliyat va harakatlarga nisbatan insondagi yo‘nalish bo‘lib, uning asosida asosan ehtiyojlar yotadi. Ongli, maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo‘ladi. Bilim olish maqsadi talabada bilim, ilm olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi. Ehtiyoj - individning shunday holatiki, u odamning faolligi manbai bo‘lib, yashashi hamda tirikchilik qilib, taraqqiy etishi uchun muxtojlik his qiladigan barcha ob’ektlar bilan bog‘liqligini ifodalaydi. 11-jadval Download 3,48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |