Reja: Psixologiyada shaxs va jamiyat. Shaxs taraqqiyotining davrlarga bo’linishi



Download 3,48 Mb.
bet11/14
Sana09.07.2022
Hajmi3,48 Mb.
#761333
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
mavzu шахс ва жамият муаммоси

tabiiy-fiziologik ehtiyojlar;

  • himoyalanish ehtiyoji: uzoq yashash va muqarrarlik;

  • aloqadorlik va sevgi-muhabbatga bo’lgan ehtiyoj (muomalada bo’lishga intilish);

  • e’tiborga sozovor bo’lish (hurmat qozonish) ehtiyoji;

  • o’z-o’zini faollashtirish ehtiyoji, o’z imkoniyatlarini ko’rsatish yoki namoyon qilish.

    34- rasm


    Amerikalik psixolog Abraxam Maslouning ehtiyojlar piramidasi





    Birinchi o’rindagi ehtiyojlar bu bazis ehtiyojlar, ya’ni yashashni ta’minlash uchun zarur bo’lgan ehtiyojlar. A. Maslouning fikricha, inson, eng avvalo ana shu bazis ehtiyojlarini qondirish uchun ishlaydi. Bazis ehtiyojlari, ya’ni oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, uy-joyga, uyquga bo’lgan ehtiyoj qondirilsa, boshqa darajadagi ehtiyojlar ham asta-sekin ahamiyat kasb etib beradi.
    Shaxsning istiqbolini anglovchi odamga xos bo’lgan ichki kechinmalarga o’xshamaydigan xolati frustratsiya deb yuritiladi. Inson maqsadga erishish yo’lida chindan ham engib bo’lmaydigan, engish mumkin emasdek ko’rinadigan to’sqinliklarga, g’ovlarga ro’para kelganda frustratsiya paydo bo’ladi. U shaxsni nevrotik xolatga olib keladi, unda jaxlini to’kib solish, tajovuzkorlik, qo’rqitish, qo’pollik, dushmanlik xolatlarini keltirib chiqaradi.
    Istiqbol va frustratsiyaning inson hayotida o’ynaydigan roli maqsadlarga erishishga qaytarilgan faoliyatning shaxs uchun qanchalik muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik kasb etish ahamiyatini aniqlash zarurligini ko’rsatadi. Buning uchun shaxs o’zining talablari darajasi qilib juda qiyin ham bo’lmagan, juda oson ham bo’lmagan vazifa hamda maqsadlarni belgilaydi, binobarin, shaxs o’ziga ma’lum istiqbolni saqlab qoladi.
    Ayrim psixologik manbalarda ehtiyojlarning turlari ko‘proq ko‘rsatilgan:

    • fiziologik (ovqatlanish, uxlash, nafas olish va shunga o‘xshash);

    • naslni davom ettirish (tug‘ilish, tarbiya, himoya);

    • yashash uchun turli vositalarga ega bo‘lish (turar-joy, ozuqa, kiyim-kechak);

    • ma’naviy ehtiyojlar;

    • muloqot;

    • o‘zini o‘zi namoyon etish (e’tiqod, san’atga oshnolik, ilm olish kabi);

    • o‘zini o‘zi ko‘rsatish (hurmatga, e’tirofga, xokimiyatga ega bo‘lish kabi).

    Bevosita ishlab chiqarish sharoitlarini nazarda tutadigan bo‘lsak, har qanday mutaxassis yoki menejer xodimlarni ishga, mehnatga chorlash, ulardagi barcha imkoniyatlarni ishga solinishiga erishish uchun ularni faoliyatga chorlash yoki motivatsiya qilish borasida ishlar olib borishi shakllangan ichki psixologik turtkidir. Amaliyotda mehnatdan manfaatdorlik, undan qoniqish hissining mavjudligi, ishga nisbatan ehtiyoj kabilar ijro faoliyatining asosiy motivatorlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish sharoitlarida ishchi va xodimlarning mehnatga undash va ulardagi manfaatdorlikni oshirishning tashqi omillaridan (moddiy va ma’naviy) keng foydalaniladi. Ma’lumki, ishga nisbatan moddiy rag‘batlantirish xodimlarga moliyaviy, pullik imtiyozlar berish orqali amalga oshirilsa, nomoddiy rag‘batlar – bu ishchi va xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, yaratilgan sharoitlar, xodim hurmatini o‘rniga qo‘yish, o‘zini o‘zi hurmat qilishiga turtki bo‘luvchi turli choralar tizimidan iboratdir.
    Inson tabiatan ijtimoiy mavjudot bo‘lgani sababli, u o‘z xatti-harakatlarida yaxlit jamiyat, mehnat jamoasi, o‘zi hurmat qiladigan, unga referent bo‘lgan guruhning normalari, qadriyatlari va fikrlarini qabul qiladi va unga moslashadi. Referent guruhning shaxsga ta’siri shunda ifodalanadiki, u bevosita u yoki bu ishni bajarishi uchun motivirovka rolini o‘ynaydi. SHu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, shaxs uchun referent guruh - bu shunday insonlar uyushmasiki, ularning fikrlari, qadriyatlari, xulq– atvori va xatti– harakatlari xamisha unga ibrat bo‘ladi, shaxs ularga taqlid qiladi va ergashadi. Referent guruh a’zolari bir erda, bir makonda jam bo‘lmasliklari mumkin, ularni shaxs hayoti mobaynida tanlaydi, o‘zi kerak bo‘lsa, almashtiradi. Referentlar ota–onasi yoki qarindoshlardan kimlardir, ustozlardan kimlardir, film qahramonlari, badiiy qahramonlar yoki tanish– bilishlardan kimlardir bo‘lishi mumkin. Kimga tahlid qilishi yoki ergashishiga qarab shaxsning psixologik portretini aniqlash, “chizish” mumkin bo‘ladi. Referent guruh a’zolari shaxs ijtimoiy xulqining motivatorlari hisoblanadi.
    SHunday qilib, shaxsning har qanday xulq-atvori yoki harakatlarini ichki psixologik sabablar yoki tashqi, shart-sharoitlar omili vositasida tushuntirish mumkin. Oxirgisi vaziyatli motivatsiya bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarida uning o‘ziga xos o‘rni va roli bor.
    Vaziyatlarga oid motivatsiyada tashqi motivatorlar rolini turli stimullar o‘ynaydi. Boshqaruv faoliyatida bu rag‘batlantirish vositasida manfaatdorlikni oshirishdir. Ijrochi xodimlarda bunday sharoitlarda mehnat faoliyatiga nisbatan ichki psixologik turtki bo‘lib, bu avvalo mehnatdan manfaatdorlikni, qolaversa, mehnatdan qoniqishni ta’minlaydi.
    YUqorida ta’kidlanganidek, bunda xodimlarga belgilanadigan maoshlarning miqdori, pulli mukofotlar, ma’muriyat tomonidan yaratilgan sharoitlar va shu kabi tashqi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Lekin hozirgi davrda hamma tashkilot ham xodimlarini moddiy jihatdan xadeb rag‘batlantirishga imkon topa olmaydi. SHu bois motivatsiya ma’nosida xodimlarni ichki psixologik jihatdan mehnatga chorlash, undash, shaxs sifatida o‘z mehnatiga nisbatan ongli va mas’uliyatli munosabatni shakllantirish katta rol o‘ynaydi.



    1. Download 3,48 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish