O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI «SOTSIAL PSIXOLOGIK TRENINGLAR» FANIDAN 15-MAVZU. ROLLI O’YINLARNI O’TKAZISH QOIDALARI Samarqand – 2022 yil Reja:
1. Rolli o‘yinlar va ularning o‘ziga xosligi Biz o‘z hayotimizda o‘zimizga bog‘liq bo‘lmagan holda turli ijtimoiy rollarga duch kelamiz va o‘zimiz ham turli xil ijtimoiy rollarni bajarishga majbur bo‘lamiz. Masalan, SOTSIAL ROLLAR TIZIMI TALABA FARZAND ER HAYDOVCHI XIZMATCHI XARIDOR DO‘ST XOTIN BOSHLIQ Bular bizning faqat inson ekanligimizni anglatuvchi tushunchalargina emas, balki biz bajaradigan muayyan ijtimoiy rollar hamdir. Ulardan har biri o‘ziga xos ijtimoiy jihatlarga, huquq va burchlarga, xulq-atvor qoidalariga va normalariga ega.
Trening jarayonida qo‘llaniladigan rolli o‘yinlar hayotiy vaziyatlar va munosabatlar modellashtiriladigan, maxsus tashkil qilinadigan o‘yinlar hisoblanadi. Ularning trening jarayonidagi maqsadi – shaxslararo munosabatlar xarakterini anglatish va bu munosabatlarni yaxshilash ko‘nikmalarini hosil qilishdan iboratdir.
Trening jarayonida rolli o‘yinlar ko‘pincha turli ijtimoiy rollarni bajaruvchi kishilar orasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish uchun taklif qilinadi.
Rolli o‘yinlarda eng asosiysi – muloqot yoki munosabatdir.
Bu jarayonda biz o‘z pozitsiyamizni o‘zgalarnikiga moslashtirish jarayonida munosabatlarning yangi usullarini ishlab chiqishimiz mumkin: bunda odatlanilgan xulq-atvorning yaxshi va yomon jihatlari yaxshiroq anglanadi yoki boshqa ishtirokchilar bilan bevosita muloqot jarayonida yangi xulq-atvor ko‘rinishlari shakllantiriladi.
Rolli o‘yinlarni o‘tkazish jarayonida ishtirokchilar o‘zlari yoki boshqalar ijro etgan rollar asosida xulosa chiqarish, tajriba to‘plash, uni anglash va kundalik hayotga tadbiq etishi juda muhim natijadir.
Bundan tashqari rolli o‘yinlarning ishtirokchilar erishadigan natijalariga ko‘ra quyidagi o‘ziga xosligi mavjud:
1
Ishtirokchilarga o‘zining yashirin his va hissiyotlarini bildirish, namoyon qilishga yordam beradi.
2
Ishtirokchilarga o‘zining shaxsiy muammolarini muhokama qilish imkonini beradi.
3
Ishtirokchilarga atrofdagilarning his-tuyg‘ularini chuqur his qilish va ularning motivatsiyalarini tushunish imkonini beradi.
4
Xulq-atvorning turli xil shakllarini mashq qilib ko‘rish imkonini beradi.
5
Ishtirokchilarning ustanovkalarini o‘zgartirishga sabab bo‘lishi mumkin.
6
O‘zining his-tuyg‘ularini nazorat qilishga o‘rgatadi.
7
Rolli o‘yinlar: ishtirokchilarning ustanovkalari va his-tuyg‘ulari bilan ishlashning eng pozitiv va xavfsiz usuldir.
Rolli o‘yinlar ishtirokchilarning ustanovka va his-tuyg‘ularini namoyon qilishida pozitiv va xavfsiz holat yaratadi. Pozitivligi – muhokama va tahlil qilishning qonuniy predmeti sifatida tan olinganligi bo‘lsa, xavfsizligi – ishtirokchining shaxsiy xulq-atvori emas, balki o‘yin jarayonida namoyon etgan xulq-atvori tahlil qilinadi. Trener tomonidan o‘yin jarayonida ishtirokchilarning hech qachon salbiy jihatlariga urg‘u berilmasligining ta’kidlanishi ham bunga imkon beradi.
Rolli o‘yinlarda an’anaviy metodlardan farqli ravishda tashqi muhit bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan muammolar va vaziyatlar o‘ynaladi. Rolli o‘yinlarda ishtirok etgan ishtirokchi trening tugaganidan so‘ng atrofdagilar bilan munosabatga kirishda unga kerak bo‘ladigan xulq-atvor usullarini rolli o‘yin orqali ko‘nikma, malaka va tajribalarga ega bo‘lish orqali o‘zlashtiradi.