4.Prognozlashda Del’fi usuli.
U AQSh da ХХ asrning 60-yillarida yaratilgan. U sirtdan so‘rov o‘tkazishga
asoslangan. Uning xususiyatlari: sirtqi , anonim, so‘rovlar bir necha bosqichlarda
o‘tkaziladi, teskari aloqa mavjud, birinchi turdan tashqari xar gal ekspertlar oldingi
tudagi natijalar xaqida axborot olishadi.
Dastlab ekspertlarga anketalar tarqatiladi, unda muammo izoxlanadi,
savollar ro‘yxati va unga javob berish tavsifi keltiriladi .
Ekspert javoblarni qo‘l qo‘ymasdan pochta orqali jo‘natiladi.
Тashkilotchilar ekspertlar javoblarini qayta ishlaydi,baxo chiqariladi. Mazmun
jihatdan o‘rtachalar, farqlar dispersiya xisoblanadi. Bir oy o‘tgandan keyin 2-tur
o‘tkaziladi. Ekspertlarga birinchi tur natijalari bayon qilinib savollar beriladi.
Birinchi tur javoblarini inobatga olib ekspertlardan savollaga javob berishi
so‘raladi. Javoblar yana umumlashtirilib zarur bo‘lsa yana qo‘shimcha turlar
o‘tkaziladi. Agar 3-turdan so‘ng javoblardagi farqlar katta bo‘lmasa so‘rov
o‘tkazish to‘xtatiladi. Oxirgi tur natijalari umumlashtiriladi va tugallangan
xisoblanadi.
qisqacha xulosa. Ekspert baxolash metodining asosiy vazifasi miqdoriy
xarakteristikaga
ega bo‘lmagan jarayonlar, ayrim iqtisodiy jarayonlari
rivojlantirishning alternativ imkoniyatlari xaqidagi sifat axborotini olishdan,
formal va intuitiv metodlarni to‘g‗rilash va o‘zaro uyg‗unlashtirishdan, iqtisodiy
jarayonlar prognoziga ma‘lum darajada normativ omillar kiritishdan iboratdir.
Ekspertlar guruhini tuzishda ekspertiza muammosini samarali hal qilish umumiy
n
t
t
n
t
y
t
b
1
1
n
t
t
n
t
n
t
t
y
t
b
t
1
1
2
1
talab xisoblanadi. Muammoni xal qilish samaradorligi ekspertiza ishonchliligini
xarakteristikalari bilan belgilanadi.
Kollektiv ekspertiza o‘tkazishda so‘rovning quyidagi asosiy turlaridan
foydalaniladi: intervyu, intervyu-anketa, anketalash, aralash anketalash, munozara,
kengashish (ong xujumi) metodi. Kollektiv ekspert baxolash natijasi
umumlashtiruvchi xujjat ob‘ektni rivojlantirish yo‘llari bayon qilinadi. Ular
ichidagi eng oddiy metod komissiya metodidir. Lekin bu metod bir necha
nomaqbul xodisalarni bartaraf qila olmaydi. Shuning uchun xiyla aniq ekspertiza
metodlariga zarurat tugiladi.
Ijtimoiy va iqtisodiy prognozlashda turli modellardan keng foydalaniladi.
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob‘ektlarni matematik modellar yordamida kuzatish
mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi. «Model» so‘zi lotincha modulus
so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, me‘yor degan ma‘noni anglatadi.
Iqtisodiy model-iqtisodiy ob‘ektlarning soddalashtirilgan nuxasidir. Bunda
modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan ob‘ektga aynan mos kelishi
muhim axamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o‘rganilayotgan ob‘ektning
xamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Shunda jarayonning eng xarakterli va
eng muxim belgilari aks ettiriladi.
Model iqtisodiy prognozlashni, o‘rganilayotgan jarayonni ilmiy anglashning
muhim vositasi bo‘lib hisoblanadi. Modellashtirish jarayoni, ob‘ektni yoki
jarayonni boshlang‗ich o‘rganish, uning amalga oshadigan xususiyatlari va
belgilarini ajratish, modelning nazariy va tajribaviy tahlili, modellashtirish
natijalarini ob‘ekt haqidagi haqiqiy ma‘lumotlar bilan solishtirish, modelni
korretirovkalash hamda oydinlashtirish kabilar asosida model qo‘rishni tashkil
etadi. Iqtisodiy-matematik modellar va usullarning iqtisodiy tizimlarga tadbiq
etuvchi tarmog‗i, murakkab iqtisodiy tizimlarni boshqarish uslublarini nazariya,
ya‘ni umumkibernetik ishlab chiqarish vositalari yordamida o‘rganadi. Bunday
vositalarga, avvalo, ishlab chiqarish jarayonlarini matematik modellashtirish va
o‘zaro iqtisodiy aloqalarni modellar yordamida tekshirish, murakkab tizimlarni
oddiy tizimlarga keltirib tahlil qilish, turli ob‘ektlardagi o‘zaro bog‗lovchi axborot
aloqalarini o‘rganish hamda iqtisodiy tizimlarni rostlash uslublari kiradi.
Kuzatilayotgan ob‘ektlarni chuqur va har tomonlama o‘rganish maqsadida tabiatda
va jamiyatda ro‘y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning uchun
ob‘ektlar hamda ularning xossalari kuzatiladi va ular to‘g‗risida dastlabki
tushunchalar hosil qilinib, turli xil shakldagi modellar yaratiladi. Keng ma‘noda
model biror ob‘ektni yoki ob‘ektlar sistemasini na‘munasidir.
Modelning hayotiyligi uning modellashtiriladigan ob‘ektga qanchalik mos
kelishiga bog‗liq. Bitta modelda ob‘ektni hamma tomonini aks ettirish qiyin
bo‘lganligidan unda ob‘ektning eng xarakterli va muhim belgilarigina aks
ettiriladi. Shuni ham ta‘kidlab o‘tish kerakki, ortiqcha soddalashtirilgan model
qo‘yilgan talablarga yaxshi javob bera olmaydi, o‘ta murakkab model esa masalani
yechish jarayonida qiyinchiliklar tug‗diradi.
Demak, modelning haqiqiyligi to‘plangan ma‘lumotlar hajmiga, aniqlik
darajasiga,
tadqiqotchining
malakasiga
va
modellashtirish
jarayoniga,
aniqlanadigan masalaning xarakteriga bog‗liq ekan.
Ijtimoiy va iqtisodiy modellar optimallashtirish mezonlari yoki kutilayotgan
eng yaxshi natijaga qarab tasniflanishi mumkin.
Vaqt omili hisobga olinganda modellar statistik (ya‘ni, model
chegarasi ma‘lum bir vaqt bo‘lagi deb o‘rnatiladi va harajatlar minimallashtiriladi)
yoki dinamik (bunda model chegarasi bir necha vaqt kesmalari uchun o‘rnatilib,
harajatlar minimallashtiriladi, yoki yakuniy natija maksimallashtiriladi) bo‘lishi
mumkin.
Iqtisodiy modellarni quyidagicha turlarga ajratish qabul qilingan: omilli
(omilli), tarkibiy (strukturaviy) va aralash, xalq xo‘jaligi rivojlanish
ko‘rsatkichlarini yig‗ish darajasiga qarab makroiqtisodiy, tarmoqlararo,
rayonlararo, tarmoqli, regional modellar bo‘lishi mumkin. Хalq xo‘jaligining
rivojlanish jihatlariga qarab modellar asosiy fondlar, mehnat resurslari, moliya
tizimi hamda narx shakllanishi kabi turlarga bo‘linishi mumkin.
Omilli modellar u yoki bu iqtisodiy ko‘rsatkichli darajasi va dinamikasining
unga ta‘sir etuvchi ko‘rsatkichlar - sabablar darajasi va dinamikasiga bogliqligini
tavsiflaydi.
O‘zgaruvchan iqtisodiy modellar ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) kabi
turlarga ajratiladi. Masalan, omil bo‘lsa mehnat resurslarining borligi endogen
omilidir.
Omilli modellar turli o‘zgaruvchilarni va ularga mos keladigan parametrlarni
o‘z tarkibiga oladi. Omilli modellarning eng oddiy ko‘rinishi – bu, bir omilli model
bo‘lib, unda istalgan vaqtinchalik parametr omil hisoblanadi. Mazkur holda biror
ko‘rsatkich tahlili va prognoz vaqti xronologik katorga bogliq ravishda amalga
oshiriladi va shu yo‘l bilan trendlar (qaysi bir dinamik qator o‘zgarishining
umumiy tendensiyasini xarakterlovchi bogliqlik) aniqlanadi.
Chiziqli va nochiziqli (nelineynoye) tipidagi ko‘p omilli modellar
prognozlashtirilayotgan ko‘rsatkich dinamikasini va darajasiga ta‘sir etuvchi bir
necha omillarni bir vaqtning o‘zida hisobga olish imkonini beradi. Bunda
modellarga makroiqtisodiy ishlab chiqarish funksiyalarini tavsiflovchi modellar,
aholi daromadi va narxga bogliq ravishda ayrim iste‘mol tavarlariga talabni tahlil
etish modellari misol bo‘la oladi.
Тarkibiy modellar ikkita - butun yoki agregatni tahlil etuvchi alohida
elementlar orasidagi aloqa va bogliqlikni tavsiflaydi. Bunday modellar tarkibiy
balans tipidagi modellar bo‘lib, bunda biror qatorda uning elementlari orasidagi
bogliqlik ko‘rib chiqiladi.
Mahsulot hom-ashyo nomeklaturasiga qarab modellar bir natijali va ko‘p
natijali kabi turlarga bo‘linadi.
Birinchi guruhga tarmoqda ishlab chiqariladigan yoki shu tarmoqda is‘temol
qilinadigan boshqa resurs yoki hom-ashyo miqdoriga bitta chegara qo‘yilgan
modellar kiradi.
Ikkinchi guruhga hom-ashyo yoki boshqa resurs iste‘moli uchun butun
tarmoq bo‘yicha ishlab chiqariladigan mahsulot talabiga ikki yoki undan ko‘p
cheklanishlar quyilgan modellar kiradi.
Тransport omilining ta‘sir etish darajasiga ko‘ra, tarmoqli, optimal
rejalashtirish modellari ikki turga bo‘linadi: ishlab chiqarish – transport modeli (
transport omili e‘tiborga olinmaydi) va ishlab chiqarish –transport modeli
(transport omili e‘tiborga olinadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |