Reja: Pedagogika fanining shakllanishi



Download 51,88 Kb.
bet2/7
Sana02.04.2022
Hajmi51,88 Kb.
#525476
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
01-amaliy javoblar 1

Birinchi bosqich xalq og‘zaki ijodi bilan bog‘liq bo‘lib, dastlabki pedagogik fikrlar o‘zbek xalq ertaklarda, topishmoqlarda, afsonalarda, o‘zbek xalqining an’ana va urf-odatlarida o‘z ifodasini topgan.
Ikkinchi bosqich sharq madaniyatini shakllanishi davriga to‘g‘ri kelib, sharq uyg‘onish davri nomini olgan. Bu davrda arab musulmon dunyosining olimlari antik dunyoning ma’naviy dunyosini o‘rganib, o‘zlarining gumanistik dunyoqarashlarini shakllantirganlar.
O‘zbek xalq pedagogik g‘oyalarining shakllanishiga Abu Nasr Forobiyning (870-950), Abu Ali ibn Sinoning (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (970-1048) laming ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi asarlari ta’sir qildi. Biroq Markaziy O‘rta Osiyo mutafakkirlarining pedagogik g‘oyalari yagona bir tizimga keltirilmagan.
Uchinchi bosqich - o‘zbek pedagogikasining shakllanishi Turkistondagi jadidchilik harakatining namoyondalari S.Aziziy, M.Behbudiy, A.Avloniy, Munavvar qori Abdurashidov nomi bilan bog‘liq.
To‘rtinchi bosqich - 1924-yildan 1991-yilgacha O‘zbekistonda pedagogika fani sobiq sho‘ro pedagogikasi tizimida rivojlandi. Bu davrda quyidagi muammolar o‘rganildi: o‘quvchilar jamoasining shakllanishi, mehnat tarbiyasi, oila va maktab aloqadorligi, dasturlashtirilgan va muammoli ta’lim, o‘quvchilarni bilish faoliyatlarini faollashtirish va b. Ushbu bosqichda mamlakatimizda pedagogika fanini rivojiga S.Rajabov, Z.Mirtursunov, N.Takanayev, X.Tillashev,
O.Muhammadjonov, A.Munavvarovlar munosib hissa qo‘shganlar.
Beshinchi bosqich - 1991-yildan hozirgi davrgacha, Mustaqillik yillarida pedagogika fanining rivojlanish davri. Bu davrda maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayonlarida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, ta’limni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish masalalari bilan bog‘liq masalalar ishlab chiqildi. Mustaqillik yillarida pedagogika fanining rivojlanishiga M.Ochilov, O.Roziqov, K.Hoshimov,
B.Qodirov, O.Musurmonova, S.Mamajonova, B.Adizov, R.Safarova, R.Jo‘rayev, N.Sayidahmedov, M.Quronov, F.Yuzlikayev, J.Yo‘ldoshyev. O‘.Tolipov, N.Egamberdiyeva, N.Erkaboyevalar hissa qo‘shib kelmoqdalar.
Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki, pedagogika fan sifatida rivojlanishning uzoq yo‘lini bosib o‘tib, mustaqil o‘quv predmeti sifatida shakllandi.

  1. Pedagogika fanining obyekti, predmeti va vazifalari

Har qanday fan mustaqil fan maqomiga, o‘z tadqiqot obyektiga va predmetiga ega bo‘ladi. Fan obyekti bu aniq bir fan o‘rganadigan borliqdagi biror bir qism, soha hisoblanadi. Pedagogika fanining obyekti va predmetini aniqlashga turli qarashlar mavjud. Pedagogika fanining obyekti sifatida keng ma’nodagi ta’lim qabul qilingan.
Pedagogika fanining obyekti bola, ya’ni yosh avlod, pedagogikaning predmeti esa bolaning, yosh avlodning tarbiyasidir. Pedagogikaning mustaqil fan sifatida tadqiqot predmeti maxsus tashkil etilgan pedagogik jarayon sifatida shaxsni shakllanishi va tarbiyalanishining nazariy va metodologik muammolaridir. Demak, pedagogika fan sifatida tarbiyalash, ta’lim berish va rivojlantirish bilan shug‘ullanmaydi. Bu vazifalarni ota-onalar, tarbiyachilar va o‘qituvchilar amalga oshiradi. Pedagogika fan sifatida ta’lim, tarbiya, rivojlanish vositalarini yo‘l va usullarini ko‘rsatib beradi. Pedagogika fanining tuzilmaviy elementlarini quyidagilar tashkil etadi: obyekt, predmet, kategorial apparat, nazariya, faraz, metodlar va faktlar.
Fan obyekti ko‘p aspektli fenomen bo‘lganligi uchun, uning aniq bir tomoni fan predmeti bo‘lib xizmat qiladi.
Taniqli rus pedagog olimi V.V. Krayevskiy pedagogika fanining predmeti kishilarning o‘zaro aloqasiga asoslangan, ta’lim-tarbiya jarayonlarining birligidan hosil bo‘lgan bir butun pedagogik jarayon hisoblanadi deb ta’kidlaydi.
Har qanday fan predmeti uni kategorial-tushunchaviy apparati orqali ochib beriladi. Shuning uchun «kategoriya», «tushuncha», «atama» so‘zlarini ma’nolarini farqlash maqsadga muvofiq.
Kategoriya (yunoncha. kategoria - aniqlovchi) - umumiy va fundamental tushuncha bo‘lib, ilmiy-nazariy tafakkur harakterini aniqlovchi va real borliq qonuniyatlarini va munosabatlarini, xususiyatlarini ifodalaydi.
Tushuncha - bu aniq mazmun bilan to‘ldirilgan so‘z yoki so‘z birikmasidir.
Termin (atama) (lot. terminus - chegara) - maxsus soha doirasida real obyektni aniq belgilash va uni boshqa tushunchalar bilan munosabatini o‘rnatishni ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasidir.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga quyidagilar kiradi: ma’lumot, tarbiya, ta’lim, pedagogik jarayon, o‘z-o‘zini o‘qitish, o‘z-o‘zini tarbiyalash. Ushbu kategoriyalarni ko‘rib chiqamiz.
Ma’lumot - o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtirish natijasi va jarayoni, u asosida dunyoqarashni, axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarni shakllanishi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishi.
Tarbiya - shaxsni shakllanishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratishga va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon.
Ta’lim - bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish maqsadiga yo‘naltirilib, maxsus tashkil etilgan jarayon bo‘lib, uning natijasida shaxsni tabiiy qobiliyatlari rivojlanishi hamda uning shaxsiy va ijtimoiy sifatlari shakllanadi.
Pedagogik jarayon - o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro aloqadorligi asosida maxsus tashkil etilgan shaxsni ta’limi, tarbiyasi va rivojlanishini ta’minlovchi jarayon.
O‘z-o‘zini o‘qitish - bilimlarni o‘zlashtirish va izlash bilan bog‘liq bo‘lgan insonni maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati.
O‘z-o‘zini tarbiyalash - insonni o‘zida xulq-atvor normalari, sifat va fazilatlarini shakllanishini anglagan va maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati.
Har qanday fan o‘z nazariyasiga, fundamental bilimlar tizimiga ega. Pedagogik nazariya - bu pedagogik hodisalarni aloqalari, qonuniyatlari, obyektiv mohiyati to‘g‘risidagi bilimlar tizimini ifodalaydi. V.V. Krayevskiyning fikricha, pedagogik nazariya pedagogik borliqni ayrim tomonlarini izohlovchi, tushuntiruvchi, tashhislovchi vazifalarni bajaradi.
Fundamental va xususiy pedagogik nazariyalar mavjud. Pedagogikaning fundamental nazariyalariga ta’lim nazariyasi, tarbiya nazariyasi, pedagogik tizimni boshqarish nazariyasi kiradi. Pedagogikaning xususiy nazariyasiga masalan, G. I. Shukina tomonidan asoslangan o‘quvchilarni bilish faoliyatini faollashtirish nazariyasi, M.I. Maxmutovning muammoli ta’lim nazariyasi, L.V. Zankov, V.V. Davidovlarning rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi, N.D. Xmelning pedagogik jarayonni bir butunligi nazariyasini kiritishimiz mumkin.
Har qanday nazariyani ishlab chiqishda faraz asosiy o‘rinda turadi. Faraz - bu haqqoniyligi amaliyotda tekshiriladigan, nazariy asoslangan taxminlar yig‘indisi.
Pedagogik faraz - bu borliqdagi hali ilmiy faktlar, metodlar, qonunlar yordamida tekshirilmagan, pedagogik hodisaga tegishli taxmin hisoblanadi. Har qanday pedagogik faraz aniq usul va metodlar yordamida tekshiriladi.
Pedagogika faniga nisbatan nazariyachilarning uch xil qarashlari mavjud:

  • pedagogika — insoniy bilimlarning predmetlararo sohasi hisoblanadi. Bunday yondashuv tarafdorlari pedagogikani mustaqil nazariy fan, pedagogik hodisalarni ifodalash sohasi sifatida inkor etadilar;

  • pedagogika — ta’lim yoki tarbiya sohasida paydo bo‘luvchi, vazifalarni hal etishga moslashtirilgan, ilmiy bilimlarni qo‘llash funksiyasini bajaruvchi amaliy o‘quv predmetidir. Pedagogik hodisalarni alohida tomonlari, tasavvurlari yig‘indisi ushbu pedagogikaning mazmunini tashkil etadi;

  • pedagogika — o‘z tadqiqot obyektiga va predmetiga ega bo‘lgan mustaqil fandir.

Uchinchi nuqtayi nazar pedagogikani mustaqil fan sifatida qabul qiladi. Pedagogika musaqil fan sifatida ta’lim-tarbiya hodisalarini aloqadorliklarini o‘rnatib, turli faktlarni umumlashtiradi.
U ta’lim-tarbiya ta’sirida nima uchun va qanday inson rivojlanishidagi o‘zgarishlar ro‘y beradi degan savolga javob beradi.
Pedagogikani fan sifatida aniqlash uchun uning tadqiqot predmetini aniqlash hamda «pedagogika nimani o‘rganadi» degan savolga javob berish maqsadga muvofiq. Shuning uchun pedagogikaning obyektini va predmetini anglash zarur.
Fan obyekti — bu u yoki bu fan o‘rganadigan borliqdagi soha hisoblanadi. Pedagogikaning obyekti jamiyatdagi maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida inson rivojlanishini ta’minlovchi borliq hodisasi hisoblanadi. Borliqdagi bunday hodisa ta’limdir. Ta’lim - davlat, jamiyat inson qiziqishlarini ifodalovchi maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya jarayonidir.
Fan predmeti —bu obyektni ushbu fan nuqtayi nazaridan qarashdir.
Pedagogikaning predmeti ongli va maqsadga yo‘naltirilgan tashkil- lashtirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi.
Pedagogik jarayon deganda aniq tarbiyaviy tizim doirasida tarbiyachi va tarbiyalanuvchi hamkorligida maxsus tashkil etilgan, rivojlanuvchi, qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan, tarbiyalanuvchilarda shaxsiy sifat va fazilatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon tushuniladi.
Pedagogika fani pedagogik jarayon mohiyatini, qonuniyatlarini, prinsip- larini, rivojlanish istiqbollarini va yo‘nalishini o‘rganib, uni tashkil etish nazariyasini va texnologiyasini ishlab chiqadi hamda mazmunini shakllantirib, ta’lim-tarbiyaning yangi metod va usullarini, tashkil etish shakllarini yaratadi.
Demak, pedagogika bu ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi fan.

Download 51,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish