Pedagogika fanining funksiyalari
Pedagogikani fan sifatida maqsadi - inson tarbiyasi to‘g‘risidagi bilimlarni to‘plash va tizimlashtirishdan iborat bo‘lib, vazifasi esa, inson shaxsini shakl- lanishini mohiyati va qonuniyatlarini o‘rganish, tarbiyaning maqsadini va vazifa- larini aniqlash, tarbiya mazmunini ishlab chiqish, o‘quv tarbiyaviy jarayonning
tashkil etish shakllarini va metodlarini tadqiq qilish hisoblanadi. Pedagogika fan sifatida barcha fanlar kabi quyidagi: umumnazariy, konstruktiv-texnik, tash- hislovchi, amaliy funksiyalarni bajaradi.
Pedagogikaning umumnazariy funksiyasiga pedagogik jarayon qonuniyatlarini nazariy tahlil qilishda namoyon bo‘ladi. Pedagogika fani pedagogik faktlarni, hodisalarini, jarayonlarni tavsiflab, qanday qonuniyat va shartlar asosida kechishini tushuntirib, xulosalar chiqaradi. Pedagogikaning umumnazariy funksi- yalari uch xil darajada amalga oshiriladi. Tushuntirish yoki izohlash, pedagogik tajribalarni o‘rganish bilan bog‘liq.
Pedagogika fanining konstruktiv texnik funksiyasi pedagogik jarayonni tashkil etish va uni amalga oshirish metodikasini ishlab chiqish va rejalashtirish. Pedagogikaning konstruktiv-texnik vazifasi ham uch xil darajada amalga oshiriladi:
loyihalash, uslubiy materiallarni ishlab chiqish bilan bog‘liq;
qayta yaratish pedagogika fani yutuqlarini ta’lim amaliyotida joriy qilishga yo‘naltirish;
refleksiv va korrektirovka qilish, ilmiy tadqiqot natijalarini ta’lim-tarbiya amaliyotiga ta’sirini baholash, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tuzatish.
Pedagogika fanining tashhislovchi funksiyasi pedagogik borliqni rivojlanishini oldindan aniqlash bilan harakterlanib, ilmiy asoslangan tashhis asosida yanada ishonchli rejalashtirishni amalga oshirilishi bilan harakterlanadi. Tarbiya sohasida ilmiy tashhisning o‘rni beqiyos bo‘lib, tarbiya o‘z tabiatiga ko‘ra kelajakka qaratilganligi bilan harakterlanadi. Diagnostik, pedagogik hodisalar holatini, o‘qituvchilar va o‘quvchilar faoliyatini samaradorligini ta’minlash sharoitlarini aniqlash bilan ifodalanadi. Prognostik pedagogik borliqda eksperimental tadqiqotlarni tashkil etish, prognostik daraja pedagogik hodisalar mohiyatini ochib berishni nazarda tutadi. Ushbu darajada ta’lim va tarbiya nazariyalari, pedagogik tizim modellari yaratiladi.
Pedagogikaning amaliy funksiyasining mohiyati shuki, fundamental bilimlar asosida pedagogik amaliyot takomillashib boradi, yangi metodlarni, vositalarni, shakllarni, ta’lim tizimlarini, ta’lim tizimlarini boshqarishni ishlab chiqadi. Barcha funksiyalar aloqadorligi turli turdagi o‘quv tarbiyaviy muassasalardagi pedagogik jarayonning vazifalarini to‘liq hal etishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |