chiqarishni rivojlantirish axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi.
Elektron hukumat
O’zbekiston Respublikasi "Elektron hukumati haqidagi" qonuni bajarilmoqdaO’zbekiston
Respublikasi
"Elektron hukumati haqidagi " qonuni muvofiqligida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
" Davlat elektron xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha tartibini takommillashtirish to’g’risidagi" 2016 yil 02
iyundagi 184-sonli qarori va ushbu qaror ijrosini nazorat qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 03 iyundagi 08/1-832-sonli rejasini bajarish, hamda "O’zbekiston temir
yo’llari" AJ tomonidan ko’rsatilayotgan davlat xizmatlarini elektron shaklga sifatli o’tkazishni ta’minlash
maqsadida, temir yo’l sohasida ko’rsatilayotgan ruhsat berish bilan bog’liq davlat xizmatlarini elekron
shaklga o’tkazish bo’yicha “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruvi raisining buyrug’i va ruhsat berish
bilan bog’liq davlat xizmatlarini elekron shaklga o’tkazish jadvali ishlab chiqidi.
2015 yil 9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Elektron hukumat
to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekishi
jamiyatimizda idoralararo
, idoralar va fuqarolar,
tadbirkorlar
o‘rtasidagi elektron munosabatlarning rivojlanishi, fuqaro manfaatlarining mustahkam himoyalanishi,
Internet tarmog‘ida ta’lim-tarbiyaviy, foydali kontentning yaratilishi, axborotlashtirish sohasida katta
o‘zgarishlarning keng qamrovli yangi bosqichini boshlab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 18 fevraldagi 5349-son "Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini
ta'minlash, shuningdek, mamlakatda raqamli iqtisodiyotni, zamonaviy axborot texnologiyalarini davlat
boshqaruvida tatbiq etishni rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta'minlash ko‘zda tutilgan hujjat
loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon
qilindi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra,
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishda quyidagi yo‘nalishlar belgilab olingan:
— davlat va xo‘jalik
organlari, mahalliy davlat organlarining joylarda zarur
axborot tizimlari va
resurslarini, dasturiy ta'minot va elektron xizmatlarning joriy qilinishini muvofiqlashtirishlarini belgilab
olish;
— mamlakatda raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari bozorini, jumladan davlat xususiy
sherikchiligi asosida texnopark va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilish orqali xorijiy
sarmoyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish;
— zamonaviy telekommunikatsiya
infratuzilmasi
, aloqa texnologiya va tarmoqlarini rivojlantirish,
zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirishni joriy
qilishni muvofiqlashtirish
;
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 18 fevraldagi 5349-son "Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini
ta'minlash, shuningdek, mamlakatda raqamli iqtisodiyotni, zamonaviy axborot texnologiyalarini davlat
boshqaruvida tatbiq etishni rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta'minlash ko‘zda tutilgan hujjat
loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon
qilindi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra,
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishda quyidagi yo‘nalishlar belgilab olingan:
— davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat organlarining joylarda zarur axborot tizimlari va
resurslarini, dasturiy ta'minot va elektron xizmatlarning joriy qilinishini muvofiqlashtirishlarini belgilab
olish;
— mamlakatda raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari bozorini, jumladan davlat xususiy
sherikchiligi asosida texnopark va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilish orqali xorijiy
sarmoyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish;
— zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi, aloqa texnologiya va tarmoqlarini rivojlantirish,
zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirishni joriy qilishni muvofiqlashtirish;
— davlat boshqaruvida va iqtisodiyot sohalarida elektron xizmatlarni joriy qilish,
elektron tijorat va
dasturiy ta'minot bozorini rivojlantirish orqali raqamli iqtisodiyotni yuksaltirish;
— Internetning milliy segmentini, raqamli media-kontentni tashkiliy, moddiy-texnik va iqtisodiy qo‘llab-
quvvatlash orqali rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
— shahar va hududiy infratuzilmani boshqarishda foydalanish, xususan turar-joy va kommunal xizmat
ko‘rsatish, transport logistikasi, xavfsiz va «aqlli shahar» uchun «aqlli tizim»larni ishlab chiqish;
— malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Komissiyaga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
— ikki oy muddatda davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining holati, jumladan
axborot tizimlari va kadrlar bilan ta'minlanganlik holatini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish;
— 2018 yilga qadar mazkur yo‘nalishni takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar
kiritish.
Shu bilan birga, 2030 yilga qadar «Raqamli O‘zbekiston» konsepsiyasini ishlab chiqish yuzasidan ham
chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Qaror loyihasi muhokamasi joriy yilning 31
avgustiga
qadar davom etadi.