29-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida
O‘zbekiston Respublikasi hamda Yaponiya hukumatlari kelishuviga muvofiq mamlakatimizdagi OTMlar
orasida yagona bo‘lgan, qiymati 1,6 mln. AQSh dollarini tashkil etuvchi o‘quv media-markazi ochildi.
O‘quv media-markazining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining
(JICA) vitse-prezidenti janob Kazuxiko Kashikava, Yaponiya elchisi
janob Fujiyama Yoshinori
,
universitet professor-o‘qituvchilari, OAV vakillari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Ochilish marosimidan so‘ng tadbir ishtirokchilari va mehmonlarga media-markazning barcha
imkoniyatlari, eng ilg‘or
texnologiyalar, uning faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
O‘quv media-markazida xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish,
ta’lim tizimida eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, talabalarga amaliy
ko‘nikmalarni rivojlantirishda foydalaniladi. Bu orqali zamonaviy media makoniga yuqori tajribaga ega
bo‘lgan mutaxassislarni yetkazib berish maqsad qilingan.
4 sentabr kuni, Toshkentdagi Xalqaro savdo markazida ICTWEEK-2019
haftaligi oldidan matbuot
anjumani tashkil etildi. Unda «O‘zbektelekom» AK, Huawei kompaniyasi, Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT texnoparki vakillari ishtirok etishdi. Mutasaddilar
haftalik doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar, tanlovlar, xalqaro hamkorlik va boshqa muhim masalalar
haqida ma'lumot berishdi. Jumladan, 5G tarmog‘i borasida «O‘zbektelekom» AK tijorat direktori v.b
Alisher Zufarov kengroq axborot berdi.
Aholi imkoniyatini hisobga olib, keyin texnologiyani yaxshilashga e'tibor bersak,
ancha orqada qolib
ketishimiz mumkin. 14 sentyabrda Toshkent univermagida test rejimida 5G’ni ishga tushirdik. Keyin
«O‘zekspomarkaz»da xuddi shu jarayon o‘tkazildi. U yerda 5G tarmog‘iga ulangan smartfon,
kompyuterlar namoyish etildi. Bu tarmoqni keng foydalanuvchilarga taqdim qilishdan oldin qiladigan
ishlarimiz ko‘p.
Eng avvalo
, malakali kadrlarni tayyorlash. Keyingi bosqichlarda 5G’ni aholi gavjum
hududlarga o‘rnatish mo‘ljallangan. Shuningdek, qancha qurilma sotib olishimiz kerakligi, qancha
mablag‘ ketishi masalalari ham bor», deydi Zufarov.Uning ta'kidlashicha, O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini
ishga tushirishga kamida bir yoki bir yarim yil vaqt ketadi. Ba'zan rejalar amaliyotdan farq qiladi.
Ko‘rsatilgan muddat qisqarishi ham mumkin.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani bo'lib o'tdi(4.11.19)
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2019
yil 4 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumanini o‘tkazdi.
Matbuot anjumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari
Q.Yuldashev va “O‘zbektelekom” AK vakillari ishtirok etdilar.
Matbuot anjumani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 19 fevraldagi
PF-5349-son Farmoni ijrosiga bag‘ishlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2018 yil 19-fevraldagi PF-5349-son Farmoni
asosida Axborot texnologiyalari vazirligining asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor
vazifalari belgilab
berilgan.
Telekommunikatsiyalar yo‘nalishida operator va provayderlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar
natijasida respublika bo‘yicha, 786,0 ming portli keng polosali texnologiyalarga asoslangan uskunalar
o‘rnatilib, ularning jami sig‘imi 1,87 mln. portga yetkazildi, shundan 125 ming port (16 foiz) 330 ta
qishloq joylariga to‘g‘ri keldi.9 000 km optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 35,6 ming
km.ga yetkazildi va buning natijasida 3 117 ta maktab, 1646 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 962 ta
tibbiyot muassasalari optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab olinishiga erishildi, shuningdek, 201 ta
davlat xizmatlari markazlarining ob’ektlari, 544 ta sudlar ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulandi.
Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida mobil aloqa operatorlari tomonidan 1 605
ta baza
stansiyalari o‘rnatilib, tarmoq modernizatsiya qilindi, shundan 132 tasi “Obod qishloq” dasturi doirasidagi
hududlarga to‘g‘ri keladi.
Xo‘jalik yurituvchi subektlar, telekommunikatsiya tarmoqlari operator va provayderlari tomonidan 650
dan ortiq Wi-Fi tarmog‘i orqali Internetga ulanish nuqtalari o‘rnatilib, ishga tushirildi.
Shu bilan birga axborot texnologiyalarini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha respublikamizda milliy UZ
domenida ro‘yxatdan o‘tgan faol domenlar soni 71 mingdan oshdi.
Respublikada Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishni rivojlantirish yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga
oshirildi, jumladan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 yanvardagi 17-son qarori bilan Hindistonning
dasturiy texnologiyalar texnoparki bilan hamkorlikda hind ilg‘or tajribasi asosida Dasturiy mahsulotlar va
axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etildi. Joriy yil 24 iyuldan boshlab Texnopark faoliyati
yo‘lga qo‘yilib, hozirda Texnoparkda 300 dan ortiq rezident-korxona mutaxassislari faoliyat yuritmoqda.
Bugungi kunda pochta aloqasini rivojlantirish bo‘yicha bir
qator ishlar amalga oshirilib, “O‘zbekiston
pochtasi” AJ tomonidan pochta aloqasini yanada rivojlantirish maqsadida 10 ta yangi qo‘shimcha xizmat
turlari joriy etildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga xorijiy
mamlakatlardan 16 ta professor-o‘qituvchilar jalb qilindi Bugungi kunda universitetda 28 ta doktorlik ishi
himoyasi o‘tkazildi. Ushbu universitet tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma
fakulteti tashkil etilib
,
2019/2020 o‘quv yilida qo‘shma fakultetga 505 ta talaba qabul qilindi.
Prezidentimizning 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan Toshkent shahrida Amiti universiteti
tashkil etilib, joriy yil 24 sentyabrdan boshlab universitet rasman o‘z faoliyatini boshladi. Hozirda 502
nafar talaba tahsil olmoqda.
Prezidentimiz tomonlaridan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbusi doirasida Aholi va
yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga
qaratilgan, shuningdek ularni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish
maqsadida respublika bo‘yicha 18 ta IT-tadbirkorlik va raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil
etildi.
Matbuot anjumani so'ngida savol-javoblar bo'lib o'tdi. Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish
borasida "O‘zbektelekom" AK jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: