O'zbekiston ssrning tashkil topishi
Reja:
1. O'rta Osiyoda milliy-davlat chegaralanishining o'tkazilishi va uning ijtimoiy-siyosiy oqibatlari.
2. O'zbekiston SSRning 1927-yilgi Konstitutsiyasi.
3. 1920-yilning ikkinchi yanni va 30-yillarnihg ikkinchi yarmida huquqda yuz bergan o'zgarishlar.
O'zbekiston ssrning tashkil topishi
O'rta Osiyoda milliy-davlat chegaralanishining o'tkazilishi va uning ijtimoiy-siyosiy oqibatlari Oktabr harbiy to'ntarishidan so'ng sho'rolar hukumati O'rta Osiyo nududlarida ikki xil kurash yo'lini tanlab oldi:
Birinchi yoi - istiqlolga, milliy-ozodlikka otlangan tub yerli musulmon aholini zo'rlik bilan, kuch bilan bostirish, uning rahbarlarini qirib bitirish.
Ikkinchi yo'l g'oyaviy-mafkuraviy jabhada olib borildi. Bunda sho'rolar hukumati va komfirqa keng mehnatkashlar ommasining ongi»a tinch kurash vositalari orqali g'oyaviy-siyosiy, mafkuraviy sohada ta'sijj ko'rsatish yo'lidan bordi. Bu yo'lni amalga oshirish niyati bilan sho'rolar hukumati Turkistonni parchalab SSSR tarkibidagi muxtor jumhuriyatga aylantirdi: Xorazm va Buxoro «Xalq Sho'ro jumhuriyatlari»ni tuzdj-Turkiston, Xorazm va Buxoro komfirqasi, kasaba uyushmasi, kommunistik yoshlar tashkiloti (komsomol), pioner tashkiloti va uning qoshida oktyabryatlar guruhlari shakllantirildi.
Ana shu juda katta kuch vositasi orqali xalq ommasi ongiga Sho'rolar va komfirqa rahnamoligida amalga oshirilajak «xalqchil» va dunyoda «eng adolatli va demokratik» sotsialistik, kommunistik tuzumning afzalliklari g'oyalari to'xtovsiz singdirib borildi. Bu siyosatning markazida dunyodagi eng adolatli deb atalgan «lenincha milliy siyosat» turdi. Bu siyosatning bosh talabi «miUatlarning to milliy mustaqil davlat bo'lib ajralib chiqishiga qadar o'z taqdirini o'zi belgilashi» edi. Ammo, bu bosh talab faqat tashviqot uchungina ishlatiladigan siyosat bo'lib, amalga oshmaydigan quruq so'zlardan iborat edi.
«Lenincha milliy siyosat»ning asl maqsadlari nimalardan iborat edi?
Birinchidan, siyosiy sohada O'rta Osiyoni milliy jihatdan parchalab tashlash, uning milliy mustaqil davlat sifatida shakllanishi va oyoqqa turishini abadul-abad yo'q qilish, hududiy jihatdan ularni Rossiya Federatsiyasining bo'linmas tarkibiy qismiga aylantirish.
Ikkinchidan, iqtisodiy sohada O'rta Osiyo Rossiyaning xom ashyo yetkazib beruvchi bazasi bo'lib qolishi lozim edi.
Uchinchidan, ma'naviy-mafkuraviy sohada o'lkada «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat» shiori asosida amalda ruslashtirish siyosati olib borilishi va u kelajakda tub yerli aholining «velikoruslar» bilan qo'shilib, asimilatsiyalashib ketishiga xizmat qilmog'i kerak edi. Sho'ro hukumati va komfirqa o'zining bu strategik bosh dasturiy maqsadini juda ustalik, ehtiyotkorlik va ayyorlik bilan, rejali sur'atda, ammo og'ishmay amalga oshirdi.
Komfirqa hukmronligini ifoda etuvchi sho'ro hukumati imperialistlarning «Bo'lib tashla, hokimlik qil» siyosatini yanada ayanchliroq ko'rinishlarda davom ettirdi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad O'rta Osiyo xalqlariga birlashish imkonini bermaslik, ularning birligi, madaniyati, tili va urf-odatlarini parchalash, markazga qaramligini oshirish, ruslashtirishni tezlashtirish va milliy-ozodlik harakati kuchlarini, parokandalashdan iborat bo'ldi. Shu maqsad yo'lida O'rta Osiyoni qayta taqsimlash masalasini birinchi bo'lib 1920-yilning boshida «Turkkomissiya» raisi M. Rudzutak ko'taradi. Uni Lenin ma'qullab, «O'zbekiya», «Kirgiziya», «Turkme-niya» xaritasini tuzish vazifasini topshiradi. Buni amalga oshirish uchun fad firqaviy targ'ibot, tashviqot va tazyiq boshlanadi. Bunga javoban furkiston birligi uchun kurashayotgan jadid ziyolilari O'rta Osiyo federatsiyasini tashk.il etish taklifini o'rtaga tashlaydilar. Xorazm komfirqa-sining mas'ul kotibi Q.Odinayev Markaz fikriga qarshi bo'lgani uchun ishdan olinadi. Markaz xohish-irodasi firqa orqali mahalliy xalq «xohish-irodasi»ga aylantirilib, uning «talabi»ni qondiruvclii qarorlar qabul qilinadi. O'rta Osiyoda O'zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Qora Qirg'iz (Qirg'izis-ton) muxtoriyati, O'zbekiston SSR tarkibida Tojikiston muxtoriyati, shuningdek, Qoraqalpoq muxtoriyatini tashkil etish, Turkistondagi qirg'iz (qozoq)larni Qozog'iston SSRga qo'shish rejasi ishlab chiqiladi. Ularnmg hududi va mulkini aniqlash RKP(b) Markaziy Qo'mitasi O'rta Osiyo byurosining maxsus komissiyasiga topshiriladi. Bu komissiya O'rta Osiyoni avvaldan belgilangan reja bo'yicha railliy-hududiy jihatdan bo'lib chiqadi.
1925-yil 13-fevralda Buxoroda O'zbekiston SSR Sovetlarining I syezdi ochildi. U 17-fevralda «O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining tashkil topishi to'g'risidagi deklaratsiya»ni qabul qildi. Deklaratsiya O'zbekiston SSR tashkil topganligini qonunan rasmiylashtirdi va O'zbekiston SSRning ixtiyoriy ravishda SSSR tarkibiga kirganligini e'lon qildi. Deklaratsiyada qayd qilib o'tilganidek, «shu kundan e'tiboran o'zbek xalqi hududida Toshkent, Samarqand, Farg'ona, Qashqadaryo, Zarafshon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarini o'z ichiga olgan bu xalq tarixida birinchi marta ishchi va dehqonlarning ittifoqdosh O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi ta'sis etiladi, unga Tojikiston Avtonom SSR kiradi».
1925-yil 13-mayda SSR Ittifoqi Sovetlarining III syezdi Turkmaniston va O'zbekiston respublikalarining SSR Ittifoqi tarkibiga kirishi to'g'risida shu respublikalar «xalqlarining erkin xohishi»ni inobatga olib tasdiqladi.
Shu tariqa, O'zbekiston ittifoqdosh respublikasining qonunan rasmiylashtirish jarayoni tugallandi va jahon xaritasida SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublika bo'lgan O'zbekiston milliy sovet respublikasi paydo bo'ldi. Shunday qilib, 1924-yilning oxiri bolshevizmning O'rta Osiyoni milliy-hududiy chegaralash borasidagi siyosati amalga oshirilishi bilan
nishonlandi.
Mintaqa xalqlariga majburan tiqishtirilgan bu siyosatni amalga Oshirish uchun vaqt va mablag' bilan bir qatorda katta kuch-g'ayrat prflash talab qilindi. Birinchi davrda - milliy chegaralanish g'oyasi Paydo bo'lgan 1920-yildan 1924-yilgacha, uni amalda ro'yobga chiqarish DOshlangan paytgacha, uning mafkuraviy, siyosiy, madaniy-ma'naviy *soslash va shundan keyingi harakatlar uchun zamin tayyorlash niexanizmi ishga tushirildi. «Yagona turkiy millat bo'lmaganidek, yagona tUrkiy madaniyat va yagona turkiy til ham yo'q» degan shiorlar ostida to'rt yil mobaynida dastlab Turkiston, keyinroq Buxoro va Xorazm respublikalari xalqlari ongiga keng miqyosda tazyiq o'tkazildi, mil]j| o'xshash tuzilmalarning shakllanish jarayonidagi integratsiya sun'j| ravishda jadallashtirildi. Ikkinchi davr, 1924-yilda bevosita m\[\]i chegaralanish o'tkazildi, uni boshdan oxirigacha RKP(b) MQ rahbariyat: va uning muxtor vakillari rahbarligida O'rta Osiyo partiya tashkilotlarj amalga oshirdilar. MahalJiy xalqlarning xohish-irodasi mutlaqo hisobgi olinmadi va ularni o'rganish mexanizmi ishlab chiqilmadi.
Xalqlarni milliy chegaralash g'oyalarini amalga oshirish bolshevik-larning taktik ustaraonligi bilan muvaffaqiyatli ro'yobga chiqarildi, Avvalo, bu g'oyaning dastlabki vazifasi hal etildi - turkiylar birligj raafkurasiga va amaliyotiga sezilarli zarba berildi. Milliy tuzilmalar tashkil etilishi, ularga «milliy davlatchilik» maqomi berilishi bilan Markaz mintaqa xalqlarining diqqatini tashqi dushmandan (ular uchun tashqi dushman Markazning o'zi edi) ichki muammolarga yo'naltirishga muvaffaq bo'ldi.
Lekin bu eng asosiysi bo'lib, bolsheviklar bu harakat bilan o'zlarining strategik niyatlarida ham muhim yutuqlarni qo'lga kiritdilar. RSFSRning Turkiston Avtonom Respublikasi bilan bir qatorda milliy-hududiy chegaralanishiga huquqiy jihatdan mustaqil Buxoro va Xorazra respublikalarining ham jalb qilinishi, ularning qismlarga bo'linishi va uiar asosida yangi milliy tuzilmalarning tashkil topishi, ularning SSSR tarkibiga kiritilishi natijasida O'rta Osiyoning bu ikki qadimgi davlati dunyoning siyosiy xaritasidan butunlay yo'q qilindi.
Shu davrdan boshlab qadimiy Turkiston hududi bolsheviklar davlatining ikki g'ildirakli aravasiga mustahkam bog'lab qo'yildi.
O'rta Osiyo davlatchiligining ming yillik rivojlanish tarixiga putur yetkazikli. Hukmron sulolalarning tez-tez almashishiga, makon-hudud mezonlarining o'zgarishiga qaramay, O'rta Osiyo davlatchiligining asosini tashkil qilgan muhit - uning aholisi tarixan turli etnik guruhlardan tashkil topganligi va uning tarqoq holda joylashganligi, uning o'ziga xos bo'lgan xo'jalik, maishiy, diniy, ma'naviy-madaniy hayotining mushtarakligi o'zgarmay qolaverardi. Har bir etnik guruh o'zining muayyan joyiga ega bo'lgani holda bu mushtaraklikning tarkibiy, o'zgarmas teng qiymatga ega bo'lgan qismi bo'lib turaverardi. Endi esa, ittifoqdosh, muxtor respublikalar va viloyatlarning tashkil topishi bilan millatlarni farqlash, tabaqalash joriy etildi.
Shunday qilib, millatning bir qismi o'z ota-bobolari yerida yashab, mehnat qilsa-da, rasmiy ta'rifga ko'ra, «oz sonli millat»ga aylanib qolgan edi, bu esa ularning ongiga ta'sir qilmasdan qolmasdi, o'z huquqlarining qandaydir poymol qilinganligida deb tushunardilar.
Aslida, bolsheviklar andozasidagi milliy-hududiy chegaralanish O'rta Osiyo xalqlari o'rtasidagi bo'lajak millatlararo munosabatlar jarayonlafl ostiga ma'lum vaqtda portlaydigan mina qo'yish degan gap edi, ular favqulodda vaziyatlarda portlab, turli nizolar va keskin holatlar keltirib chiqarishi muqarrar edi.
Shu bilan birga, yangi tuzilmalarni O'rta Osiyo xalqlarining «milliy (javlatchiligi» tashkil etilganligi sifatida baholash ham to'g'ri bo'lmasa kerak. Chunki SSSR tarkibiga kirish va SSSRning tashkil topganligi haqidagi Shartnomaning imzolanishi, bu yerda RKP(b) MK O'rta Osiyo byurosining, O'rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining va boshqa shunga o'xshash butunittifoq idoralarining saqlanib qolishi bilan davlatga xos bo'lgan hokimiyat vazifalari va vakolatlarning barchasi Markaz ixtiyorida bo'lib qoldi. O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning jonli iborasi bilan aytganda, O'rta Osiyoda tashkil qilingan bu tuzilmalar davlat bo'lib shakllanmagan (davlatga o'xshash) tuzilmalar edi.»' Mazkur tuzilmalar suverenitet va rnustaqillikdan batamom mahrum edilar, ular aslida SSSRning ma'muriy-iqtisodiy rayonlari darajasiga tushirilgan bo'lib, tashkil etilayotgan vaqtlaridayoq ularga asosan Markazning manfatlariga xizmat qilish, xom ashyo yetishtirish kabi vazifalar aniq qilib belgilab berilgan edi.
O'zbekiston SSRning 1927-yilgi Konstitutsiyasi
O'zbekiston SSR tashkil qilinganidan so'ng respublika davlat boshqaruvi organlari ittifoq organlari tartibida va ular andozasida tuzildi. Bu ittifoqdosh respublikalarni Markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga, takomillashgan mustahkam shakli edi.
Shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari va ularning apparati vujudga keltirildi, yangi ma'muriy-hududiy bo'linish amalga oshirildi. Oldiniga respublikaning viloyat bo'linishidan okrug bo'linishiga o'tildi, keyin yana viloyat bo'linishiga qaytildi, tumanlar va qishloq kengashlarining keng tarmog'i tuzildi. Ma'muriy-hududiy islohotlar sovetlarni mustahkamlash va ularni aholiga yaqinlashtirish bahonasida o'tkazilardi. Aslida esa ular kommunistik rejim tomonidan partiya-davlat apparatining cheksiz hukmronligini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilar edi.
1927-yil mart oyida O'zbekiston Sovetlarining II qurultoyi respublika Konstitutsiyasini qabul qildi, bu Konstitutsiya qat'iyan sinfiy tusda bo'lib, bolshevikcha ekstremizm mafkurasi bilan sug'orilgan edi. Konstitutsiyaga muvofiq «mehnatkash bo'lmagan» qatlamlardan chiqqan ko'pgina ijtimoiy febaqalar, dindorlar va boshqalar saylov huquqlaridan mahrum etilgandi. Su bilan aholining anchagina qismi kommunistik rejim tomonidan davlat Sjurilishida va ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishdan chetlashtirilgan edi.
Konstitutsiyaga «Mehnatkash va ekspluatatsiya qilinuvchi xalqja. huquqlari» Deklaratsiyasi, «O'zbekiston SSRni tashkil qilinishi to'g'risidaw Deklaratsiya, SSSR Sovetlari III-syezdining «O'zbekiston SSRni Ittifoi tarkibiga qo'shish» to'g'risidagi qarori, SSSRning 1924-yiJgi KonstitutsiyaJ asos qilib olindi. Konstitutsiya 8 bo'lim, 17 bob, 114 moddadan iborat
Konstitutsiya O'zbekiston SSRning tashkil qilinganligini, O'zbekiston hududida proletariat diktaturasi o'rnatilganligini, milliy davlat tuzilganliginj xususiy mulk bekor qilinganligini qonunlashtirdi. Shuningdek' Konstitutsiyada O'zbekiston SSR ishchi va dehqonlarning sotsialistik davlati ekanligi, unda butun hokimiyat ishchi dehqon va qizil askar deputatlari Sovetiga o'tganligi, asosiy ishlab chiqarish qurollariga nisbatan davlat mulkchiligi belgilanganligi e'lon qilindi.
Konstitutsiya bo'yicha O'zbekiston SSR davlat hokimiyatining oliy organi O'zbekiston Sovetlar Qurultoyi, qurultoylar o'rtasidagi davrda Sovetlar Markaziy Ijroiya Qo'mitasi, lining sessiyalari orasida MIK Prezidiumi, oliy boshqaruv organi respublika Xalq Komissarlar Soveti, mahalliy davlat hokimiyati idoralari okrug va tumanlarda Sovetlar qurultoyi, qurultoylar o'rtasidagi. davrda Sovetlarning ijroiya qo'mitalari, shahar va qo'rg'onlarda Sovetlar sessiyalari o'rtasidagi davrda ularning ijroiya qo'mitalari qishloqlarda qishloq Sovetlari etib belgilangan.
Doimiy ishlab turuvchi O'zbekiston MIK hukumat va boshqa vazirliklarning davlat organlari faoliyatini boshqarib turish, ularning ishlarini muvofiqlashtirish, Konstitutsiya va boshqa qonunlarning bajarilishini nazorat qilib borish bilan shug'ullanishi belgilandi. Konstitutsiyada fuqarolarning huquqiy holati, ularning huquq va erkinliklari ham ko'rsatilgan edi va unda «mehnatkashlar» va «fuqaro» tushunchalari izohlab o'tilgan. Shu bilan birga mehnatkashlarning huquq va erkinliklariga alohida e'tibor berilgan. Konstitutsiya mehnatkashlarga o'z fikrini erkin bildira olish, majlis qilish, birlashmalar tuzish huquqini berdi. Lekin fuqarolarning bu huquqlari hech qanday kafolatlanmadi.
O'zbekiston tarkibiga Tojikiston ASSRning kirganligini inobatga olib, Konstitutsiyaning tegishli boblari, jumladan, gerbi, o'zbek, tojik va rus tillarida yozib qo'yildi.
1920-yilning ikkinchi yarmi va 30-yiIlarning ikkinchi yarmida huquqda yuz bergan o'zgarishlar
O'rta Osiyoda milliy davlatlarning tashkil etilishi huquq sohasida qator o'zgarishlar bo'lishiga olib keldi. Bu asosan yangi tashkil topgan respublikalarning o'z huquq manbalarini yaratilishi orqali amalga oshirildi. ;
O'zbekiston SSRning 1927-yilgi Konstitutsiyasi asosida huquqning turli sohalari bo'yicha qator normativ huquqiy aktlar qabul qilingan. Bular O'zbekiston SSRning Grajdanlik kodeksi (1927 y.), Grajdanlik jrotsessual kodeksi (1927 y.), Nikoh, oila, vasiylik va grajdanlik holatlarini qayd qilish haqidagi kodeksi (1929 y), Yer-suv kodeksi (1929 y.), Jinoyat protsessual kodeksi (1929 y.) va boshqalardir.
Oila huquqiga oid ayrim muaramolarni qal qilish maqsadida adliya xalq komissarligi 1926-yil 25-fevralda «Xotin-qizlarni huquqiy ujnloyalash to'g'risida»gi yo'riqnomasini qabul qildi. Bunga asosan nikoh ishlarini qozi sudlarida ko'rish ishlari tugatildi. Bu davrda nikohni qayd etish masalalari, mahalliy sharoitni hisobga olgan holda, ayrim qo'shimcha va o'zgartirishlar bilan to'ldirilgan RSFSRning 1918-yilgi oila va nikoh kodeksi asosida hal etilardi.
Oila, nikoh, vasiylik va grajdanlik holati aktlarini qayd qilish haqidagi 1927-yilda ishlab chiqilgan yangi kodeks O'zbekistondagi birinchi oila-nikoh kodeksi edi. Unga ko'ra, nikohga kirishning asosiy shartlari p'zaro rozilik va nikoh yoshiga yetganlik talab qilindi (xotin-qizlar uchun 18 yosh), yaqin qarindoshlar o'rtasida nikohga kirish, ko'p xotinlik qoralandi, shuningdek nikohga kiruvchilarning diniy, milliy va ijtimoiy kelib chiqishi bilan bog'liq chegaralanishlar taqiqlandi. Nikoh bekor qilingach mehnatga qobiliyatsiz tomonning uch yil davomida nafaqa olib turishi belgilandi.
Bu davrda qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, O'zbekiston Sovetlarining I-syezdi tomonidan qabul qilingan «O'zbekiston SSRning tashkil topganligi to'g'risida»gi Deklaratsiya, «Xo'jalik qurilishi haqida»gi, «Hokimiyatni yangi saylangan O'zbekiston SSR Sovetlari MIKga berish to'g'risida»gi qarorlari, shuningdek, O'zSSR Sovetlari MIK va uning Prezidiumi tomonidan qabul qilingan «Quyi davlat idoralarini mustahkamlash to'g'risida»gi Nizomini tasdiqlash haqida»gi, O'zbekiston SSRning 1925-J 926-yiIgi davlat budjeti rejasi va boshqa aktlarning qabul qilinishini O'zbekistonda yangi huquqiy tizimning paydo bo'lishi va rivojlanishiga olib keldi.
TASSRning 1922-yil 23-noyabrdagi qozi sudlari haqida qabul qilingan Nizomining 14-moddasiga binoan qozi va biy sudlarida, shariat qonunlari va odat qoidalariga asoslanib ish ko'rish jarayonlari yangi huquqning asosiy qoidalariga zid kelmasligi shart qilib qo'yildi. Sovet davlati qishloq jpylarida 1925-yilda yer-suv islohotini, shaharlarda esa, uylarni Wiilliylashtirish va ularning egalaridan shahar Sovetlariga olib berish anialga oshirildi.
1922-yildagi Mehnat qonunlari kodeksi qo'llanilib, mehnat huquqining nie'yorlari mehnat shartnomasi va jamoa shartnomalari tuzish, dam °lish, ish haqi, ish vaqti me'yorlarini tartibga solishga qaratilgan, Bu kasaba uyushmalari jamoa shartnomasining faol ishtirokchisi tanildi. Jamoa shartnomasi ishxona ma'muriyati bilan kasaba uyushma tashkiloti o'rtasida bir yil muddatga tuzilib, u ikki xil ko'rinishdj bo'ldi: bosh va lokal shartnomalar. Bu shartnomalar muhim huquqiy shakllardan bo'lib, fuqarolarning mehnat jamoalarida ishchi va xizmatchj sifatida faoliyat ko'rsatishlarida katta rol o'ynadi.
O'zbekiston SSR JK 1926-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiritildj. Unga RSFSRning 1924-yildagi «Jinoyat huquqining boshlang'ich qoidalari» asos bo'lib xizmat qilgan. Ushbu kodeks umumiy va maxsus qismlardan iborat bo'lib, mavjud 292-moddadan 56 tasi umumiy qismga 236 tasi esa maxsus qismga bag'ishlangan. Umumiy qism 4 ta bo'limdan iborat edi. O'zbekiston SSR JK RSFSR Jinoyat Kodeksidan farqli ravishda boshqarish tartibiga qarshi qaratilgan jinoyatlarni ham juda xavfli jinoyatlar deb hisoblagan. Jinoyat Kodeksida yangi ijtimoiy davlat tuzilishini va uning huquqiy tartiblarini, shuningdek grajdanlarning huquq va manfaatlarini qo'riqlash maqsadida jazoning og'ir turlari ko'rsatildi.
JPK 1926-yilda qabul qilinib, u 1924-yildagi Ittifoq va ittifoqdosh respublikalar jinoyat sud yuritish asoslariga muvofiq holda ishlab chiqilgan edi. U o'zgartirish va qo'shimchalar bilan 1929-yilgacha amalda bo'ldi. Kodeks 6 bo'lim 455 moddadan iborat edi.
JPKdan jinoyat sud ishlarini yuritish asoslari, dalillar haqidagi normalar, sudning ushlab turish tartiblari va muddatlari, jinoyat ishini qo'zg'atish tartiblari va dastlabki tergov asoslari kabi qacor normalar joy olgan. Shuningdek, kodeksda jinoyat ishlarini xalq sudida ko'rishning tartibi, oblast sudlari va harbiy tribunallarda hamda O'zbekiston SSR Oliy sudida sud ishlarini yuritish asoslari, tartiblari ham o'z ifodasini topgan. Kodeksning so'nggi bo'limida hukmning ijro tartibi, muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilish tartibi, shuningdek, shartli hukmlarni va muddatidan ilgari shartli ozod qilishlarni bekor qilish tartiblari ko'rsatilgan.
O'zbekiston SSR MIK Prezidiumining 1927-yil 22-oktabr qaroriga asosan GPK respublikaning barcha hududlarida 1928-yil yanvar oyidan boshlab kuchga kiritildi. Kodeks besh qismdan tashkil topgan bo'lib, unda grajdanlik jarayonining asosiy mazmuni, sud daromadlari va xarajatlari, jarimalari, sud jarayoni ishtirokchilarini chaqirishning tartibi va protsessual muddatlar ko'rsatilgan.
GPKning ikkinchi qismida da'vo ishlari bilan bog'liq me'yorlar, uchinchi qismda esa alohida muhim ishlami hal qilish tartiblari, to'rtinchi qismida sud qarori ustidan shikoyat qilish tartiblari va beshinchi qismida sud qarorlari va ajrimlarining ijrosini ifodalovchi normalar o'z ifodasini topgan-1930-yillar «qatag'on» qilish siyosati bilan tarixda qoldi. Jinoyat protsessual qonunchiligida «ixchamlashtirish» yuz berdi. O'zbekiston Adliya xalq komissarligi yangi Jinoyat protsessual kodeksini ishlab chiqdi va u 1929-yil avgust oyidan kuchga kiritildi. 1926-yildag Kodeksdan farqli o'laroq bu Kodeks 175 (455) moddadan iborat edi. Runda surishtiruv va dastlabki tergov institutlari birlashtirildi. Sud organlari qoshidagi tergov organlari prokuratura organlariga olib berildi. Hatto tergovchi prokurorning ayrim nazorat funksiyalari bilan ham di Kodeksda jinoyat ishini kuzatish yoki rad etish asoslari alohida ko'rsatib o'tilmagan edi. Bu esa qonunchilikning buzilishiga 0[ib keldi. SSSR MIKning 1934-yil iyuldagi «Umumittifoq Ichki Ishlar xalq Komissariyatini tashkil qilish to'g'risida»gi qarori bilan Davlat girlashgan Siyosiy Boshqarmasi (OGPU) huzuridagi sud kollegiyasi tugatilib, davlat jinoyatlari va boshqaruv tartibiga qaratilgan jinoyatlarni tergov qilish SSSR Ichki Ishlar Xalq Komissarligi Davlat xavfsizligi idoralariga berildi. Shu bilan birga SSSR va ittifoqdosh respublikalar Oliy sudlari qoshida ushbu turdagi ishlarni ko'rib chiqish uchun maxsus kollegiyalar tuzildi. Vatanga xiyonat qilish, josuslik, terrorizm, qo'poruvchilik kabi jinoyat ishlari Oliy sudning Harbiy kollegiyasi va liarbiy tribunallar sudlovligiga taalluqli bo'ldi. Bundan tashqari Ichki Ishlar Xalq Komissarligi huzurida jinoyat ishlarini ko'rib chiqish huquqi bo'lgan Maxsus Kengash tuzildi.
SSSR MIK 1934-yil dekabrdagi «Ittifoqchi respublikalarning harakatdagi jinoyat protsessual kodekslariga o'zgartirishlar kiritish haqida»gi qaroriga asosan, O'zbekiston SSR MIK ham 1934-yilning 14-dekabrida «Jinoyat protsessual Kodeksining 11-, 93-, 106-, 151-, 167-moddalariga o'zgartirish kiritish va 99-, 166-moddalar bilan to'ldirish haqida»gi qarori qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |