Yillarda Bolgariya va bolgar xalqi. Bolgariyada



Download 29,61 Kb.
Sana11.01.2017
Hajmi29,61 Kb.
#110

Aim.uz

1877-1899 yillarda Bolgariya va bolgar xalqi.

Bolgariyada...

Yuqori qonun chiqaruvchi organ – bir palatali Xalq yig’ini.

Yuqori ijroiya organi – ministrlar soveti.

Davlat tili – bolgar tili.

E`tiqodi – provoslav (85%), musulmon (15%).

Milliy bayrami – Usmoniylar zulmidan ozod bo’lgan kun – 3 mart (1878 y).

1955 yildan BMT, 1992 yildan Yevropa Ittifoqi a`zosi.
1877—1878 yillardagi Rossiya-Turkiya urushi natijasida Bolgariya turklar zulmidan ozod qilindi va bolgar davlatchiligi yangidan vujudga keltirildi.

Urushning eng boshidayoq rus armiyasi bosh qo’mondonligi huzurida fuqaro boshqarmasi tuzilgan edi, bu boshqarmaning vazifasi turklar zulmidan ozod qilingan bolgar oblastlarida davlat tuzilishini barpo qilish edi. Bolgariya territoriyasi ozod qilina borgan sari gubernalar tashkil qilindi. Guberna ma’muriy boshcarmalar boshida rus gubernatorlari turardi, Bolgariyadan rus qo’shinlari chiqib ketgandan keyin bu gubernatorlik vazifalariga bolgarlardan qo’yish uchun maxsus vitse-gubernator vazifasi ta’sis qilingan edi. Shunday qilib, bolgarlariing uzlaridan gubernator kadrlar tayyorlab borilgan edi.

Yana shu bolgarlardan kadrlar tayyorlash maqsadida o’z-o’zini boshqarish idorasi joriy qilingan edi. Gubernatorlar, okrug va shahar hokimlari qoshida saylanuvchi sovetlar (munitsipalitetlar) tuzilgan edi. Qishloqlarda esa jamoa sovetlari tuzilgan bo’lib, bo’lar mahalliy o’z-o’zini boshqarish ishlarining hammasini hal qilar edilar. Okrug va shahar hokimlarining ko’pchiligi bolgarlarning o’zlaridan tayinlanar zdi.

Rus hukumati yangi davlatning Rossiya bilan yaqin do’stlikda va uning homiyligi ostida rivojlanib borishiga harakat qilardi. Shu bilan birga chor hukumati hokimiyatning revolyutsion elementlar qo’liga o’tib qolmasligi uchun choralar ko’rib turardi. Urush tamom bo’lgandan keyin bolgar davlatini tuzishga rahbarlik ishlari rus podsho komissari knyaz Dondukov-Korsakovga yuklangan edi, u shu bilan birga Bolgariyadagi rus okko’paciyachi qo’shinlarining qo’mondoni ham edi.

Rus qo’shinlari Bolgarilni qisqa muddat okko’paciya qilib turgan vaqtlarida (to’qqiz oyda) mamlakatning davlat tuzilishi borasidagi ishlar tugallangan edi. Bolgar milliy armiyasi tuzilgan edi, bu armiya rus hukmdorlari qurol-yarog’ bilan rus ofitserlari bilan ta’minlandi, o’sha zamon ilg’or harbiy texnikasining hamma turlari bilan qurollantirdi. Bolgar ofitser kadrlari tayyorlash maqsadida 1878 yilda Sofiyada harbiy maktab ochilgan edi. Bolgariya armiyasi rus armiyasidan nusxa olib tuzilgan edi.

Yangidan vujudga keltirilgan bolgar davlatining davlat tuzumi 1878 yil aprelida Tirnovda Ta’sis majlisi tomonidan qabul qilingan bolgar knyazligi konstitutsiyasida (Tirnov konstitutsiyasida) uzil-kesil rasmiylashtirilgan edi.

Konstitutsiya loyihasi (Organik ustav) Kondukov-Korsakovning topshirigiga muvofiq rus yuristi S. I. Lukyanov boshliq komissiya tomonidan ishlab chiqilgan, Petrburgda imperator mahkamasi qoshidagi maxsus kengashda ko’rib chiqilib, shundan keyin Ta’sis majlisi muhokamasiga takdim qilingan edi. Konstitutsiya loyihasini muhokama qilish vaqtida Ta’sis majlisida ikki siyosiy oqim - konservatorlar oqimi bilan liberallar oqimi borligi ma’lum bo’ldi. Ta’sis majlisida juda ozchilikni tashkil qilgan konservatorlar sudxo’rlar, yirik savdogarlar, yirik er egalari, shuningdek quloqlarning manfaatlarini ko’zlab ish to’tgan edilar. Konservatorlar qudratli monarxiyachi hokimiyat o’rnatish yo’li bilan mamlakatda o’z hukmronliklarini mustahkamlab olmoqchi, feodalizm qoldiqlarini mumkin qadar ko’proq saqlab qolmoqchi, xalqda siyosiy huquqlar bermaslik ilojini qilmoqchi edilar.

Lekin Ta’sis majlisidagi ko’pchilik burjua liberallardan konstitutsiya loyihasini demokratlashtirish uchun faol kurash olib borgan, o’sib borayotgan bolgar burjuaziyasi namoyandalaridan iborat edi.

Liberallarning qo’li baland keldi. Tirnov konstitutsiyasining uzil-kesil qabul qilingan tekstiga muvofiq, Bolgariya knyazligi xalqdan vakil saylanadigan, meros bo’lib qoladigan va konstitucion monarxiya deb e’lon qilindi. Umumiy, teng va yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadigan bir palatali Xalq majlisi ta’sis qilindi. Xalq majlisi qonun chiqarish tashabbusiga va ijrochi hokimiyat ustidan siyosiy nazorat qilish huquqiga ega edi. Konstrukciyada rasmiy fuqarolik va siyosiy huquqlar hamda erkinliklar — so’z erkinligi, matbuot, majlislar, tashkilotlar zrkinligi e’lon qilingan edi. Xususiy mulk huquqi daxlsiz deb e’lon qilingan edi.

Tirnov konstitutsiyasi o’z zamonasi uchun progressiv ahamiyatga ega edi. Bu konstitutsiya Bolgariyada burjua tuzumining g’alabasini qonun yo’li bilan mustahkamlagan va mamlakatda kapitalizmning rivojlanishiga yordamlashgan edi.

Bolgariya davlati bunyodga kelgan dastlabki kunlardan boshlab, bir tomondan, Rossiyaning, ikkinchi tomondan, g’arbdagi buyuk Yevropa davlatlarining ta’sir o’tkazish uchun kurash ob’ekti bo’lib qoldi. Bu hol Bolgariyaning siyosiy hayotida o’z izini qoldirdi. Buyuk xalq majlisi bolgar taxtiga prus ofitseri, rus imperatricasining jiyani Aleksandr Battenbergni saylagan edi, uni Aleksandr II tavsiya qilgan va Yevropaning boshqa buyuk davlatlari hukumatlari ma’qullagan edilar.

Knyaz Battenberg taxtga o’tirgan kundan boshlaboq Tirnov konstitutsiyasiga xilof ish qila boshladi. U Xalq majlisining irodasi bilan hisoblashmadi, o’z siyosatida konservatorlar partiyasiga suyandi. Ana shu konservatorlar partiyasining roziligi bilan knyaz 1881 yil 27 aprelda Tirnov konstitutsiyasini bekor qilib, davlat o’zgarishi yasadi va diktatorlik idora usulini o’rnatdi. Shunday qilib, u bolgar xalqi bilan nizolasha boshladi. Knyaz taxtda turib qolish uchun Rossiyaning Bolgariyadagi shuhratidan foydalanishga qaror qildi va Aleksandr III ning roziligini olib, bir qancha rus general-larini ministrlik vazifalariga tayinladi. Lekin Bolgariyadagi rus ministrlari Battenberg va konservatorlar Bolgariyani uni ozod qilgan Rossiyadan ajratib olishga va uni g’arbiy davlatlarga qaram qilib qo’yishga urinayotganlarini tezda fahmlab oldilar. Battenbergning bu siyosati Bolgariya armiyasidagi rus ofitserlari o’rniga nemis ofitserlarini qo’yishda, mamlakatni nemis kolonistlariga to’ldirib yuborishda, Bolgariyani Rossiya bilan emas, balki G’arb bilan temir yo’llar orqali bog’lash borasidagi harakatlarida ayniqsa yaqqol namoyon bo’ldi.

Mana shu zaminda rus ministrlari bilan knyaz Battenbergning orasi uzildi: ular iste’fo berib, Bolgariyadan jo’nab ketdilar. Shu vaqtdan boshlab (1883 yil) rus hukumati knyaz Battenbergni Rossiyaning dushmani deb hisoblay boshladi.

Shundan keyin knyaz Battenberg bolgar xalqini o’ziga og’dirib olish uchun 1883 yil sentyabrida Tirnov konstitutsiyasini tiklashga qaror qildi. Shu maqsad bilan Battenberg 1885 yilda Sharqiy Ruminiyada (Janubiy Bolgariyada) boshlangan xalq qo’zg’olonidan foydalandi va Shimoliy Bolgariya bilan Janubiy Bolgariyaning yangidan bir-biriga qo’shilganini e’lon qildi. Rus chor hukumati Battenbergga dushmanligi tufayli va Bolgariya masalasida xalqaro janjallar chiqishidan qo’rqib kib (Bolgariyaning yangidan birlashtirilishi Berlin traktatining rasmiy suratda buzilishi degan gap edi) Bolgariyaning qaytadan birlashuvini tan olmadi. Chor hukumati Bolgariyadagi voqealarga aloqasi yo’qligini ko’rsatish niyatida hamma rus ofitserlarini bolgar armiyasidan chaqirib oldi. Bolqondagi xalqaro janjallar tang paytida, Serbiya bilan Gretsiya Bolgariyaning qayta qo’shilishiga dushmanlik mavqeida turgan bir vaqtda Bolgariya armiyasi juda qiyin ahvolga tushib qoldi. Serbiya qiroli Milan Bolgariyaning yangidan qo’shilishini «Bolqondagi muvozanatning buzilishi» deb bildi va 1885 yil 14 noyabrda serb armiyasi urush e’lon qilmasdan Bolgariya tuprog’iga bostirib kirdi. Bolgariya armiyasi darhol Turkiya chegarasidan olinib, g’arbga tashlandi, Slivnica yonida (Sofiyadan 30 kilometr narida) serb armiyasini engdi, so’ngra bu armiyani Serbiya territoriyasida, Pirot yonida uzil-kesil tor-mor qildi. Shundan keyin Serbiya bilan sulh tuzildi.

Bu g’alaba yangidan qo’shilgan Bolgariyani mustahkamladi va buyuk davlatlar o’rtasida bo’ladigan muzokaralarning oqibati ko’ngildagidek bo’lishini u ma’lum darajada oldindan belgilab berdi. 1886 yil martida Sharqiy Ruminiya masalasi bartaraf qilindi. Sharqiy Ruminiyaga bolgar knyazi general gubernator qilib tayinlandi; Shimoliy Bolgariya bilan Janubiy Bolgariyaning qayta qo’shilishi haqiqat bo’lib qoldi. Lekin Bolgariyaning xalqaro va ichki ahvoli baribir juda og’irligicha qola berdi. Rossiya hukumati Battenbergga, ilgarigidek, dushmanlik munosabatini davom ettiraverdi. Bolgariya moliyaviy va iqtisodiy jihatdan juda katta qiyinchiliklarga duch keldi.

Ana shu sharoitda Bolgariyada: «Bolgariya Rossiyasiz yashay olmaydi» degan shior ostida ijtimoiy harakat vujudga keldi. Bir to’da oliy ofitserlar til biriktirib 1886 yil 9 avgustiga o’tar kechasi knyaz Battenbergni taxtdan voz kechishga majbur qildilar va uni darhol chet mamlakatga jo’natib yubordilar.

Lekin bolgar burjuaziyasining nufuzli yuqori tabaqalari Xalq majlisining raisi Stefan Stambolov rahbarligida Plovdivdagi harbiy qismlarga suyanib, kontr o’zgarish qildilar. Battenbergni taxtdan tushirishga qatnashganlar qamoqqa olindi. Battenberg Bolgariyaga qaytib keldi-yu, lekin endilikda Rossiyaning roziligisiz mamlakatni idora qilishga jur’at etolmadi. Battenberg Aleksandr III dan Battenbergning Bolgariyaga qaytib kelishini podsho ma’qullamaganligi turrisi-dagi telegrammani olgandan keyin taxtdan voz kechib (25 avgustda), hokimiyatni S. Stambolov boshliq valiahd kengashi qo’liga topshirdi. Hukumatga V. Rodoslavov boshchilik Knyaz Battenberg taxtdan voz kechgandan keyin ham Bolgariyada ahvol o’zgarmadi. Valiahd kengashining a’zolari va hukumat Rossiyaning Bolgariyaga ta’sir o’tkazishiga g’irt dushman edilar. Rus hukumatining maxsus elchi baron N. V. Kaul’bars orqali Bolgariyadagi ahvolni o’z foydasiga o’zgartirish, uchun qilgan harakatlari tamomila behuda ketdi. Natijada 1886 yil noyabrida Rossiya bilan Bolgariya o’rtasidagi diplomatik munosabatlar uzildi. 1887 yil avgustida Bolgariya Xalq majlisi nemis shahzodasi Ferdinand Koburgskiyni Bolgariyaga podsho qilib sayladi, bu nomzodni Avstriya-Vengriya tavsiya qilgan edi. Angliya, Germaniya va Turkiya shu nomzodni quvvatlagan edilar.

Knyaz Ferdinand vaqtidagi birinchi hukumatga S. Stambolov boshchilik qildi, u Bolgariyada Rossiyaga qarshi siyosat yurgizuvchi asosiy namoyanda edi. Bolgar xalqining Rossiyaga har qanday xayrihohlik intilishlarini Stambolov shafqatsizlik bilan bo’g’ib tashladi, Tirnov konstitutsiyasini reakcionlik ruhida o’zgartirdi, tutqunlikka asoslangan ajnabiy zayomlar yordami bilan Bolgariyani Harbiy davlatlarga moliyaviy qaram qilib qo’ydi.

Terrorchi stambolovchilik rejimiga qarshi xalq harakati boshlandi, 1891 yilda tashkil topgan sotsial-demokratik partiya bu harakatda faol qatnashdi. 1894 yil mayida knyaz Ferdinand Stambolovga iste’fo berdi. Shundan keyin Ferdinand Rossiyaning o’zini bolgar knyazi deb tan olishi uchun zo’r berib harakat qildi. Bu yo’l bilan u o’z mavqeini mustahkamlab olmoqchi edi.

1896 yilda Rossiya Bolgariya bilan diplomatiya munosabatlarini tikladi. Shundan keyin hamma buyuk davlatlar Ferdinand deyureni e’tirof qildilar.

Mana shularning hammasi Bolgariyaning xalqaro ahvolini ham, ichki ahvolini ham, Ferdinand Koburgskiyning hokimiyatini ham mustahkamladi.

Bolgariya burjua davlati yangidan tiklangandan keyin darhol milliy iqtisodiyoti birinchi navbatda, sanoatini rivojlantirish choralarini kura boshladi. Sanoatni va savdoni kredit bilan ta’minlash uchun 1876 yildayoq Bolgariya xalq banki ta’sis qilingan edi. 1883 yilda armiyani faqat o’z milliy sanoatida ishlab chiqarilgan ust-bosh va poyabzal bilan ta’minlash to’g’risida qonun chiqarildi. Yana o’sha yili Knyajevo qishlog’ida sanoat uchun malakali kadrlar tayyorlaydigan maktab ochildi. Bundan tashqari, bolgar yoshlari muntazam suratda chet davlatlarga o’qishga yuborilib turdi. 1883 yildan boshlab Xalq majlisining qaroriga muvofiq

Bolgariya hukumati sanoat uchun foizsiz kredit bera boshladi. 1894 yilgacha 29 sanoatchi 269700 levlik shunday qarz oldi. 1892 yilda Plovdiv shahrida qishloq xo’jalik vistavkasi tashkil qilindi. Yana xuddi shu kezlarda sanoat komissiyasi tuzilib, bu komissiya sanoat va qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish uchuy lozim choralarni belgilab chiqdi. Sanoat komissiyasining taklifiga asosan, 1894 yilda milliy sanoatning rivojlanishini ragbatlantirish to’g’risida qonun chiqarildi. Bu qonunga muvofiq kapitali 25 ming levdan oshiq bo’lgan yoki mashina texnikasi ham mavjud bo’lib ishchilarning soni kamida 20 ta bo’lgan korxonalarni davlat o’z himoyasi ostiga oldi. Bunday korxonalar soliqlardan ozod qilindi, chet davlatlardan keltirilgan xom ashyosi uchun boj to’lashdan ozod qilindi, o’z mollarini temir yo’llarda tashiganda 35 foiz chegirma beriladigan bo’ldi. Bundan tashqari, davlat shunday korxonalar solish uchun tekin er ajratib berib turdi.

Yevropadagi buyuk davlatlarning mollari uchun boj olishdagi imtiyozlar Berlin traktatiga muvofiq Bolgariyaga ham tatbiq qilinganligi (kapitulyaciyalar deb atalgan bojlar) Bolgariya kapitalistik sanoatining rivojlanishiga to’sqinlik qilib turgandi. Bolgariya hukumati bu kapitulyaciyalarni tugatish uchun zo’r berib harakat qildi va 1897 yilda bojxona bojlarini 8 foizdan 25 foizgacha chiqardi.

Ozodlikdan keyin mamlakatda burjua munosabatlari qaror topishi natijasida Bolgariyaning kapitalistik milliy sanoati tezroq rivojlana boshladi. Agar 1830 yildan 1879 yilgacha Bolgariyada 20 korxona ochilgan bo’lsa, 1880 yildan 1900 yilgacha 146 korxona ochildi. XX asr boshlarida Bolgariyada 1176 kilometr temir yo’l qurilgan edi.

Bolgariya burjua davlatining eng muhim choralaridan biri turk feodal yer egaligini tugatganligi edi. 1880 yildan 1885 yilgacha o’tgan davr ichida Xalq majlisi bir qancha agrar qonunlar qabul qildi, bu qonunlarga muvofiq, Bolgariya davlati turk feodallarini bolgar duhqonlariga qancha kerak bo’lsa, shuncha er berishga majbur qildi. Ularning bergan yeri uchun haq to’lanardi. Turk feodallarining dehqonlarga topshirgan erlari uchun haq tulashni Bolgariya davlati o’z zimmasiga oldi, dehqonlar esa olgan erlarining haqini davlatga bo’lib-bo’lib to’laydigan bo’ldilar. Lekin turklar qo’lidagi yerlarning katta qismini bolgar dehqonlari o’zlari bevosita turklardan sotib oldilar.

Buning natijasida Bolgariyadagi turk feodal yer egaligi sekin-asta tugatildi, shu bilan bolgar qishlog’i kapitalistik rivojlanish yo’liga qadam qo’ydi. Ozodlikdan keyin mayda dehqon xo’jaliklarining ko’pchiligi sudxo’rlardan yordam so’rashga majbur bo’ldi, bu narsa dehqonlarni sekin-asta tutqunlikka olib bordi, qashshoqlik tobora kuchaydi.

Bolgariyada sudxo’rlikning juda keng tarqalgan turi - zelennicharstvo dehqonlar qashshoqligining yo’ldoshi edi. Bunda ko’kat (bolgarchasi «na zeleno») ustidan foizi tobora oshib boradigan qarz berilardi. Bolgar dehqonlari juda muhtojlikda qolganliklaridan bir parcha erlaridan oladigan hosilni garov qo’yib og’ir shartlar bilan qarz olishga majbur bo’lardilar.

XIX asr oxiriga borib Bolgariya qishlog’ida sinfiy tabaqalanish juda ham kuchayib ketdi. 1897 yildagi ruyxatga muvofiq dehqon xo’jaliklarining 66 foizi qo’lidagi yer haydalib ekiladigan yernnng 20 foizini tashkil qilardi. Holbuki, 1 foizi duhqon xo’jaliklari (quloqlar) qo’lidagi er haydalib ekiladigan yerning 14 foizini tashkil qilardi. Yeri oz duhqon juda og’ir shartlar bilan quloqdan ijaraga yer olishga majbur bo’lardi, ko’pincha hosilining yarmini yer ijarasiga to’lardi, ko’p hollarda dehqonlar otrabotka sharti bilan yerni ijaraga olardi.

Bolgariya qishloq xo’jaligi taraqqiyotidagi turg’unlik va mamlakat iqtisodiyotidagi umumiy qoloqlikning sababi dehqonlarning o’taketgan muhtojligi edi. Buning natijasida Bolgariya Yevropadagi imperialistik davlatlarga iqtisodiy jihatdan juda qaram bo’lib qoldi.

Bolgariyada sanoat kapitalizmi rivojlanib borgan sari ishchilar sinfi x.am tarkib topa boshladi. Boshk.a mamlakatlarda bo’lgani singari Bolgariyada ham sanoat proletariati xonavayron bo’lgan shahar kosiblari va mayda dehqonlar hisobiga tashkil topdi. Faqat sakkiz
yil ichida, ya’ni 1892 yildan 1900 yilgacha shahar hunarmandlari soni kamayib, 240 mingdan 138 mingga tushdi, ya’ni 43 foiz kamaydi. 1897 yilda bir qancha okruglardagi dehqonlarning ahvolini tekshirib chiqqan sotsial-demokratik komissiyaning ma’lumotlariga ko’ra, Lom okrugida dehqon xo’jaliklaridan 12 foizi ersiz dehqonlar edi. Shumen okrugida dehqon xo’jaliklarining 19 foizi butunlay proletarlashib ketgan va hokazo.

Bolgar ishchilarining mehnat sharoiti juda ham og’ir edi. Ish kuni 14—16 soat edi, ish haqi juda oz bo’lib, shunda ham uz vaqtida to’lanmas edi.

80- yillarning boshida ishchilar ekspluataciyaga qarshi uyushqoqlik bilan bosh ko’tarib chiqa boshladilar. 1883 yil fevralda bolgar ishchilarining birinchi kasaba tashkiloti — Bolgariya bosmaxona jamiyati tashkil qilingan edi. Sanoat proletariatinyyg tarkib topishi va ishchilar harakatining rivojlanishi Bolgariyada sotsialistik harakatning paydo bo’lishi uchun zamin yaratib berdi.

Bolgariyada sotsialistik harakatga negiz solgan kishi Dmitriy N. Blagoev (1855—1924) edi. Blagoev Peterburg institutida studentlik vaqtida rus studentlarining revolyutsion tashkilotlari bilan bog’langan edi. D. Blagoev kapitalning I tomini o’rganib, e’tiqodli ilmiy sotsializm tarafdori bo’lib oldi. 1884 yili Blagoev Rossiyada «Rus sotsial-demokratik partiyasi» dagi birinchi sotsial-demokratik guruhni (Blagoev guruhini) tuzdi, bu guruh Jenevada G. V. Plexanov tomonidan tuzilgan «Mehnatni ozod qilish» guruhi bilan aloqa bog’lagan edi.

Blagoev revolyutsion ishlari uchun 1885 yilda Rossiyadan surgun qilinib, o’z vataniga qaytib borgan edi. Bu yerda Blagoev 1885 yil iyunidan sotsialistik g’oyalarni propaganda qilish maqsadida «Hozirgi zamon yo’l-yo’rig’i» degan jurnal nashr qila boshladi. Bolgariyada sotsial-demokratik to’garaklar paydo bo’la boshladi.

1891 yili Bolqonda Buzluji tepaligida bo’lgan sotsialistlar s’ezdida Bolgariya sotsial-demokratik partiyasi tuzilgan edi.

Bolgariya sotsial-demokratik partiyasi rivojining birinchi qadamidan boshlab uning ichida mayda burjua opportunistik qanot paydo bo’ldi, bu qanot 1893 yilga kelib partiyadan ajraldi, uzining «Sotsial-demokrat» degan matbuot organini nashr qila boshladi, so’ngra Sotsial-demokratik soyuz degan mustaqil tashkilotini tuzib oldi.

Stambolov terrorchilik rejimi sharoitida sotsialistlar 1894 yil boshlarida yagona Bolgariya ishchi sotsial-demokratik partiyasi (BISDP)ga birlashishga majbur bo’ldilar.

Birlashish revolyutsion principlarning opportunistik principlar ustidan g’alabasi zaminida emas, balki ularni bir-biri bilan yarashtirish yo’li bilan yuzaga kelganligidan BISDP da Yanko Sakozov boshliq bo’lgan va rivojlanayotgan opportunistik oqimning qo’li baland kela boshladi.

Lekin ishchilar sinfi rivojlana borgan sari BISDP ning Blagoev boshlq revolyutsion qanoti tobora kuchaydi. Revolyutsion sotsial-demokratlar partiyani ishchilar sinfining ilg’or otryadi qilib tuzishga harakat qildilar. Ular revolyutsion ishchilar harakatining tashkilotchilari sifatida ish ko’rdilar, revolyutsion ishchi kasaba soyuzlari tuzdilar, stachkalarga rahbarlik qildilar, ishchilar qonunchiligi uchun kurashdilar. Bolgariya parlamentida ishtirok qilishdan revolyutsion maksadlar uchun foydalandilar.

Kapitalizmning rivojlanish jarayonida mayda dehqonlarning ko’plab xonavayron bo’lgan dehqonlarning qarshiligiga sabab bo’ldi. 80- yillarning oxirida Bolgariyada dehqonlar harakati juda keng quloch yoydi. Bunda mayda dehqonlarning kapitalizmga qarshi kurashdagi revolyutsion qobiliyati namoyon bo’ldi.

Lekin Bolgariyaning revolyutsion sotsial-demokratlari dehqonlarning ana shu revolyutsion qobiliyatiga etarli baho bermadilar va kapitalizmga qarshi kurashda undan foydalanmadilar. Ular aqidaparastlik qilib, dehqon mayda mulkdor bo’lib qolar ekan, u sotsializmga xayrihohlik ko’rsata olmaydi va uning kurashi yirik ishlab chiqarishga qarshi mayda ishlab chiqarishni himoya qilish bo’ladi, demak uning bu kurashi revolyutsion kurash emas, balki ko’proq reakcion kurash, deb hisobladilar.

Buning natijasida dehqonlar harakatiga qishloqdagi quloqlar va qishloq intelligentlari (o’qituvchilar, agronomlar va shu kabilar) rahbarlik qildilar. Ular duhqonlar harakatini ijtimoiy tuzum bo’lgan kapitalizmga qarshi kurashga emas, balki kapitalistik tuzum doirasida mayda mol dehqon ishlab chiqarishini himoya qilishga qaratdilar. Shu maqsad bilan 1899 yilda tuzilgan Bolgariya xalq dehqnchilik soyuzi (BXDS) sinfiy principda emas, balki soslovie principida, umuman bolgar qishlog’ining manfaatlarini, umuman tabaqa sifatidagi dehqonlar manfaatini himoya qiluvchi tashkilot tariqasida tuzildi. Shunday qilib, BXDS qishloqda sinfiy kurashning muxolifi tariqasida bosh ko’tarib chiqdi, bu kurashni bo’g’ib tashlashga harakat qildi va shaharni bolgar qishlog’ini ekspluataciya qiluvchi deb ko’rsatdi.

Shu bilan birga BXDS o’z faoliyatida mayda dehqonlarning demokratik intilishlarini, ularning sudxo’r va spekulyantlarga nafratini, agrar reformaga intilishlarini, dehqonlarning burjua davlati zulmiga qarshi kurashini ifodaladi.



1900 yilda hukumatning taklifi bilan Xalq majlisi asosiy davlat solig’i tariqasida dehqonlardan natural desyatina solig’i olishni joriy qilish to’g’risidagi qonunni tasdiqlaganda devdonlar harakati chuvdisiga etdi. Bungacha dehqonlar yer solig’ini pul bilan to’lab kelardilar.

Desyatina usulining joriy qilinishi butun bolgar qishlog’ini g’alayonga keltirdi. Hamma erda bu qonunga qarshi ommaviy norozilik mitinglari o’tkazila boshladi, shimoli-sharqiy Bolgariyada esa ahvol shunga borib etdiki, dehqonlarning hukmdorlarga qarshi qurolli qo’zg’olonlari boshlanib ketdi. Shabla, Duran-Kulak va boshqa bir qancha qishloqlarda dehqonlar ov miltiqlari bilan qurollanib olib hokimiyat vakillarini haydab yubordilar, jandarmeriya va muntazam qo’shinlarga qarshi jang qildilar. Buning natijasida dehqonlar ommaviy ravishda kaltaklandi. Faqat Duran-Kulak qishlog’i yonida bo’lgan jangdagina 90 ta dehqon o’ldirildi va 300 dehqon yarador qilindi. Ommaviy norozilik ta’siri ostida natural desyatina to’g’risidagi qonun 1901 yilda bekor qilindi.
Download 29,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish