Turli yoshdagi bolalar sutkalik siydik miqdori.
Buyrak bolalarda kattalarga qaraganda pastroqda turadi. Shunda ham o‘ng
buyrak chap buyrakka qaraganda pastroqda joylashgan.
13 yoshgacha buyraklarnipg vazni, tuzilishi, funksiyasi o‘zgarib boradi.
Yangi tug‘ilgan bolada buyrakning vazni 11-12 g, 1 yoshda 36-27 g, 5 yoshda 55-
56 g, 7 yoshda 82-84 g, 13 yoshda 100-102 g, 15 yoshda 115- 120 g boiadi.
Bola o‘sib rivojlangan sari buyrak massasi va fiziologik xususiyatlari o‘zgarib
boradi, lekin bu jarayonlar ayniqsa bola hayotining birinchi yilida 13-15 yoshida
(balog‘atga yetilishi) va 20 yoshida sezilarli darajada bo‘ladi. Yosh ulg‘aygan sari
qovuqning hajmi 200 ml. ga teng bo‘lsa, 10 yoshh bolalarda 600 ml. ga 12 yoshli
bolalarda esa 1000 ml. ga teng bo‘ladi. Biroq qovuq butunlay to‘lmasdan turib siydik
chiqarilishi mumkin.
Emadigan bolalarda siydik hosil bo'lishi bola tanasining har sathiga
hisoblaganda kattalarnikidan 2-3 marta ortiq bo‘ladi. 7-9 yoshgacha kamayib jinsiy
balog‘at yoshida bir oz ortadi. 1-3 yoshda bir kecha-kunduzda 760-820 sm
3
, 5-6
yoshda 1 dm
3
, 7-8 yoshgacha 1-3 dm
3
, 12-13 yoshgacha 1,9 dm
3
siydik hosil bo‘ladi.
Bolalarda moddalar almashinuvi jadal borganidan siydikning tarkibi
kattalarnikidan farq qiladi, tarkibida organik moddalar va mineral tuzlar nisbatan
kam bo‘ladi. Yosh ortishi bilan siydikning tarkibi va xossasi o‘zgarib boradi.
Bolalarda siydik voyaga yetgan odamlarga nisbatan ko’p ajraladi, siydikni
chiqarilishi bolalar ratsionida nisbatan katta miqdorda suv va uglevodlarning
bo’lishi va suv almashinuvining jadal kechishi hisobiga juda tez va ko’p bo’ladi.
Faqat tug’ilganidan keyingi birinchi 3-4 kunlari ajraladigan siydikni miqdori
unchalik ko’p bo’lmaydi. Bir oylik bolalarda bir kecha-kunduzda 350-380 ml siydik
ajraladi, bir yoshgacha bo‘lgan bola bir sutkada 350-380 ml, bir yoshda 750 ml, 4-5
yoshda 11 atrofida, 10 yoshda 1,5 litr, 15-16 yoshda 2 litr siydik ajratadi.
Yangi tug’ilgan bolalarning siydigi o’ta kislotali reaksiyaga ega bo’lsa, yosh
ulg’ayishi bilan siydikning reaksiyasi kuchsiz kislotali bo’ladi va siydikning
reaksiyasi bola iste’mol qilayotgan ovqatlar xarakteriga ham bog’liq holda
o’zgaradi. Ko’plab go’shtli ovqatlar iste’mol qilinganida organizmda ko’plab
kislotali almashinuv mahsulotlari hosil bo’ladi, shunga mos holda siydik ham ancha
kislotali bo’ladi.
Bolalar o’simlik dunyosi oziqalari bilan oziqlanganda, ularning siydigini
reaksiyasi ishqoriy tomonga og’adi.
Yangi tug’ilgan bolalarning buyraklari epiteliyasini o’tkazuvchanligi juda
yuqori, shu sababli ham ularning siydigini tarkibida oqsillar uchraydi, lekin,
astasekin sog’lom bolalar va voyaga yetgan odamlarning siydigi tarkibida oqsil
saqlanmaydi. Bolalarning hayotining 3-4 oyi mobaynida siydigi tarkibida
mochevina voyaga yetgan odamlarnikidagiga nisbatan kam. Mochevinaning
miqdori sekin-asta orta boradi va bu ko’rsatkich ikki yoshli bolalarda ikki martaga
ortadi. Yosh ulg’ayishi bilan bolalarni siydigidagi mochevinaning miqdori orta
boradi va siydik kislotasining miqdori kamaya boradi. Bolalar organizmida
mochevinadan natriy ionlari va xloridlar juda yengil qonga so’riladi, shu sababli
ham emadigan bolalar siydigida xloridlar voyaga yetgan odamlarnikidagidan 10
baravar kamdir. Yosh bolalar siydigi tarkibidagi xloridlarni miqdori yosh ortishiga
mos holda orta boradi. Bolalar organizmi natriy elementinini ushlab qolish
xususiyatiga egadir.
Yuqorida qayd qilinganidek, yosh ulg’ayishi bilan siydik tarkibidagi
natriyning miqdori orta boradi, 6 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalarningning bir
kechakunduzlik siydigi tarkibida natriyning miqdori 2 g dan 5 g gacha o’zgarib
turadi, voyaga yetgan odamlarning 1 l siydigi tarkibida 3-5,2 g natriy saqlanadi.
Bir yoshda siydik ajratishga shartli refleks hosil bo'lmaydi, shu sababh bola
siydik tutib turolmaydi, chunki siydik chiqarish nerv markazlari yaxshi
rivojlanmagan bo‘ladi. 2 yoshdan boshlab siydik tutib turishga shartli refleks hosil
bo‘la boshlaydi va tobora rivojlanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |