O‘pkaning hayotiy sigimi deb oldin chuqur nafas olib turib, keyin nafas chiqarish
mumkin bo’lgan havo miqdoriga aytiladi. Bu bir marta nafas olgandagi o‘pkaning
hajmidir. Uni spirometrda o’chanadi. Odam tinch holda nafas olganda,
uning
o‘pkalariga o'rtacha 500 ml havo kiradi va nafas chiqarganida 500 ml havo
chiqariladi. Bu
nafas havosi
deb ataladi. Odam chuqur nafas olganida yuqoridagi
500
ml havodan tashqari, o‘pkalarga yana 1500 ml havo kiradi. Chuqur nafas
chiqarganda, xuddi shuncha (1500 ml) havo chiqariladi. Bu
qo‘shimcha havo
deb
ataladi. Agar odam chuqur nafas chiqarib, so'ngra chuqur nafas olsa, nafas havosi va
qo‘shimcha havodan tashqari o‘pkaga yana 1500 ml havo kiradi. Bu
rezerv havo
deb
ataladi. Shunday qilib, nafas havosi (500 ml), qo‘shimcha havo (1500 ml) va rezerv
havo (1500 ml) lar yigindisi o‘pkaning tiriklik sigimi deb ataladi. Bu erkaklarda
o‘rtacha 3500 ml, ayollarda 3000 ml bo’ladi.
Jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi,
chiniqqan odamlarda o‘pkaning tiriklik sigimi ortib, 4500 ml ga yetadi. Aksincha,
jismonan ojiz, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmaydigan odamlarda o‘pkaning
tiriklik sigimi yuqorida ko‘rsatilgan normadan (3500 ml dan) kam bo’ishi mumkin.
O‘pkalar tiriklik sig’imini kam yoki ko‘p bo’lishiga qarab,
odamning jismonan
chiniqqanhgi yoki chiniqmaganligiga baho berish mumkin.
Bolaning yoshi ortishi bilan o‘pkaning havo sigimi ortib boradi. Masalan,
Yangi tug’ilgan bolalar o'pkasining havo sig’imi 200 ml, 1 yoshda 800 ml, 5 yoshda
1100 ml, 7 yoshda o‘g‘il bolalarda 1400 ml, qizlarda 1200 ml, 9 yoshda o‘g‘il
bolalarda 1700 ml, qizlarda 1450 ml, 11 yoshda o‘g‘il bolalarda 2100 ml, qizlarda
1800 ml, 15-16 yoshda o‘g‘il bolalarda 2500 ml, qizlarda 2100 ml kattalarda 3500
ml. ga teng.
O’pkaning tiriklik sig’imi yoshga bog’liq holda, jinsga, ko’krak qafasi
hajmiga, uning muskullarini rivojlanish darajasiga bog’liq holda o’zgarib turadi.
Odatda u erkaklarda,
ayollarga nisbatan katta, sportchilarda, sport bilan
shug’ullanmaganlarga nisbatan katta. Masalan u shtangachilarda 4000 ml ga yaqin,
futbolchilarda –4200 ml, gimnastlarda –4300, suzuvchilarda –4000,
eshkak
eshuvchilarda –5500 ml va undan ham yuqori bo’ladi.
O’pkaning tiriklik sig’imini o’lchashda bolani o’zining faol va aqliy ishtiroki
talab qilinadi, ana shu sababli uni faqatgina 4-5 yoshdan keyingina o’lchash
mumkin.
Bolalar kattalarga nisbatan tinch holatda ayniqsa maktab yoshida kattalarga
nisbatan tez-tez nafas oladi 6-7 yashar bolalarda nafas tezligi daqiqasiga o‘rta
hisobda 23, 8-10 yoshda 22, 12 yoshda 21, ayollarda 18, erkaklarda 16 taga yetadi.
Agarda bolalar muntazam ravishda jismoniy mashq bilan ayniqsa, qayiqda suzish,
voleybol,
yengil atletika, bilan shug‘ullansa, o‘pkaning tiriklik sig‘imi ortadi.
O‘pkaning tiriklik sig'imi turli yosh va turli jinsda har xil bo‘ladi.
Bolalar16-17 yoshga yetganida ularning o’pkasining tiriklik sig’imini
o’lchami voyaga yetgan odamlarnikiga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: