yoshda 7,5 sm, kattalarda esa 9-12 smga to‘g‘ri keladi. Bolalarda traxeyaning shilliq
qavati nozik, qon va limfa tomirlar bilan juda yaxshi ta’minlangan bo’ladi. Shuning
uchun, ba’zida kattalarga nisbatan chang zarralari va mikroblar bola traxeyasining
shilliq qavatiga tez o‘rnashib qoladi.
Bir yoshgacha bronxlar juda tez o‘sa boshlaydi.
Kichik yoshdagi
o‘quvchilarning bronxlari tor, tog‘aylari yumshoq, muskul va elastik tolalari ancha
sust rivojlangan bo’ladi. Bronxlarni qoplab turgan shilliq parda, qon bilan mo’l-ko’l
ta’minlanadi-yu, lekin bir muncha quruq turadi. Bronxlarning o‘sishi kichik maktab
davrida sekin boradi va 13 yoshidan keyin ancha tezlashadi.
O‘pkalar va uning yosh xususiyatlari.
O‘ng va chap o‘pka ko‘krak qafasining
beshdan to‘rt qismini egallab turadi. Har bir o‘pka alohida seroz parda ichida
joylashgan bo’lib, u plevra xaltasi pardasi deb ataladi. Har qaysi o‘pkani chuqur
egatlar bo’laklarga bo’ladi. O‘ng o‘pka uch bo’lakka, chap o‘pka ikki bo’lakka
bo’linadi. O‘pkaga kirgan bronxlar tarmoqlanib, diametri 1 mm.li bronxiolalar hosil
qiladi. Bular tarmoqlanib oxirgi bronxiollarni hosil qiladi.
Oxirgi bronxiollarning
uchi pufakchalar-alveolalar bilan tugaydi. Alveolalar nafas yo’llarining oxirgi qismi
hisoblanadi. Alveollar 400-500 millionta bo’lib, ularning umumiy sathi 60- 120 m
2
gacha yetadi. O’pka pufakchalarining devori bir qavat silliq epitelial hujayralardan
tashkil topgan va har bir alveola tashqi tomondan qalin kapillyarlar to’ri bilan
o’ralgan. Alveollalar va kapillyarlar devori orqali gazlar almashinuvi kechadi -
havodan qonga kislorod, qondan esa alveolalarga karbonat angidrid gazi va suv bug’
lari o’tadi.
Alveolalarning katta yuzasi juda yaxshi gazlar almashinuvini ta’minlaydi. Bu
yuzaning bir tomonida doimiy ravishda tarkibi bo’yicha
yangilanuvchi alveolyar
havo tursa, boshqa tomonida esa – qon tomirlari bo’ylab oquvchi qon turadi.
Alveolalarning keng yuzasi orqali kislorod va karbonat angidrid gazlarining
diffuziyasi amalga oshadi. Jismoniy ish bajargan paytda, ya’ni chuqur nafas olish
paytida alveolalar jiddiy darajada cho’ziladi, nafas olish yuzasining o’lchami ancha
kengayadi. Alveolalarning umumiy yuzasi qancha katta bo’lsa, gazlarning
diffuziyasi shuncha jadal kechadi.
Har bir o‘pkaning vazni 500-600 g keladi. Har bir o’pka seroz po’stloq bilan
qoplangan bo’ladi va – plevra deb ataladi. Plevraning ikki varag’i bo’lib, ulardan
biri o’pka bilan zich yopishgan bo’lsa ikkinchisi ko’krak qafasiga yopishgan bo’ladi.
Plevralar varag’i orasida uncha katta bo’lmagan plevralararo bo’shliq bo’lib, seroz
suyuqligi (1-2 ml) bilan to’lgan bo’ladi va u nafas
harakatlari paytida plevra
varaqlarini ishqalanishini yengillashtiradi.
Bolalarda o’pkaning o’sishi asosan alveolalarning hajmini kattalishishi
hisobiga amalga oshadi. (yangi tug’ ilgan bolalarda alveolalarning diametri 0,07
mm.ni tashkil etsa, voyaga yetgan odamlarda esa bu ko’rsatkich 0,2 mm.ni tashkil
etadi). Uch yoshgacha bo’lgan muddatda o’pkaning jadal o’sishi va uning ayrim
elementlarining tabaqalanishi yuz beradi, bolalar 8 yoshli bo’lganida alveolalarning
soni voyaga yetgan odamlarnikiga tenglashadi. 12 yoshdan keyin alveolalar juda tez
o’sadi. O’pkaning hajmi 12 yoshda yangi tug’ilgan bolalarnikiga nisbatan 10
martaga kattalashsa, jinsiy yetilish davrining oxiriga kelib – 20
martaga ortadi
(asosan alveolalarning hajmini ortishi hisobiga).
Bolaning yoshi ortishi bilan o‘pkasining og’irligi, o’lchamlari va hajmi ortib
boradi, yangi tug’ilgan bolalarda ikkita o‘pkaning og’irli 50-57 g, 1-2 yoshda 350 g,
9-10 yoshda 395 g, 15-16 yoshda 690 g, kattalarda esa 1000 g bo’ladi. O‘pkaning
hajmi yangi tug’ilgan bolalarda 70 sm
3
, 1 yoshda 270 sm
3
, 8 yoshda 640 sm
3
, 12
yoshda 680 sm
3
, katta odamda esa 1400 sm
3
, bo’ladi. O‘pkaning o‘sishi, asosan,
alveola hujayralarining ortib borishi hisobiga bo’ladi. Yangi tugilgan bolalarda
alveolalarning soni katta odamnikiga nisbatan 3 marta kam bo’ladi. Alveolalarning
intensiv o‘sishi ayniqsa bolaning 12 yoshida boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: