Reja: Og’iz bo’shlig’ida, me’da va ichakda ovqat hazm bo’lishining xususiyatlari



Download 477,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/34
Sana19.03.2022
Hajmi477,26 Kb.
#501228
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
Bog'liq
3-MA’RUZA Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigienasi. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Ayiruv va nafas tizimlarining yosh xususiy

 
 
Siydik tanosil organlari gigiyenasi.
Siydik tanosil organlarini toza saqlash bolalar va o’smirlar hayotida va 
ularning kelgusi hayot-faoliyatida ham muhim o’rinni egallaydi.
Shunda bola qashinmaydigan, badanini tirnamaydigan, organizm ichkarisiga 
mikroblar kirmaydigan bo’ladi hamda bolalar organizmiga yomon ta’sir 
ko’rsatadigan onanizmga odatlanmaydilar.


Tashqi jinsiy organlar va ularning oraliq terisini doimo pokiza tutish, jinsiy 
jihatdan voyaga yetish davrida ayniqsa kuchayadigan qo’lansa ter hidi chiqishiga 
yo’l qo’ymaydi.
Bolalarni tashqi jinsiy organlarni toza saqlashga odatlantirish va gigiyena, 
sanitariya qoidalariga rioya qilish talablarini tushuntirish uchun, o’g’il va qiz 
bolalarning har biri bilan alohida-alohida suhbat o’tkazib turish kerak.
O’g’il bolalarning jinsiy gigiyenasi.
O’smir o’g’il bolalar doimo o’z tanasini 
sog’lom, pokiza tutishga e’tibor berishlari zarur.
O’smir jinsiy balog’atga yetishi bilan uning tanasidagi barcha bezlar shu 
jumladan ter bezlari ham jadal ishlay boshlaydi.
Teridagi ter bezlari bilan yog’ bezlari ko’p miqdorda yog’ ishlab chiqqani 
uchun ham odam tanasidan o’zgacha hid taralib turadi.
Shuning uchun, yoshlar teri gigiyenasiga, amal qilishlari kerak. Shuningdek, 
yorg’oq terisida ham maxsus hid hosil bo’ladi. Demak, yoshlikdan terini, jinsiy va 
chiqarish organlarini nihoyatda ozoda saqlash kerak. Bir kunda bir necha marta 
yuvinish lozim.
Agar o’smir ozoda yurmasa jinsiy organlarda oqchil modda va boshqa 
iflosliklar paydo bo’lib undan qo’lansa hid kelib turadi.
Bu esa mikrob va viruslarning ko’payishiga sabab bo’ladi va turli kasalliklarni 
keltirib chiqaradi.
Qiz bolalar jinsiy gigiyenasi.
Maktab yoshdagi davr qiz bola uchun juda 
muhim davr hisoblanadi. Bu davr butun organizm va jinsiy organlarning zo’r berib 
rivojlanishi, skelet o’sishi, ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’lishi bilan 
xarakterlanadi.
Balog’atga yetish davri boshlanishi bilan 11-12 yoshdan qizlar hayz ko’ra 
boshlaydilar. Agar qiz bola 15 yoshga chiqqanda va bundan keyin ham hayz 
ko’rmasa buni normal bo’lmagan hol deb hisoblash va uni albatta shifokorga 
ko’rsatish zarur. Ba’zi qizlar jismoniy yoki jinsiy jihatdan o’sib rivojlanishdan 
orqada qolsalar, hayz ko’rish kechikishi mumkin.
Ba’zi og’ir kasalliklarda jumladan, semirib ketish, qandli diabet
tireotoksikoz, yuqumli kasalliklarda ham hayz ko’rmaslik uning ruhiy holatiga, 
o’sishiga salbiy ta’sir etadi.
Hayz ko’rmagan qizda miyaga qonning ko’p kelishi terlab ketishi, qizib 
ketish, yurakning tez urishi ro’y beradi.
Agar hayz ko’rish to’xtab qolsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak. 
Ba’zan qizlik pardasining teshigi yopiq bo’ladi, hayz ko’rilganda esa qon tashqariga 
chiqarilmay qiniga yig’iladi. Bu esa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Shunday holatlar kuzatilganda albatta shifokorga murojaat qilish kerak.
Olimlarning kuzatishicha, hayz ko’rish vaqtida 80 % o’quvchi qizlarda 
jismoniy faollikning susayishi, 70 % da yakka yurishga moyillik, 60 % da o’ziga 
ishonmaslik, 47 % da mashg’ulotlarga bo’lgan qiziqishning susayishi, 10 % da esa 
nevrotik holatlar sodir bo’lar ekan. Ba’zi qizlarda qattiq og’riq paydo bo’ladi.
Qizlarda uchraydigan surunkali tonzilit va respirator kasalliklar ham 
qizlarning jinsiy organlarining, bo’lajak ayolning barcha endokrin tizimini 
shakllanishiga ham salbiy ta’sir etadi.


Bo’yida bo’lmayotgan ayollar tekshirilganda shu narsa aniqlanganki, ularning 
yarmidan ko’pi surunkali tonzilit bilan og’riganlar, shifokorlar tavsiyasini vaqtida 
bajarmaganlar.
Shuning uchun, ham ulardagi sodir bo’lgan o’zgarshlarga davo qilgani bilan 
ko’ngildagidek natija chiqmaydi.
Agar qizlar angina, otit bilan tez-tez og’risalar, tishlari buzilgan bo’lsa yoki 
o’tkir respirator kasalliklar bilan ko’p kasallansa, shifokor xulosasi bilan uning 
barcha infeksiya o’choqlarini sog’lomlashtirish, shundan so’ng chiniqtiruvchi va 
vitaminlar bilan davo kurslari boshlash kerak.
Bodomcha bezlarini olib tashlash kerak bo’lsa, shifokor tavsiyasi bilan, unda 
uni 8 yoshgacha yoki faqat 15 yoshdan so’ng operatsiya qildirish mumkin. Ba’zida 
qindan chiqadigan ajralmalar-siydik, najas qoldiqlari infeksiyaning tashqi jinsiy 
organlardan ichkariga o’tishiga va u yerda yallig’lanish jarayoni vujudga kelishiga 
imkon beradi.
Bunda qin qichishi va og’rishi mumkin. Qichishish jiddiy oqibatlaraga olib 
kelishi ehtimoldan xoli emas.
Qiz bolada gijja bo’lganda ham, jinsiy organlarning shikastlanishi ya’ni 
yallig’lanishiga olib keladi.Gijjalar orqa chiqaruv teshigidan o’rmalab chiqadi, 
oqibatda qiz bola qashinib gijjalarni va bakterriyalarni qiniga olib kiradi va kasallik 
rivojlanadi. 

Download 477,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish