Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga berilgan va ulardan olingan bud jet ssudalari hisobi
052-«Mahalliy budjetlarga berilgan va ulardan olingan budjet ssudalari» subschyoti Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar doirasida o'matilgan tartibda yuqori mahalliy budjetdan quyi mahalliy budjetlarga berilgan budjet ssudalari hamda quyi mahalliy budjetlar tomonidan olingan budjet ssudalari bilan bog'liq bo'lgan xo'jalik operatsiyalarning hisobini olib borish uchun tayinlangan.
Yuqori mahalliy budjet tomonidan o'zining quyi mahalliy budjetlariga budjet ssudalari berilganda, bu xo'jalik operatsiyasiga yuqori mahalliy budjet ijrosini amalga oshirayotgan moliya organida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debel 052 - «Qoraqalpog'iston Respublikasi va mahalliy budjetlarga berilgan va ulardan olingan budjet ssudalari» subschyoti;
Kredit Oil - «Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag'i» subschyoti.
Yuqori mahalliy budjetdan budjet ssudalarini olgan quyi mahalliy budjetlar ijrosini amalga oshirayotgan moliya organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 01l - «Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag'i» subschyoti;
Kredit 052 -«Qoraqalpog'iston Respublikasi va mahalliy budjetlarga berilgan va ulardan olingan budjet ssudalari» subschyoti.
Quyi mahalliy budjetlar tomonidan yuqori mahalliy budjetga undan olgan budjet ssudalari summasi qaytarib berilganda, bu xo'jalik operatsiyasiga:
a) Quyi mahalliy budjetlar ijrosini amalga oshirayotgan moliya
organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 052 - «Qoraqalpog'iston Respublikasi va mahalliy budjetlarga berilgan
va ulardan olingan budjet ssudalari» subschyoti; Kredit 011 - «Mahalliy budjet mablag'lari depozil hisobvarag'i» subschyoti.
b) Yuqori mahalliy budjet ijrosini amalga oshirayotgan moliya
organida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 011 - «Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag'i» subschyoti; Kredit 052 - «Qoraqalpog'iston Respublikasi va mahalliy budjetlarga berilgan va ulardan olingan budjet ssudalari» subschyoti.
Yuqori budjetlardan olingan qisqa muddatli budjet ssudalari summalari muayyan moliya yili ichida qaytarilganligi sababli bu summalar budjetlaming daromadlari va xarajatlari sifatida qayd etilmaydi.
O'zbekiston RespubHkasining respublika budjeti tomonidan
0‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olingan
uzoq muddatli qarzlar hisobi
0‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti tomonidan 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olingan uzoq muddatli qarzlar summasi balansdan tashqari 120-«Bankdan olingan uzoq muddatli qarzlar» subschyotida hisobga olinadi. Bankdan olingan uzoq muddatli qarzlar summasi, qarzlami qaytarish va ular bo‘yicha to‘lanadigan foizlar budjet tasdiqlashda ko‘zda tutilgan bo'lishi kerak hamda ular budjet xarajatlari sifatida 020-«Budjet xarajatlari» subschyotida qayd etiladi. Uzoq muddatli ssudalarni qaytarib berilgan summasiga balansdan tashqari 120-«Bankdan olingan uzoq muddatli qarzlar» subschyotidagi qarz summasi kamaytiriladi.
0‘zaro hisob-kitoblar bo'yicha qisqa muddatli budjet ssudalari bo‘yicha hisob-kitoblaming analitik hisobi «Boshqa budjetlar bilan hisob-kitoblar kitobi»da (4-f-shakl) olib bonladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |