O‘zbekiston Respublikasi Respublika budjeti bilan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar
o‘rtasidagi o'zaro hisob-kitoblar hisobi
O'zaro hisob-kitoblarga doir tegishli hujjatlar asosida O'zbekiston Respublikasining respublika budjeti bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblarga doir amalga oshirilgan operatsiyalarga Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligida va mahalliy moliya organlarida:
1. O'zbekiston Respublikasining respublika budjetidan o'zaro
hisob-kitoblar bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va
mahalliy budjetlar olishi kerak bo'lgan mablag'lar summasiga quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 061 - «Respublikasi budjeti bilan o'zaro hisob-kitoblar» subschyoti; Kredit 071 - «Respublika budjetiga berilgan va undan olingan mablag'lan> subschyoti.
2. O'zaro hisob-kitoblar bo'yicha paydo bo'lgan Qoraqalpog'iston
Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarning O'zbekiston Respub
likasining respublika budjeti oldidagi qarz summasi ulaming bank muassasasidagi «Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag‘i»dan to‘langanda quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 061 - «Respublikasi budjeti bilan o'гаго hisob-kitoblan, subschyoti;
Kredit 011 - «Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag'i» subschyoti.
3. 0‘zaro hisob-kitoblar bo'yicha paydo bo‘lgan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarning 0‘zbekiston Respublikasi
respublika budjetidan qarz summasi ulaming yuqori budjetdan olishi
kerak bo'lgan dotatsiya va subventsiya summalari, berilishi kerak bo‘lgan
summani kamaytirish, hisobiga o'tkazilganda quyidagi buxgalteriya
provodkasi tuziladi:
Debet 061 - «Respublikasi budjeti bilan o'zaro hisob-kitoblan, subschyoti; Kredit 040 - « Budjet daromadlari» subschyoti.
4. 0‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o'zaro hisob-
kitoblar bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy
budjetlar tomonidan berilishi kerak bo'lgan mablag'lar summasiga
quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 071 - «Respublika budjetiga berilgan va undan olingan mablag'lar»
subschyoti; Kredit 061 - «Respublikasi budjeti bilan o'zaro hisob-kitoblar» subschyoti.
5. O'zaro hisob-kitoblarga doir bank muassasasining ko‘chirmasi va
tegishli hujjatlar asosida 0‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan
o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi bud
jeti va mahalliy budjetlarning «Mahalliy budjet mablag'lari depozit
hisobvarag'i»ga kelib tushgan mablag'lar summasiga quyidagi buxgal
teriya provodkasi tuziladi:
Debet 011 - «Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag'i» subschyoti; Kredit 061 - «Respublikasi budjeti bilan o'zaro hisob-kitoblar» subschyoti.
6. O'zaro hisob-kitoblar bo‘yicha paydo bo'lgan Qoraqalpog'iston
Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarning yuqori budjetdan qarz
summasi ulaming yuqori budjetga berishi kerak bo'lgan daromadlaming
ortiqcha summani kamaytirish hisobiga o'tkazilganda quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 020 - «Budjet xarajatlari» subschyoti;
Kredit 061 - «Respublikasi budjeti bilan o'zaro hisob-kitoblar» subschyoti.
7. O'zaro hisob-kitoblar bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi
budjeti va mahalliy budjetlarga tegishli bo'lgan summalar hisobidan ularning 0‘zbekiston Respublikasidan olgan budjet ssudalari qayta-rilganda, qoplanganda quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 051 - «Respublikasi budjetidan olingan budjet ssudalari» subschyoti; Kredit 061 -«Respublikasi budjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar» subschyoti.
8. Respublika budjetida turgan budjet tashkilotlari yoky budjetdan mablag‘ oluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya yili ichida Qoraqalpog'iston Respublikasi bo‘ysunuviga va mahalliy bo‘ysunuviga o'tkazilganda o'tkazilayotgan budjet tashkilotlari yoki budjetdan mablag* oluvchi xo'jalik yurituvchi subyektlarga, moliya yili ichida, ular o‘tkazilgunga qadar 0‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ochilgan budjet mablag'lari summasi va ular hisobidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari summasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligida va mahalliy moliya organlarida:
1. Budjet tashkilotlari bo'yicha:
a) o'tkazilgan sanaga o'tkazilayotgan budjet tashkilotining budjet
mablag'lari bo‘yicha hisobvarag‘idagi sarflanmay qolgan summasiga
quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 014 -«Mahalliy budjetlaming budjet mablag'lari bo'yicha budjet
mablag'lari oluvchilaming hisobvaraqlar» subschyoti; Kredit 061 - «Respublikasi budjeti bilan o'zaro hisob-kitoblan> subschyoti.
b) o'tkazilgan sanagacha o‘tkazilayotgan budjet tashkiloti tomonidan
amalga oshirilgan kassa xarajatlari summasiga quyidagi buxgalteriya
provodkasi tuziladi:
Debet 020 - «Budjet xarajatlari» subschyoti;
Kredit 061 - «Respublikasi budjeti bilan o'zaro hisob-kitoblan> subschyoti.
2. Budjetdan mablag* oluvchi xo'jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha
ular o'tkazilayotgan sanaga 0‘zbekiston Respublikasi respublika
budjetidan amalga oshirilgan moliyalashtirish summasiga quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 020 - «Budjet xarajatlari» subschyoti;
Kredit 061 - «Respublikasi budjeti bilan o'zaro hisob-kitoblar» subschyoti.
Budjettashkilotlariyokibudjetdanmablag1oluvchixo'jalik yurituvchi subyektlar O'zbekiston Respublikasining respublika bo'ysunuvidan mahalliy bo'ysunuviga o'tkazilganda ularga ochilgan (berilgan) budjet mablag'lari summasiga Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligid yoki viloyat moliya organlarida yoki Toshkent shahar moliya organida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debel 071 - «Respublika budjetiga berilgan va undan olingan mablag'lar»
subschyoti; Kredit 061 - «Respublika budjeti bilan o'zaro hisob-kitoblar» subschyoti.
061-«Respublika budjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar» subschyoti bo'yicha debetli qoldiq summasi O'zbekiston Respublikasining respublika budjetining Qoraqalpog'iston Respublikasi budjetiga yoki mahalliy budjetlarga qarzi summasini ko'rsatsa, bu subschyot bo'yicha kreditli qoldiq summasi esa Qoraqalpog'iston Respublikasi budjetining yoki mahalliy budjetlaming O'zbekiston Respublikasining respublika budjetiga bo'lgan qarzi summasini ko'rsatadi.
Moliyayilidavomidachorakma-chorakO'zbekistonRespublikasining respublika budjetidan haqiqatda o'tkazib berilgan mablag'lar summasi hamda O'zbekiston Respublikasi respublika budjeti haqiqatda olgan mablag'lar summasi aniqlab boriladi.
O'zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga haqiqatda o'tkazib berilgan mablag'lar summasi, 071-«Respublika budjetga berilgan va undan olingan mablag'lar» subschyotining muayyan chorakka tegishli bo'lgan debet bo'yicha aylanma summasidan 061-«Respublika budjeti bilan o'zaro hisob-kitoblar» subschyotining muayyan chorakka tegishli bo'lgan kredit bo'yicha qoldiq summasini ayirib tashlash yo'li bilan aniqlanadi.
O'zbekiston Respublikasi respublika budjetiga Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan haqiqatda olingan mablag'lar summasi, 071-«Respublika budjetiga berilgan va undan olingan mablag'lar» subschyotining muayyan chorakka tegishli bo'lgan kredit bo'yicha aylanma summasidan 061-«Respublika budjeti bilan o'zaro hisob-kitoblar» subschyotining muayyan chorakka tegishli bo'lgan debet bo'yicha qoldiq summasini ayirib tashlash yo'li bilan aniqlanadi.
Hisobot davrining oxiriga 061 -«Respublika budjeti bilan o'zaro hisob-kitoblar» subschyotining debeti yoki krediti bo'yicha muayyan chorakka tegishli bo'lgan qoldig'i bo'lmasa, u holda 071-«Respublika budjetiga berilgan va undan olingan mablag'lar» subschyoti bo'yicha muayyan chorakka tegishli bo'lgan debet bo'yicha aylanma summasi haqiqatda Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga berilgan mablag'lar surnmasi bo'lib, kredit bo'yicha aylanma summasi haqiqatda Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan olingan mablag'lar summasi bo'lib hisoblanadi.
Moliya yili tugagandan so'ng, 071-«Respublika budjetiga berilgan va undan olingan mablag'lar» subschyotining debet bo'yicha aylanma summasi hisobot yili davomida Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga haqiqatda berilgan mablag'lar summasi hisoblanadi.
Moliya yili tugagandan so'ng, 071-«Respublika budjetiga berilgan va undan olingan mablag'lar» subschyotining kredit bo'yicha aylanma summasi hisobot yili davomida Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan haqiqatda olingan mablag'lar summasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |