4. Budjetlar ijrosi natijalarim aniqlash
Budjet yilining oxirida, ya’ni 31 dekabrda moliya organlari budjet ijrosi to'g'risida yillik buxgalteriya hisobotini tuzishga kirishadi. Budjet yili oxirida yillik buxgalteriya hisobotini tuzilishidan oldin moliya organining buxgalteriya xizmati tomonidan barcha balans hisobotlaridagi ma’lumotlaming haqiqiyligi, budjet ssudalari bo'yicha va budjetlararo hisob-kitoblar ahvoli tekshiriladi. Boshqa budjetlar bilan hisob-kitoblar, shuningdek, olingan va berilgan budjet ssudalari bo'yicha hisob-kitoblar yil oxirigacha tugallanishi kerak. Yangi yilga boshqa budjetlar bilan hisob-kitoblar, olingan va berilgan budjet ssudalari bo'yicha qoldiqlar qolmasligi kerak.
Budjet ijrosi to'g'risida yillik buxgalteriya hisobotini tuzishgacha moliya organi tomonidan yillik buxgalteriya hisobotini tuzishga taalluqli bir qator tayyorgarlik tadbirlarini amalga oshiradi:
barcha budjet tashkilotlarini mazkur tashkilotning xarajatlar smetalar ijrosi to'g'risidagi yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzish tartibi bo'yicha tegishli maslahatlar va tushuntirishlar beradi;
budjet ssudalari bo'yicha va budjetlar o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha hisob-kitoblaming holatini tekshiradi, shuningdek, bu hisob-kitoblami joriy yil ichida tugatish choralarini ko'radi;
aniqlanmagan tushumlar summalarini hisobdan chiqaradi.
Budjet ijrosi joriy buxgalteriya hisobining subschyotlarini yakun-
langunga qadar: budjet mablag'larini tasarruf qiluvchilar va bank muassasalarining tekshirilgan hisobotlari asosida barcha budjet xarajatlarini 020-«Budjet xarajatlari» subschyoti debetiga; aniq- lanmagan tushumlar summasining qoldiqlarini 040-«Budjet daro-madlari» subschyoti kreditiga; yilning oxiriga umumdavlat soliqlari va daromadlaridan mahalliy budjetlarga ortiqcha qilingan ajratmalar summalarini 040-«Budjet daromadlari» subschyotidan 042-«Vaqtincha mahalliy budjet daromadlariga o'tkazilgan summalar» subschyotining kreditiga o'tkaziladi.
Yuqorida keltirilgan xo'jalik operatsiyalari Qoraqalpog'iston Res-publikasi Moliya vazirligida va mahalliy moliya organlarida tegishli buxgalteriya provodkalari bilan rasmiylashtiriladi.
Budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilaming va bank muassasalarining tekshirib qabul qilingan hisobotlari asosida barcha amalga oshirilgan kassa budjet xarajatlari summalariga mahalliy moliya organida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 020 - «Budjet xarajatlari» subschyoti;
Kredit 014 -« Mahalliy budjetlaming budjet mablag'lari bo'yicha budjet mablag'lari oluvchilaming depozit hisobvaraqlari» subschyoti;
Kredit 013 - «0‘zbekiston Respublikasi bank muassasalaridagi kapital qo'yilmalar va boshqa tadbirlami moliyalashtirish uchun budjet mablag'lari hisobvarag'i» subschyoti.
Joriy yilning oxirigacha 041-«Aniqlanmagan tushumlar» subschyo-tida aniqlanilmasdan qolingan va mazkur budjetning daromadiga o'tkazilgan summalarga mahalliy moliya organida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 041 - «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti;
Kredit 040 - «Budjet daromadlari» subschyoti.
Joriy yil oxiriga qilingan hisob-kitoblarga muvofiq umumdavlat soliqlari va daromadlaridan mahalliy budjetlarga ortiqcha qilingan ajratmalar summalari mazkur mahalliy budjetning daromadlariga vaqtincha o'tkazilganda, bu vaqtincha mahalliy budjet daromadlariga o'tkazilayotgan summalarga mahalliy moliya organida quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 040 - «Budjet daromadlari» subschyoti;
Kredit 042 - «Vaqtincha mahalliy budjet daromadlariga o'tkazilgan summalar» subschyoti.
Mahalliy budjetlarda turuvchi budjet mablag'larini tasarruf qiluvchilaming bank muassasalaridagi talab qilib olgunga qadar deposit hisobvaraqlarida yilning oxiriga bo'lgan budjet mablag'larining qoldiq summalari mahalliy budjetlaming «Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag'i»ga o'tkazilmaydi.
Bundan keyin raoliya organlari budjet ijrosini aniqlaydi. Budjet ijrosi deb, joriy budjet yili mobaynidagi kassa daromadlari va xarajatlarining barcha turlari tushuniladi. Budjetning kassa daromadlari umumiy summasi joriy yil mobaynida, kelib tushish manbalaridan qat’iy nazar, barcha kirimlardan, shuningdek, boshqa budjetlardan olingan mablag'lardan tashkil topadi. Budjetning kassa xarajatlarining umumiy summasi joriy yil mobaynida, xarajatlaming qaysi yo'nalishlar bo'yicha amalga oshirilganidan qat’iy nazar, amalga oshirilgan budjet xarajatlaridan, shuningdek, boshqa budjetlarga berilgan mablag'lardan tashkil topadi.
Moliya organlarida joriy yilning dekabr oyiga tegishli memorial-orderlarning ma’lumotlari ««Bosh-jumal» kitobi»ga (1-shakl) qayd qilib chiqiladi. «Bosh-jumal» bo'yicha dekabr oyining aylanma summalari aniqlanib chiqiladi va buxgalteriya hisobi subschyotlarini yillik yakunlangunigacha bo'lgan qoldiq summalar aniqlanadi. Buning natijasida:
Do'stlaringiz bilan baham: |