Uchinchi misol. Yangi yil uchun budjet tuzish jarayonida Sirdaryo viloyati budjeti daromadlari summasi rejalashtinlayotgan
Bu etishmayotgan daromad summasini 0‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan dotatsiya qilib berish rejalashtirilgan. Bularni hisobga olgan holda 0‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hamda Sirdaryo viloyati budjeti tasdiqlangan.
Yangi moliya yilida budjetlar ijrosi jarayoni davomida respublika budjetidan Sirdaryo viloyati budjetiga dotatsiya berilganda, bu operat-siyaga:
1) O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida quyidagi buxgalte-
riya provodkasi tuziladi:
Debet 020 - «Budjet xarajatlari» subschyoti;
Kredit 010 -«Respublika budjeti mablag'lari depozit hisobvarag'i» subschyoti.
2) Sirdaryo viloyati moliya organida quyidagi buxgalteriya provod
kasi tuziladi:
Debet 01l - «Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag'i» subschyoti;
Kredit 040 - «Budjet daromadlari» subschyoti.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko'rinib turibdiki, budjetni tuzish va tasdiqlash jarayonida ko'zda tutilgan budjetlar o'rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar budjetning daromadlari va xarajatlari hisobi subschyotlarida qayd qilinadi.
Budjet ijrosi jarayonida vujudga kelgan budjetlar o'rtasida sodir bo'ladigan o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha operatsiyalar hisobga olish tartibi o'zgacha bo'ladi. Budjet ijrosi jarayonida budjetlar o‘rtasida sodir bo'ladigan o‘zaro munosabatlar: soliqlar va daromadlar to‘g‘risidagi qonunchilikni o'zgarishi; ma’muriy-hududiy bo'linishning o'zgarishi; xo'jalik yurituvchi subyektlar bo'ysunishining o'zgarishi; kapital qo'yilmalar limitlarining turli bo'ysunishdagi qurilish obyektlari orasida qayta taqsimlanishi hamda boshqa holatlar natijasida vujudga keladi.
Summalarni o‘zaro hisob-kitoblarga o‘tkazish tartibi
Budjet tashkiloti yoki xo'jalik yurituvchi subyektlar bo'ysunishi o'zgarganda, o'zaro hisob-kitoblarga moliya yili boshidan budjet hisobidan beriladigan mablag'laming yillik summalari yoki amalga oshirilgan budjetda ko'zda tutilgan xarajatlar summalari, shuningdek, budjetga kiritilgan to'lovlar, yangi bo'ysunish bo'yicha budjetda to'la aks ettiriladi.
Summalami o'zaro hisob-kitoblarga o'tkazishning umumiy qoidalar bilan birgalikda bir qator quyidagi o'ziga xosliklar mavjuddir:
bank orqali moliyalashtirilgan xarajatlar o'tkazib berilganda;
budjet daromadlarini to'lovchilar hisoblanuvchi xo'jalik yurituvchi subyektlar o'tkazib berilganda;
ma’muriy-hududiy bo'linish o'zgarganda;
4) soliqlar va nosoliq daromadlar to'g'risidagi qonunchilik o'z
garganda;
5) bank muassasalari orqali moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari
yoki tadbirlari berilganda yoki olinganda va boshqalar.
Shu tariqa vujudga keladigan budjetlar o'rtasidagi hisob-kitoblar o‘zaro hisob-kitoblar, deb ataladi. Bu hisob-kitoblar budjet xarajatlari va daromadlarining buxgalteriya hisobi subschyotlarida qayd etilmaydi, chunki bularni buxgalteriya hisobida budjet daromadlari va xarajatlari sifatida aks ettirish sun’iy ravishda ulami umuman oshishiga olib kelgan bo'lardi. Shuning uchun bu operatsiyalar budjet daromadlari va xarajatlari hisobining subschyotlarida hisobga olinmaydi, balki budjetlar o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblar hisobining alohida-alohida subschyotlarida hamda boshqa budjetlarga berilgan va boshqa budjetlardan olingan mablag'lar hisobini subschyotlarida hisobga olinadi. Hisobning bunday usuli budjetning daromadlari va xarajatlarining takror-takror hisobga olinishiga yo'l qo'ymaydi. Budjetlar o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblar hisobi uchun o'z faoliyatiga tegishli bo'lgan subschyotlamigina qo'llaydi.
Davlat budjeti ijrosi jarayonida alohida budjetlar bilan hisob-kitob munosabatlari vujudga kelishi mumkin. Bunday o'zaro hisob-kitoblar vujudga kelishi asosida har bir ma’muriy-hududiy bo'linmaning budjeti daromadlar va xarajatlar balansi tarzida tashkil topishi yotadi. Barcha xarajatlar rejalashtirilgan daromadlar bilan qoplanadi. Shuning uchun, budjet tasdiqlangandan so'ng, qo'shimcha xarajatlar yuklansa, ulami ta’minlash uchun mablag' ham berilishi kerak bo'ladi. Daromad beruvchi manbalar kamayganda ulami qoplash uchun mablag'lar olinishi kerak bo'ladi. Tasdiqlangan budjetda ko'zda tutilmagan daromadlaraing manbalari paydo bo'lganda qo'shimcha hisoblangan daromad summasi yuqori budjetga berilishi kerak bo'ladi.
O'zaro hisob-kitoblar faqat yuqori budjetlar bilan quyi budjetlar o'rtasida bo'ladi. Yuqori budjetni ijro etuvchi moliya organi, o'zaro hisob-kitoblarga o'tkaziladigan summani aniqlaydi va uni to'lash muddatini belgilaydi. Shu asosda o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha bildirishnomani tuzadi va uni quyi budjetni ijro etuvchi moliya organiga yuboradi.
O'zaro hisob-kitoblar hisobini olib borish uchun 06-«Hisob-kitoblar» degan birinchi tartibli (sintetik) schyot hamda 07-«Berilgan va olingan mablag'lar» degan birinchi tartibli (sintetik) schyot tayinlangan.
061-«Respublikasi budjeti bilan o'zaro hisob-kitoblar» subschyoti Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligida va viloyat hamda Toshkent shahar moliya organlarida Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va viloyat hamda Toshkent shahar budjetlari bilan respublika budjeti o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblarni hisobga olish uchun tayinlangan.
062-«Mahalliy budjetlar bilan o'zaro hisob-kitoblar» subschyoti Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligida va mahalliy moliya organlarida Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblami hisobga olish uchun tayinlangan.
071-«Respublika budjetidan berilgan va undan olingan mablag'lar» subschyoti Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligida va mahalliy moliya organlarida Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan O'zbekiston Respublikasining respublika budjetiga berilgan mablag'lar hamda O'zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar olgan mablag'lami hisobga olish uchun tayinlangan. 071-«Respublika budjetidan berilgan va undan olingan mablag'lar» subschyotining debetida o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan O'zbekiston Respublikasining respublika budjetiga berilishi kerak bo'lgan summalar qayd etiladi. 071-«Respublika budjetidan berilgan va undan olingan mablag'lar» subschyotining kreditida esa o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga berilishi kerak bo'lgan summalar qayd etiladi.
072-«Mahalliy budjetlarga berilgan va ulardan olingan mablag'lar» subschyoti Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligida va mahalliy moliya organlarida Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga berilgan mablag'lar hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan olingan mablag'larni hisobga olish uchun tayinlangan. 072 -«Mahalliy budjetlarga berilgan va ulardan olingan mablag'lar» subschyotining debetida o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha bir, mazkur, mahalliy budjetdan boshqa mahalliy budjetga berilishi kerak bo'lgan summalar qayd etiladi. 072-«Mahalliy budjetlarga berilgan va ulardan olingan mablag'lar» subschyotining kreditida esa o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha boshqa mahalliy budjetdan mazkur mahalliy budjet olishi kerak bo'lgan summalar qayd etiladi.
Budjet tasdiqlangandan so'ng, budjet ijrosi jarayonida, davlat va mahalliy soliqlar hamda daromadlarni o'zgartirish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qabul qilingan yangi qonunlar, farmoyishlar, qarorlar chop etilishi, ma’muriy-hududiy bo'linishning o'zgartirilishi, xo'jalik yurituvchi subyektlar bo'ysunishining o'zgartirilishi, kapital qo'yilmalar miqdorining turli bo'ysunishdagi qurilish obyektlari o'rtasida qayta taqsimlanishi va boshqalar natijasida ayrim budjet budjetlarga o'zgartirishlar qilinganda sodir bo'ladigan budjetlar o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblarga doir operatsiyalar 06-«Hisob-kitoblar» degan birinchi tartibli (sintetik) subschyotda hisobga olinadi.
O'zaro hisob-kitoblar faqat yuqori budjetlar bilan quyi budjetlar o'rtasidabo'ladi.Budjetlaro'rtasidagio'zarohisob-kitoblargao'tkazilishi uchun asos bo'lib, tegishli hududiy moliya organlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, hokimiyatlar va budjetlarga o'zgartirish kiritish huquqi berilgan boshqa organlarning qarorlari asosida tuzilgan «O'zaro hisob-kitoblar bo'yicha bildirishnoma» (11-shakI) xizmat qiladi. Yuqori budjetdan quyi budjetga o'tkazib berilgan dotatsiya va subventsiya summalari, budjetni har chorak bo'yicha bo'linishini tuzish va taqsimlashda o'rnatilgan miqdorlarda yuqori budjet tomonidan quyi budjetlardan olingan daromadlaming ortiqcha summalari o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha qayd qilinmaydi. Mazkur mablag'lar budjet tasnifining tegishli bo'linmalari bo'yicha 040-«Budjet daromadlari» subschyotida va 020-«Budjet xarajatlari» subschyotida hisobga olinadi.
O'zaro hisob-kitoblar bo'yicha «O'zaro hisob-kitoblar bo'yicha bildirishnoma» (11-shakl) va unga taalluqli hisob-kitoblar Qora-qalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligi va mahalliy moliya organlarining budjet bo'limlari xodimlari tomonidan ulaming tegishli tarmoq bo'limlari taqdim etgan hujjatlar asosida tuziladi. O'zaro hisob-kitoblar bo'yicha «O'zaro hisob-kitoblar bo'yicha bildirishnomawni (11-shakl) rasmiylashtirish, odatda, yuqori moliya organidan «O'zaro hisob-kitoblar bo'yicha bildirishnoma» (11-shakl) olgandan yoki Hukumatning ijro va vakolatli organlari qaror qabul qilgandan so'ng besh kun ichida amalga oshiriladi. O'zaro hisob-kitoblar bo'yicha «O'zaro hisob-kitoblar bo'yicha bildirishnoma» (11-shakl) to'rtta nusxada tuziladi va moliya organining budjet bo'limi tomonidan tekshirib chiqiladi hamda imzolar bilan rasmiylashtiriladi. O'zaro hisob-kitoblar bo'yicha «O'zaro hisob-kitoblar bo'yicha bildirishnoma»ning (11-shakl):
birinchi nusxasi tegishli quyi moliya organiga yuboriladi;
ikkinchi nusxasi «O'zaro hisob-kitoblar bo'yicha bildirishnoma»ni tuzgan moliya organining buxgalteriya xizmatida qoladi;
uchinchi nusxasi «O'zaro hisob-kitoblar bo'yicha bildirishnoma»ni tuzgan moliya organining tegishli bo'limiga qaytariladi;
to'rtinchi nusxasi «O'zaro hisob-kitoblar bo'yicha bildirishnoma»ni tuzgan moliya organining budjet bo'limiga beriladi.
Budjetlar o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblarga o'tkazilishi kerak bo'lgan summalami vaulami to'lash muddatlarini aniqlash hisob-kitobda qatnashayotgan yuqori moliya organi tomonidan amalga oshiriladi. Yuqori budjet oldida o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha qarzlar yuzaga kelgan holatda, yuqori budjetlar navbatdagi oyning birinchi sanasiga, o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha mavjud qarz summalarini quyi budjetning bank muassasasidagi «Mahalliy budjet mablag‘lari hisobvarag‘i»dan so‘zsiz qaytarib olishi mumkin. 0‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha hamma hisob-kitoblar joriy moliya yilida tugatilishi kerak. Budjetlar o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblar summalari yuqori moliya organi «0‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha bildirishnoma» (11-shakl) bo‘yicha xabamomani rasmiylashtiradi va uni tegishli quyi moliya organiga yuboradi.
Ma’muriy-hududiybo‘linishо‘zgarganholatlardabudjetlaro‘rtasidagi o'zaro hisob-kitoblarga bo‘linish dalolatnomasiga muvofiq bir budjetdan boshqa budjetga berilishi lozim bo‘lgan mablag'lar summasi o'tkaziladi. Bo'linish dalolatnomasida budjetning daromadlari va xarajatlari haqida ma’lumotlar keltirilishi kerak.
Budjetlar tasdiqlangandan so‘ng qonunchilikka kiritilgan o'zgarti-rishlar natijasida quyi budjetlardayuzaga kelgan qo'shimcha daromadlarni undirish bilan bog'liq bo'lgan o'zaro hisob-kitoblarga o'tkaziladigan summalar fniqdori, yangi qonunchilikka binoan hisoblab chiqilgan, mazkur quyi budjetga daromad manbayidan tushgan mablag' summa bilan, shu budjetga joriy yil mobaynida mazkur daromad manbayidan reja bo'yicha tushishi kutilgan mablag' summasi o'rtasidagi tafovut tariqasida belgilanadi.
Budjet tashkilotlari va xo'jalik yurituvchi subyektlarni bir budjetdan boshqasiga o'tkazish, muayyan budjet tashkilotlari va xo'jalik yurituvchi subyektlar bo'yicha ko'zda tutilgan yillik ajratmalarning summalari yil boshidanberiamalgaoshirilganxarajatlarto'liqligicha budjet tashkilotlari va xo'jalik yurituvchi subyektlarni moliyalashtirish o'tkazilayotgan budjetda to'la qayd etilishi lozim. Bir budjetdan boshqasiga o'tkazish davrida, yuqori moliya organi quyi moliya organiga tegishli budjet tashkilotlari va xo'jalik yurituvchi subyektlarga bir budjetdan moliyalashtirish to'xtatilish va ikkinchi budjetdan moliyalashtirish boshlanish sanasi belgilangani haqida xabar beradi. Moliyalashtirish bo'yicha bir budjetdan boshqa budjetga o'tkazilgan budjet tashkilotlari va xo'jalik yurituvchi subyektlar bir budjetdan boshqa budjetga o'tkazish sanasiga buxgalteriya hisobotini (yillik hisoboti shakllari hajmida) tuzishadi va uni yuqori, avval tasarrufida bo'lgan va yangi tasarrufga o'tkazilayotgan budjetlar moliya organlariga taqdim etadi. Kelgusida bu budjet tashkilotlari va xo'jalik yurituvchi subyektlar hisobotlarni faqat yangi tasarrufga o'tkazilayotgan budjetga taqdim etishadi.
Xarajatlar o'tkazilayotgan budjet ijrosi hisobini amalga oshirayotgan moliya organi, ushbu o'tkazilish haqidagi ma’lumotni olgandan so'ng, tegishli budjet mablag'larini oluvchilardan o'tkazilayotgan budjet tashkilotlari va xo'jalik yurituvchi subyektlar bo'yicha tasdiqlangan smetani hamda o'tkazib berilish sanasiga xarajatlar smetasi ijrosi to'g'risidagi hisobotini talab qilib olishi kerak.
Bir budjetdan boshqasiga o'tkazilganda (kapital qo'yilmalardan tashqari) o'zaro hisob-kitoblarga budjet bo'yicha budjet tashkilotlari va xo'jalik yurituvchi subyektlami moliyalashtirish uchun ko'zda tutilgan mablag'larning yillik summasi kiritiladi.
Shuningdek, o'zaro hisob-kitoblarga:
1) budjet tashkilotlari va xo'jalik yuriyuvchi subyektlar O'rbekiston Respublikasi Respublika bo'ysunishidan mahalliy bo'ysunishga o'tkazilganda o'tkazilayotgan budjet tashkilotlari va xo'jalik yurituvchi subyektlarga shu o'tkazish sanasiga O'zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ochilgan kreditlar summalari (shu jumladan ochilgan kreditlami sarflanmay qolgan qismi ham);
2) budjet tashkilotlari va xv'jalik aurituvchi subyektlar mahalliy bo'ysunishdan O'zbekiston Respublikasining respublikaga bo'ysunishga yoki ma’lum viloyat, shahar yoki tuman doirasidagi bir mahalliy bo'ysunishdan boshqa mahalliy bo'ysunishga o'tkazilganda o'tkazilayotgan budjet tashkilotlari va xo'jalik yurituvchi subyektlarga shu o'tkazish sanasiga mahalliy budjet mablag'lari hisobvarag'idan budjet mablag'lari bo'yicha budjet mablag'larini oluvchilarning hisobvaraqlariga o'tkazib berilgan mablag'lar summalari (shu jumladan o'tkazib berilgan mablag'larning sarflanmay qolgan qismi ham) o'tka-zilgan bo'lishi kerak.
Budjet tashkiloti yoki xo'jalik yurituvchi subyekt O'zbekiston Respublikasining respublikaga bo'ysunishdan mahalliy bo'ysunishga o'tkazilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli quyi moliya organiga «O'zaro hisob-kitoblar bo'yicha bildirishnoma» (11-shakl) bo'yicha bu haqda xabar beradi. Bir vaqtning o'zida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli O'zbekiston Respublikasining bank muassasasiga xat yuborib, bu xatda bank muassasasiga:
O'tkazilayotgan O'zbekiston Respublikasining respublikaga bo'ysunishdagi budjet tashkiloti yoki xo'jalik yurituvchi subyektning O'zbekiston Respublikasi respublika budjetidan olinadigan mablag'lar hisobga olinadigan hisobvarg'ini yopish;
O'zbekiston Respublikasining respublika budjetidan o'tkazi-layotgan budjet tashkiloti yoki xo'jalik yurituvchi subyektning O'zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ochilgan kreditlaming boshqa budjetga o'tkazilish sanasiga ishlatilmay qolgan qoldig'i, ulami mahalliy budjet bo'yicha «Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag'i»ga o'tkazib berish bo'yicha topshiriqlar beriladi.
Mahalliy bo'ysunishdagi budjet tashkiloti yoki xo'jalik yurituvchi subyektO'zbekistonRespublikasirespublikabo'ysunishigao'tkazilganda, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli moliya organiga «O'zaro hisob-kitoblar bo'yicha bildirishnoma» (11-shakl) bo'yicha bu haqda xabar beradi. Bir vaqtning o'zida O'zbekiston Respublikasining respublika bo'ysunishiga o'tkazilayotgan budjet tashkiloti yoki xo'jalik yurituvchi subyekt endilikda bo'ysunuvchi budjet mablag'lari bosh tasarruf qiluvchisiga avval tegishli mahalliy budjetdan moliyalashtirish tartibida mahalliy budjetdan O'zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o'tish kuniga qadar olgan budjet mablag'lari miqdori hisobga olingan holda mablag' ajratadi.
Respublika, viloyat, shahar doirasida budjet tashkiloti yoki xo'jalik yurituvchi subyekt bir mahalliy bo'ysunishdan boshqa mahalliy bo'ysunishga o'tkazilayotganda yuqori moliya organi budjet tashkilotiga yoki xo'jalik yurituvchi subyektga moliyalashtirish tartibida oldingi bo'ysunishdan o'tkazilayotgan sanagacha o'tkazib berilgan summalar o'zaro hisob-kitoblarga o'tkazadi.
O'zbekiston Respublikasining tegishli bank muassasalari orqali amalga oshiriladigan kapital qo'yilmalar va boshqa tadbirlami moliyalashtirishni bir budjetdan ikkinchi budjetga o'tkazilganda o'tkazilayotgan qurilish obyekti yoki tadbimi budjet tasdiqlanganda ko'zda tutilgan moliyalashtirish yillik summasining hammasi o'zaro hisob-kitoblarga o‘tkaziladi. Xarajatlar o'tkazilayotgan moliya organi O'zbekiston Respublikasining tegishli bank muassasalari o'zi ijro etayotgan budjet hisobini olib borayotgan budjet bo'yicha yil boshidan buyon ochilgan mablag'lami yopish haqida tayinlash sertifikatini yuboradi. Kapital qo'yilraalar va boshqa tadbirlami moliyalashtirish berilayotgan budjet ijrosi hisobini olib boruvchi moliya organi O'zbekiston Respublikasining bank muassasasiga ushbu budjet bo'yicha mablag' ochish uchun tayinlash sertifikatini yuboradi.
Yuqori budjet ijrosi amalga oshirayotgan moliya organi har chorakda besh kun muddat ichida quyi moliya organlariga o'tgan chorakdagi o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha subschyotlaridan tegishli ko'chirmalami yuboradi. Ko'chirma olgan moliya organi o'zaro hisob-kitoblar subschyoti bo'yicha yozuvlarning to'g'riligini tekshirishi va xatoliklar mavjud bo'lganda bu haqda tegishli yuqori moliya organiga xabarberishikerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |