2. Moliya organlarida budjet ssudalari hisobi
Bir budjetdan boshqa budjetga qaytarish sharti bilan beriladigan ssudalar budjet ssudalari deb ataladi. Budjet ssudasi yuqori budjetdan quyi budjetga yoxud O'zbekiston Respublikasining respublika budjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan beriladigan mablag4ardir.
Vaqtincha kassa bo'yicha uzilishlarai qoplash uchun yuqori budjetdan quyi budjetga ssudalar berilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi respublika budjetidan budjet ssudalari Qoraqalpog'iston Respubhkasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga berilishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi budjetidan budjet ssudalari Qoraqalpog'iston Respublikasi tarkibiga kiradigan shaharlar va tumanlaming budjetlariga berilishi mumkin. Viloyat budjetidan budjet ssudalari viloyat tarkibiga kiradigan shaharlar va tumanlaming
Toshkent shahar budjetidan budjet ssudalari Toshkent shahri tarkibiga kiradigan tumanlaniing budjetlariga berilishi mumkin. Tarkibida shahar ichidagi tumanlari bo'lgan shahar budjetidan budjet ssudalari shahar tarkibidagi tumanlar budjetlariga berilishi mumkin. Tuman budjetidan budjet ssudalari tuman tarkibiga kiradigan shaharlar budjetlariga berilishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan budjet ssudalari: daromadlar tushumi bilan xarajatlaming amalga oshirilishi orasidagi rejalashtirilgan vaqtincha kassa uzilishini qoplashga; daromadlar tushumi bilan xarajatlami amalga oshirilishi orasidagi haqiqiy vaqtincha kassa uzilishini qoplashga hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlaming rejalashtirilgan xarajatlarini maqsadli moliyalashtirish sxemalari amalga oshirishga berilishi mumkin.
Rejalashtirilgan va haqiqiy vaqtincha kassa uzilishlarini qoplashga berilgan budjet ssudalari uch kalendar oygacha muddatga beriladi. Maqsadli moliyalashtirish sxemalarini amalga .oshirishga berilgan budjet ssudalari bir kalendar oygacha muddatga beriladi. Bu budjet ssudalarining barchasi qisqa muddatli ssudalar hisoblanadi. Ular budjet yili chegarasidagi muddatga va haqiqiy ehtiyojlaridan ortiq bo'lmagan summalarda beriladi.
Yuqori budjetlardan quyi budjetlarga budjet ssudalarini berish 0‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Budjet ssudalarini qaytarish muddatlari muayyan moliya yili chegarasida belgilanadi. Budjet ssudalarini qaytarish muddatlarini surish xuddi budjet ssudalarini berish tartibiga o‘xshash tartibda rasmiylashtiriladi. Berilgan budjet ssudalarini muddatida qaytarilishi ustidan nazorat budjet ssudalarini bergan yuqori moliya organi tomonidan amalga oshiriladi.
Budjet ssudalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan budjet ssudasi oluvchi moliya organi bilan budjet ssudasi beruvchi moliya organi o'rtasida tuzilgan «Budjet ssudasini berish to'g'risidagi shartnoma» asosida beriladi va qaytariladi. Budjet ssudasi tegishli budjetdan to'lov topshiriqnomasini tuzib budjet ssudasi olayotgan budjetni ijro etayotgan moliya organining bank muassasasidagi «Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag‘i»ga o'tkazib berish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Budjet ssudasini qaytarish «Budjet ssudasini berish to‘g‘risidagi shartnoma»da ko'rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi. Budjet ssudasini qaytarish: mablag'larni budjet ssudasi olgan mahalliy budjetga kelib tushadigan mablag'lar hisobidan to'lov topshiriqnomasini tuzib o'tkazib berish; yuqori budjetlardan mahalliy budjetlarga o'tkazilishi lozim bo'lgan rejalashtirilgan dotatsiyalar yoki subvensiyalar hisobiga o'zaro qoplash; yuqori budjet bilan quyi budjetlar o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha ulaming qarzlari hisobiga o'zaro qoplash hamda mablag'larni budjet ssudasi olgan quyi mahalliy budjetni ijro etayotgan moliya organining bank muassasasidagi «Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag'i» yuqori moliya organi tomonidan inkasso topshiriqnomasi berish yo'li bilan ham amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |